Birinchidan, u muayyan ijtimoiy guruxlar, partiyalar, millatlar, manfaatlar doirasida namoyon buladi. Ikkinchidan, uning nazariy koidalari asosida inson uning jamoalarida muayyan yunalishdagi dunyoqarash shakllanadi, shu asosda ular xayot ma’nosi va maksadni belgilaydilar. Uchinchidan, jamiyat insonni bilish uchun uzgartirishga qaratilgan tafakkurning nazariy bilishlik (gneseologik) funksiyasini bajaradi: amaliy, kadriyat kabi omillarni birlashtiradi, yakinlashtiradi. Turtinchidan, ijobiy va salbiy, yaxshi va yomon, tarakkiyparvarlik va teskarichilik, ezgulik va yovuzlik kabi xolatlarni tushunishga umuminsoniy odob axlok normalarini egallab olishga yordamlashadi. Bunda falsafaning tarbiyaviy funksiyasi namoyon buladi. Beshinchidan, falsafa metodologik funksiyani xam bajaradi. U ilmiy, texnika, ijtimoiy va gumanitar fanlar uchun umumiy metodologik fan sifatida xizmat kiladi.
Oltinchidan, jamiyat xozirgi sharoitda falsafaning aksiologik funksiyasi xam kuprok axamiyat kasb etmokda. Falsafa inson xayotining moxiyatini, yashashning asosiy mazmunini, turmushdagi kadr kimmati va jamiyatda tutgan urnini gumanistik tamoyillar, progressiv, ijtimoiy ideallar, kadriyatlar nuktai nazaridan tushuntiradi. Insoniyat boshiga xavf solayotgan jaxon termoyadro urushi extimoli kuchaygan, ekologik vaziyat buzilib ketgan, energiya resurslari tugayotgan jamiyatda iktisodiy siyosiy, ma’naviy tangliklar kuchaygan. Xozirgi sharoitda buning axamiyati kattadir. Falsafaning aksiologik funksiyasi shunda namoyon buladi.
Falsafa uz tadkikot mavzusi sifatida insonning moxiyati, jamiyatdagi ijtimoiy, iktisodiy siyosiy, ma’naviy munosobatlarining asoslari va sabablari borliq, materiya, tabiat taraqqiyotining eng umumiy muammolarini urganadi. U bunda inson tushunchalari sistemasi bilan ish kuradi. Bular ichida eng muximlari – inson, borliq, materiya, ong, tafakkur, xossa, munosobat, uzgarish, rivojlanish, sabab va okibat, tasodif va zaruriyat, butun va kism, element va struktura va boshkalar falsafning bu kategoryalari dunyodagi tabiat va jamiyatdagi narsa va xodisalarning eng umumiy tomonlarini, boglanish va aloqadorlikni in’ikos ettiradi.
Falsafa, shu bilan birga inson bilishning eng umumiy universal prinsiplarini xam ishlab chikadi.
Falsafa xayot, siyosat, mafkura va zamon bilan chambarchas boglik bo’lib, ularning to’g’ri yunalish olishlariga yordamlashadi, yullarni yoritadi va fan yutuklari asosida yangi koidalar ishlab chikadi.
Falsafa yosh avlodni porlok turmush uchun kurashuvchi, uz istikbollarini to’g’ri belgilovchi qilib tarbiyalashga kumAqlashuvchi ta’siran tarbiyaviy vositadir.Umuman falsafa insonning uzini va dunyoni bilish, uni nazariy uzlashtirish va uzgartirishning kuchli kurolidir. SHuni xam ta’kidlab utish kerakki, falsafaning tamoyillari qonun va koidalari abadiy, uzgarmas, kotib kolgan goyalar emas, balki jamiyat tarakkiy etishi bilan, ijtimoiy amaliyotning yangi yangi yutuklariga, kishilarning tarixiy, tajribasiga suyangan xolda uzgarib, rivojlanib va boyib boradi.
Falsafani dunyoqarash sifatida mantikiy xulosa kiladigan bulsak, inson ongining paydo bulishi bilan boglik. Umuman bu to’g’rida fikr yuritadigan bulsak bizgacha etib kelgan ma’lumotlar, ya’ni dunyoqarash to’g’risidagi yozma yoki ogzaki ma’lumotlarning bizgacha etib kelgan shakllariga asoslanib xulosa kiladigan bulsak, mantikan to’g’ri buladi. SHu nuktai nazardan karaydigan bulsak bizgacha eng qadimgi davrlardan etib kelgan ma’lumotlar qadimgi SHark mamlakatlari Vaviloniya (Bobil va Misrga borib takaladi, bu ma’lumotlar taxminan eramizdan avvalgi 4 minginchi yillikning boshlariga to’g’ri keladi. Kishilar dunyoda ruy beradigan xilma - xil xodisa va jarayonlarga bulgan qiziqishlarini sodda, yuzaki, ibtidoiy shaklda bulsada uziga xos falsafiy karashlar shaklida aks ettirishgan. Buni ayniksa usha davr madaniyatining namunasi "Gilьgamesh xaqidagi dostonda" aks etgan bo’lib, unda tuprok, suv, xavo, kuyosh inson xayoti va tirikligining abadiy manbai ekanligini, Gilьgameshning ob-xayot kidirib, boshidan kechirgan sarguzashtlari va chekkan azob-ukubatlari, odamlarning tabiat qonunlari asosida yashash zarurligi, ular xayot va ulim sirlarini bilishga azaldan intilib kelganligi xaqida xikoya kilinadi. Xuddi shuningdek, Adapa xaqidagi dostonda xam insonning abadiy xayoti to’g’risidagi orzulari kursatilgan. Binobarin, u jamiyat xaqida uylaydi er yuzidagi xodisa va jarayonlarni koinot bilan boglashga intiladi, samoviy sir-asrorlar xaqida xayol suradi, faraz kiladi, xar xil ertAqlar, rivoyatlar, afsonalar tukiydi va shu asosda adapa xaqidagi afsonalar paydo buladi. qadimgi Vavilonliklarning yaxshilik va yomonlikning, ezgulik va yovuzlik, boylik va kashshoklik, xurlik va kurlikning bir biriga tubdan zid ekanligi, uzaro karama qarshi va murosasizligi xaqidagi falsafiy goyalarni uzida ma’lum darajada bayon kiluvchi "Jafokash avliyo" xaqida doston va "Xujayinning kul bilan suxbati" degan asarlari aks etgan. "Jafokash avliyo xaqida doston"da baxt va baxtsizlik, adolat va adolatsizlik, ularning sabablari, bartaraf etish yullari xususidagi dastlabki falsafiy tasavvur va goyalar bayon etilgan bulsa, "Xujayinning kul bilan suxbati" dostonida xujayin bilan kul o’rtasidagi ziddiyat, ular o’rtasidagi dialogda goyat kuchli, ta’sirli so’zlarda ifoda kilingan.
Vavilonliklar astronomiya, matematika, geometriya, arifmetikadan dastlabki tasavvurlarga ega bulishgan, xususan, kuyosh soati kuyosh kursatgichlari va kunning 12 bulinishini xisoblab chikishgan. SHuningdek, ularda boshka fikrlar to’g’risidagi dastlabki ko’rtAqlar paydo bulgan. Vavilonliklarning qadimgi madaniyati, diniy e’tikodlari, falsafiy karashalari, dostonlari, ulchov biriliklari, afsona va rivoyatlari nasldan naslga utib, rivojlanib SHarkdagi kupgina xalklarning madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga, ijtimoiy-falsafiy fikrlari rivojiga uzining ijobiy ta’sirini kursatgan.
Jaxon madaniyatining yana bir eng qadimiy uchoklaridan biri qadimgi Misrdir, bu madaniy markazning boshlanishi taxminan eramizdan oldingi 4 minginchi yillarga to’g’ri keladi. qadimgi misrliklarning falsafiy karashlarini taxlil kiladigan bulsak, birinchi navbatda usha davr darajasidan kelib chikib ertak, rivoyat, imon, duo, masal, epos, lirika va boshkalarda usha darvdagi ijtimoiy muxit. Iktisodiy xayot, tabobat, urf-odatlar, tabiat xodisalari, diniy, axlokiy, xukukiy, falsafiy karashlari sodda stixiyali tarzda uz ifodasini topgan.
Misrliklarning dastlabki falsafiy tasavvurlari to’g’risida bir muncha ma’lumot beradigan qadimiy manbalardan biri - "Nasixatnoma"da bilimning xosiyati xaqida, bilimdan kishining kadr-kimmati to’g’risida aytib utilgan. Qadimgi Misrda astronomik bilimlar yunalishida xam katta muvaffakiyatlarga erishishgan, xususan, astronomik bilimlar asosida aloxida kalendar-takvim tuzganlar. Kalendar yili 12 oyga bulingan, xar bir oy 30 kundan iborat bulgan, yil oxiriga esa yana 5 ta bayram kushilgan. SHunday qilib xar yil jami 365 kun bulgan. Nil daryosining kutarilishi va pasayishiga karab yil fasllarini chikarishgan. qadimgi misrliklar tibbiyot soxasida xam katta yutuklarga erishgan. Kupgina kasalliklarni davolash usullarini ishlab chikishgan. YUkoridagilarning xammasi qadimgi Misrning xakikatdan xam jaxon sivilizasiyasining uchoklaridan biri ekanligini kursatadi.
Falsafiy tafakkur tarixida juda katta urin koldirgan mamlakatlar turkumiga Xindiston va Xitoy kiradi. Buni jaxon tarixi bilan tanish bulgan xar qanday kishi e’tirof etishi mumkin. CHunki bu mamlakatlar uzlarining ma’naviy meroslari ildizlari nuktai nazaridan qadim utmishga daxldordir. Umuman qadimgi Xind falsafasini urganishda xind xalki ma’naviy merosining yuksak nuktalaridan bulmish "Veda" larda "Ramayana", "Maxobxarat" dostonlari to’g’risida buyuk xamyurtimiz Beruniyning «Xindiston» asarida nixoyatda boy ma’lumot beradi. "Veda"lar to’g’risida Beruniy shunday deb yozadi: "Xindistonning" Veda" deb ataladigan mukaddas kitobining ma’nosi bilmagan narsani bilishdir. Xindlar "Veda" kitobini, oliy tangrining Baroxim tomonidan aytilgan suzi, deydilar. "Veda" kitobi Ragveda, Samaveda, YAjurveda va Atxarvaveda deb atalgan va 4 ta katta BO’LIMdan iborat va ularning xar birida muayyan bir falsafiy goya ilgari surilgan. "Veda"da borliq, fazo, vaqt, dunyoning paydo bulishi inson xayotining tabiiy asoslari, tabiat va jamoani o’rtasidagi aloqadorlik, iloxiy kuchlar xaqida fikr yuritiladi. Bu to’g’rida xam Beruniy shunday deydi, "Veda" kitobi yaxshi ishlarga targib kilishni, yomon ishlardan kaytarishni, amallarning chegarasini anik kursatib qiziqtirishni, yaxshi mukofot va yomon jaxolarni bayon kiladi. "Veda"ning kup kismi turli duo-tasbexlar va olov uchun kilinadigan turli kurbonliklar ustidagi so’zlardan iboratdir. Bu kurbonlik turlari sanab bulmaydigan darajada kup va koidalari kiyindir (Beruniy "Xindiston") "Veda" kitobining BO’LIMlaridan Rigvedada, xindlarning xudolari bulgan parilar to’g’risidagi afsonalar bilan bir katorda dunyodagi xar bir narsa tabiiy rivoyatda paydo bulgan., degan goyalar bor. Rigvedadagi dunyo suvdan yaratilgan degan fikr e’tiborga sazovardir. SHuning uchun xam qadimgi Xindiston dini va falsafasida suv mukaddastirilishi va dunyoni tashkil etuvchi asosiy unsurlardan deb karalishi bejiz emas.
Umuman qadimgi Xindistondagi falsafiy maktablar asosan ikki turkumga bulinadi. Biri Vedalardan kelib chikkan va unga suyangan maktablar ikkinchisi Vedalarni tan olmaydigan maktablar. Vedalarni tan oluvchi va ularga suyanuvchi maktablarga vedanta, mimansa, sankxьya, nьyaya va vaysheshika maktablari kiradi. Vedalarni tan olmaydigan falsafiy maktablarga jaynizm, buddizm va chorvak maktablari kiradi. Vedalar ta’limotlarini talkin kiluvchi dastlabki diniy falsafiy maktablardan biri mimansa va vedanta xisoblanadi. Bu yunalishdagi maktablar Vedalarni mukaddas kitoblar deb biladi va kishilardan xayotda ularga tula amal kilishni talab etadi. Vedalarni sharxlash va undagi akidalarni fadsafiy jixatdan asoslashda sankьxiya maktabi aloxida urin tutadi. Sankьkxiya maktabining ta’limotiga biz yashab turgan dunyodagi xamma narsalar moddiydir. Birok moddiylik bilan bir katorda dunyoning ruxiy asosi xam bor. Ular bu asosni prakxriti deb ataydi. Prakxriti dunyodagi xamma narsaning asosi. U abadiydir.
Vedalarni tan olmaydigan maktablar ichida jaynizm va chorvak falsafasi dikkatga sazovardir. Jaynichilar borliqni ikkita-tirik va notirik dunyoga buladilar. Notirik tabiatga ular moddiylikni kiritadilar. Tirik tabiatga esa jon kiradi. Jonning asosiy xususiyati onglilikdir. Onglilik esa turli jonlarda turlicha darajada buladi. Jon uz tabiatiga kura mukammal narsa bo’lib, uning imkoniyatlari cheksizdir. Birok jon tani bilan boglangandir. U extiroslar, xoxish-istAqlar doirasiga tushib kolgan. Bu esa, uning imkoniyatlarini cheklab kuygan. SHuning uchun xakikiy bilim, jonni tanadan xolos bulishiga yordam berishi kerak.
Qadimgi xind falsafasida chorvak maktabi xam aloxida urin tutadi. Bu maktab eramizdan oldingi V1 asrlarda kelib chikkan bo’lib, ularning ta’limotiga olam moddiydir. Moddiy dunyo 4 olamni-suv, xavo, tuprok va olovdan tashkil topgan. Organik tabiat va shu jumladan inson xam shu moddiy elementlarning birikmasidan iborat. Insonning uziga xos xususiyati shundaki, u avvalo Aqlli mavjudotdir. Umuman qadimgi xind falsafasi tezda kup falsafiy tafakkur taraqqiyotiga juda katta turtki buldi.
Qadimgi dunyo falsafiy tafakkurida Xitoy falsafasi xam aloxida urin tutadi. Xitoy falsafasida "daochilik" ta’limoti aloxida urin tutadi. U "dao" suzidan kelib chikkan bo’lib "yul, "taraqqiyot", "dunyo negizi" degan ma’noni bildiradi. Daochilik asoschisi Lao-szi bo’lib, u va uning shogirdlari olamning moddiyligini, moddiy dunyo tabiiy qonunini-dao asosida tuxtovsiz xarakat va uzgarishda ekanligini kayd etadilar. Daochilar qadimgi Xitoy falsafasida birinchi bo’lib moddiy dunyodagi xamma narsalar karama-qarshiliklardan iborat ekanligini e’tirof etadilar. Dunyoni bilish mumkinligini e’tirof etishib, bilishdan maksad olamning moxiyatini, ya’ni dunyoni bilishdan iborat deb ta’kidlaydilar.
Qadimgi Xitoy falsafasida Konfusiyning (551-479) karashlari aloxida urin tutadi. Konfusiyning falsafiy karashlarida axlokiy masalalar markaziy urin tutadi. Xamma odamlar uz tabiatiga kura bir biriga uxshaydilar. Tarbiyaga karab ular bir-biridan farklanadilar. YAngini bilish eskini urganish kerak. Muloxazasiz ta’limot foydasizdir deydi. Konfusiyning falsafiy ta’limotida tartib qonun koida muxim xisoblanadi. Konfusiy karashlarida Li degan tushuncha aloxida axamiyat kasb etadi. Li-tartib, koida degan ma’noni bildiradi. Li bulmasa jamiyat ravnak topmaydi. Tartib. qonun - koida xar qanday jamiyat rivojining omilidir. SHuning uchun Li konfusiy tomonidan iloxiylashtiriladi.
Markaziy Osiyoda 1X-X11 asrda falsafa taraqqiyotini SHark uygonish davrining ilk boskichi Markaziy Osiyoda ilm fan va madaniti taraqqiyoti bilan uzviy boglik, ilk uygonish davrning aynan 1X-X11 asrlarda ruy berganligini Arablar istelosi natijasida arab yozuvi joriy kilinishi va u orqali qadimgi shark, YUnon falsafasining kirib kelishi va keyinchalik Markaziy Osiyoda muxim ijtimoiy siyosiy va madaniy uzgarishlar ruy berishi ya’ni Markazlashgan turkiy davlatlarning shakllanishi, kuchli feodal davlat somoniylar sulolasining karor topishi, Markaziy Osiyoda nisbatan tinchlikning urnatilishi bilan izoxlanadi. Ilm fan va madaniyat markazi Bogdod, Damashk, Samarkand, Xiva, Buxoro, Gazna singari shaxarlarning savdo sotik va madaniy aloqalari kuchaydi. Bundan tashkari arablar istilosi va markazlarning karor topishi tufayli qadimgi Rim va Gresiya falsafiy merosini urganish va undan keng foydalanish uchun kulay sharoitlar paydo buldi.
Ana shunday ijtimoiy tarixiy sharoitlar yakin va o’rta SHarkda, Markaziy Osiyoda 1X-X11 asrlarda ilmiy, madaniy va falsafiy uygonish uchun zamin xozirladi. Uygonish davrining ilm fan va madaniyat ravnakiga xissa kushgan komusiy olimlaridan biri Muso Al-Xorazmiy bo’lib u 782 yil Xorazmda dunyoga keldi. Bu alloma Al–jabr algebra fanining asoschisi xisoblanadi. Xorazmiy uzining astronomiyaga oid goyalarni «Al-Xorazmiy jadvali» asarida bayon etilgan. Ana shu asarning 1126 yila lotin tilida ugirilgan nusxasi bizgcha etib kelgan. Uning astronomik asari kirish, 37 BO’LIM, 116 bobdan iborat. Ptolomeyning «Geografiya» asaridan ijodiy foydalanib uzining «Geografiya» asarini yozdi. Xorazmiyning arifmetika ilmiga bagishlab, ilgari surgan boshlangich ibtido bir rakami xaqidagi goyani mutloklashtirib undan iloxiy fikrlarni isbotlash uchun foydalaniladi. Xorazmiyning algebra ilmiga doir asarlarini amerikalik olim D.Sarton uzining «Fan tarixiga kirish» asarida Xorazmiyning fan taraqqiyotiga kushgan buyuk xissasini yukori baxolaydi.
Markaziy Osiyo zaminidan etishib chikkan yana bir buyuk komusiy olim va faylasuf Abu Nasr Farobiy bo’lib, u YAkin va o’rta SHark uygonish davri fani va madaniyatining rivojlanishiga katta xissa kushdi. U Aristotelь maktabining sharkdagi davomchisi shark falsafasida amaliy ilmiy falsafasining sistemalashtiruvchisi edi. Farobiy uzining falsafiy asarlari bilan «Al–muallimi assoniy» ya’ni «Ikkinchi muallim», «SHark Arostusi» kabi sharafli nomga ega buldi.
Farobiy olamning tuzilishi to’g’risida «Masalalar moxiyati», «Uzgaruvchan narsalar xaqida» nomli asarida ollox va olam to’g’risidagi karashlari islom illoxiyot falsafasini moxiyatini ajratib beradi. Farobiy erdagi va ostonadagi barcha jismlarni 6 turga ajratadi.
1.Osmon jismlari. 2.Ongsiz xayovonot. 3.Ongli xayvonot inson. 4. usimliklar. 5.Minerallar. 6.Turt unsur – olov, suv, xavo tuprok sunggi turi bo’lib, moddiylikning asosi xisoblanadi.
Farobiyning «Fozil shaxar odamlarning karashlari», «Baxt saodatga erishuv xaqida risola», «Siyosat xaqida», «Fukarolik siyosati», «Davlat arboblarining xikmatlari», «Urush va tinch-totuv yashash xaqida», «Jamiyatni urganish xaqida» singari unlab asarlari jamiyatning vujudga kelishi maksad va vazifalari ideal shaxar–davlat uni boshkarish to’g’risida usullar, insoniylik, insonni baxt soadatga erishuvi omillari masalalarga bagishlangan.
Uning ilgor goyalari keyinchalik Beruniy, Ibn Sino, Baxmalyor, Nizomiy, Ganjaviy, Sa’diy SHeroziy, A.Jomiy, A. Navoiy, Mirzo Bedil, Ikbol, A.Donish singari ulug mutafakkirlari tomonidan yanada rivojlantirildi.
Jaxon fani va madaniyatiga benixoya katta xissa kushgan shark komusiy olimi Beruniy (973 -1048).
Beruniy tabiatshunoslik, falsafa adabiyot, tarix, geografiya, astronomiya singari 150 dan ortik ilmiy asarlar Beruniy kalamiga mansub bo’lib ularning 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 18 tasi adabiyotga kolganlari esa geodeziya va formasevtika mineralogiya, fizika, etnografiya, tarix, falsafaga taaluklidir. Beruniyning 27 ta asari bizgacha etib kelgan.
Beruniy er kurrasining aylanma masofasini aniqlash, erning kuyosh atrofida aylanishi mumkinligi xaqidagi goyani ilgari surdi, geologik uzgarishlarning davriy xarakteri yangi kismga mavjudligini taxminiy olga surish kabi ilmiy goyalar uning Aql zakovatining maxsulidir. Uning ilmiy falsafiy karashlari Xorazmda shakllandi.
Beruniy 27 yoshida «Qadimgi xalklardan kolgan yodgorliklar» asarini yozib tugatdi. Beruniy voqea va xodisalarni taxlil kilishda ularning tub sabalarini tabiatning uzidan izladi. U tabiatni bir borliq deb, tabiat muayyan qonunlarga buysinadigan barcha tabiiy moddiy narsalarni, olamni xam uz ichiga oladi, dedi. Beruniy uzining «Xindiston», «Qadimgi xalklardan kolgan yodgorliklar» asarlarida kuplab muammolarni kuitaradi. SHunday qilib Beruniy uzining ilmiy falsafiy asarlari bilan ijtimoiy falsafiy tafakkurning keyingi ravnakiga xissa kushdi. SHarkda «SHayx ar- rais», «Xujjat ul- xak», «Xakim ul vazif» unvoni bilan, /arbda esa Avisena nomi bilan ma’lum va mashxur bulgan buyuk adib, komusiy olim va faylasuf Abu Ali Xusayn ibn Abdullo ibn Xasan Ibn Ali ibn Sino 980 Buxoroni Afshona kishlogida tugildi.
Ibn Sino buyuk tabiatshunos faylasuf, astronom, matematik xukukshunos, tabib va shoir edi. U uz asarlari bilan jaxon fani va madanityaining yangi bir boskichiga kutarilishiga munosib xissa kushdi va u falsafiy va sosial siyosiy bilimlar soxasida xam boy meros koldirdi. Uning ijtimoiy falsafiy karshalari X asr oxiri va X1 asrning boshlaridagi murakkab sosial siyosiy va madaniy uzgarishlari bilan boglik bo’lib Platon Aristotelь, Farobiy singari komusiy olimlarning asarlarini urganish bilan shakllandi.
U birinchi ilmiy asarini 7yoshida yozib « Ruxiy kuchlar to’g’risida tadkikot asarini yozdi. Ibn Sino «Donishnoma», «Kitob ash–shifo» asarlarida falsafiy tushunchalar ayrimlik, xususiylik, umumiylik to’g’risida kimmatli fikrlarni bildirdi. Insonning vujudga kelishi xaqida fikrlarni tabiy ilmiy bilmlarni, inson va tabiat xayvonot olami to’g’risida, insondan tabiiy extiyojlarini kondirish to’g’risidagi fikrlari e’tirborga loyik.
Ibn Sino insonning ijtimoiy mavjudot ekanligini uning mexnat faoliyati bilangina emas, balki ishlab chikarish usullari bilan dexkonchilik va hunarmandchilik bilan bogladi. Jamiyatning paydo bulishi kishilarning uzaro mulokotiga muxtoj ekanliklari bilan izoxlanadi. Bu jarayonda til va tafakkurning rolini kursatdi. Jamiyat a’zolarini bajaradigan vazifalariga karab uch guruxga buladilar:
Podsholar. 2.Hunarmandlar 3.Xarbiylar.
U kullarni bulinishini istisno etdi. Ulug faylasuf adolat, tenglik, yaxshilik va xamkorlik xukmron bulgan ideal davlat vujudga kelishining tub sabablarini esa avvalo odamlarning uz tabiatidan, ularning mexnati, odob axloki va tarbiyasidan izladi. Ibn Sino asarlarida Afotunning «qonunlar», Aristotelning «Afina», «Siyosat» Farobiyning «Fozillar shaxri axolisining karashlari» singari asarlarida bayon etilgan goyalarga xamoxang karashlar mavjud.
Markaziy Osiyo ilk uygonish davrining yirik namoyondalaridan biri tasavvuf falsafasi va adabiyotning tanikli vakili A.YAssaviy X1 asr oxirida xozirgi Turkistonning Sayram kishlogida tugilib 1166 yili vafot etgan, u etti yoshidan otasi SHayx Ibroximdan etim koladi. Ilk taxsilni YAssaviy mashxur turk mashoyixi Arslonbobodan oldi. Uning vafotidan keyin esa Buxoroga borib, mashxur mutasavvuf YUsuf Xamadoniy kulida tasavvuf buyicha ilm oldi.
Axmad YAssaviyning falsafiy axlokiy karashlari uning «Devoni xikmat» asasrida uz ifodasini topgan bo’lib, bu unga shuxrat keltiradi. Mazkur asar XX asr boshlarida kozon va Toshkentda kup marta nashr etilgan. A. YAssaviy ijodi xam boshka mutafakkirlar singari muayyan ijtimoiy tarixiy muxitda shaklandi. U feodal iste’dod xukm surgan mexnatkash xalk boshiga cheksiz mashakkat va musibat yogdirilgan, bir tomondan boylikka molu dunyoga xirs kuyish avj olgan, ikkinchi tomondan esa ochlik, kashshoklik, shafkatsizlik, imonsizlik kuchaygan ogir va msurakkab sharoitda yashadi va ijod kildi. Ulug mutafakkir zamon nosozliklariga befark karay olmadi. Uning she’rlarida turk xukmdorlari bulgan koraxoniylar bilan koraxitoylar o’rtasidagi konli urushlarning daxshatli okibatlari uz aksini topdi. Mutafakkir shoir mol dunyoga xirs kuyish avj olgan jamiyatdagi shafkatsizlik va ma’naviy parokandaliklarini ayovsiz koralaydi. Adolatsiz zulm va kashshoklik xukm surgan jamiyatda insoniy mexr shafkat va diyonat zavol topishni afsus va nadomat bilan ta’kidlaydi.
Na onada raxm koldi, na otada.
Oga, ini bir biriga majorada.
Musurmonlar da’vo kilur, ichar boda.
Mastlining bilan karindoshdan tondi kuring.
Do'stlaringiz bilan baham: |