Monosaxaridlar - standart bloklar hisoblanib, ulardan disaxaridlar (saxaroza, maltoza, laktoza), oligosaxaridlar va polisaxaridlar (sellyuloza, kraxmal) sintezlanadi.
Galaktoza va glyukoza – aldogeksozalar bo‘lib, biroq turli kimyoviy va fizik hususiyatlarga egadir.
1.17-jadval
Monosaxaridlar ko‘p atomli spirtlarning hosilalari hisoblanadi, ular karbonil - aldegid yoki keton guruxlarni tutadi (aldegidni siklik ko‘rini yo‘q).
Monosaxaridlar:
- pentozalar;
- geksozalar va x.k. (zanjirda 3, 4, 5, 6 va x.k. uglerod atomi bo‘ladi);
T abiiy monosaxaridlar uglerod zanjirida 9 ta uglerod atomini tutganlari topilmagan.5 atomli xalqani tutgan monosaxaridlar furanozalar, 6 atomli halqani tutganlari piranozalar deb ataladi.Tabiatda erkin holatda D-glyukoza keng tarqalgan (uzum shakari yoki dekstroza, C6H12O6) – olti atomli shakar (geksoza), ko‘pgina polisaxaridlarning (polimerlar) struktura birligi – disaxaridlardir (maltoz, saxaroza va laktoza) va polisaxaridlarniki (sellyuloza, kraxmal).
Oligosaxaridlar
Oligosaxaridlar o‘zida 2 dan to 10 tagacha monosaxarid qoldig‘ini tutadi.Eng keng tarqalgan oligosaxaridlar disaxaridlar va trisaxaridlardir26.
Polisaxaridlar – murakkab yuqori molekulyar uglevodlar sinfi bo‘lib, molekulalari bir necha o‘nlab, yuzlab va minglab monomerlardan – monosaxaridlardan tashkil topgan.
Gomopolisaxaridlar (bir turdagi monosaxaridlarning birligidan tashkil topgan) va geteropolisaxaridlar (bir necha turdagi bir yoki ikki monomer qoldiqlaridan tashkil topgan).
Gomopolisaxaridlar (glikanlar), bitta monosaxarid qoldig‘idan tashkil topgan, ular geksoza yoki pentoza bo‘lishi mumkin.
Kimyoviy tabiatiga ko‘ra polisaxaridalrni glyukanlarga (glyukozaqoldig‘i), mannanlarga (mannozadan olingan), galaktanlarga (galaktozadan olingan) va boshqa shunga o‘xshash birikmalarga jaratiladi.
Gomopolisaxaridlar guruxiga o‘simlik (kraxmal, sellyuloza, pektin moddalari), hayvon (glikogen, xitin) va bakterial tabiatli organik bakteriyalar kiradi.
Kraxmal (C6H10O5)n – ikki gomopolisaxaridlar aralashmasidir: chiziqli – amiloza va shoxlangan – amilopektin, ularning monomeri α – glyukoza hisoblanadi. Oq rangli amorf modda bo‘lib sovuq suvda erimaydi, bo‘kish husussiyatiga ega bo‘lib, qisman issiq suvda eriydiMolekulyar massasi 105-107 Da. Qisman kislotali gidrolizda – polimerizatsiyalanish darajasi past bo‘lgan polisaxaridlar – dekstrinlar (C6H10O5)n hosil bo‘ladi, to‘liq gidroliz natijasida – glyukoza hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |