1.4-rasm. Biotexnologiyaning qo’llanilish sohalari
chish jarayoniga asoslangan an’anaviy biotexnologik jarayonlar, yangi samarali jararayonlar bilan boyitilib bormoqda, bular oqsillar, aminokislotalar, antibiotiklar, fermentlar, vitaminlar, organik kislotalar olish va h.k.
Biotexnologiya predmeti – bu biotexnologik ob’ektlardan va ularning hayot faoliyati mahsulotlarini qo‘llagan xolda, inson extiyojlari uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonlarini o‘tkazishni usuli va vasitalaridir.
Biotexnologik maxsulotlarning jahon bozori har yili taxminan 150 mlrd. doll.ni tashkil etadi
BIOTEXNOLOGIYA OB’EKTLARI
Dori preparatlarini ishlab chiqarishning biotexnologik jarayonida turli xil ob’ektlardan foydalaniladi:
− mikroorganizmlar, hayvon va o‘simlik hujayralaridan;
− transgen hayvon va o‘simliklar;
− hujayralarning ko‘p komponentli ferment tizimlaridan va alohida fermentlaridan.
Gomologik immun plazmasini ishlab chiqarishda (antistafilokokkli, qizamiqqa qarshi, transfuziyalar uchun eritrotsitar va leykotsitar massa) bioob’ekt sifatida inson-donor ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Insonga nisbatan faqatgina alohida genlarigagina ta’sir etish mumkin, biroq insonga ta’sir etish uchun undan bioob’ekt sifatida foydalanishga etika qoidalari qarshilik qiladi.
Hayvonlardan (ot, bug‘u, sigir, cho‘chqa, tovuq, quyon) insulin, pankreatin, lizotsim, pantokrin, antitoksik zardoblar, virusli vaksinalarning sanoat ishlab chiqarishida foydalaniladi.
Bioob’ekt sifatida turli xil o‘simliklarni ham qo‘llash mumkin. Masalan, terakning kurtaklari va bir yillik o‘simtalarini prostaglandinlarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo xisoblanadi, qarag‘ay smolasi skipidar olish uchun, oqqarag‘ay smolasi balzamlar olish uchun, kamfora daraxti esa kamfora olishda qo‘llaniladi.
Mog‘or zamburug‘i hujayralaridan antibiotik ishlab chiqarishda, achitqi zamburug‘i hujayralaridan – ergosterin (vitamin D o‘tmishdoshi), betakarotin (vitamin A o‘tmishdoshi) ishlab chiqarishda qo‘llanib kelinadi.
Prokariotlar – bakteriyalardan vitamin V12 (sianokobalamin) ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Umumlashtirgan xolda shuni aytish mumkinki, dori vositalarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan bioob’ektlarga quyidagilar kiradi:
O‘simlik va hayvon tabiatli makroorganizmlar;
Mikroob’ektlar;
2.1.Eukariotlar – bir hujayralilar, suv o‘tlari, zamburug‘lar, mog‘or zamburug‘i, achitqilar;
2.2.Prokariotlar – aktinomitsetlar, bakteriyalar, ko‘k –yashil suv o‘tlari;
2.3.Mikrobiotizimlar – fermentlar, protoplastlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |