Amino-kislota
|
Produtsent
|
Tansiq modda
|
Substrat
|
Kultural suyuqlikda aminokislota
lar miqdori, g/l
|
L-lizin
|
Breviabacterium flavum
|
Treonin, metionin yoki gomoserin
|
Glyukoza saxaroza
|
60-100
|
L-trionin
|
Escherichia coli
|
Lizin, metionin, izoleysin
|
Glyukoza
|
20
|
L-ornitin
|
Coryneobacterium glutamicum
|
Arginin
|
Glyukoza
|
26
|
L-fenil-alanin
|
Arthrobacter parafineus
|
Tirozin
|
n-alkanlar
|
15
|
L-tirozin
|
Coryneobacterium sp.
|
Fenilalanin
|
n-alkanlar
|
19
|
L-valin
|
Coryneobacterium glutamicum
|
Izoleysin
|
Glyukoza
|
11
|
Inson organizmidagi mutatsion o‘zgarishlar og‘ir kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi (oq qon kasalligi). Mutatsiyaga uchragan DNK molekulasini asl holatiga qaytish jarayoni- DNK reparatsiyasi deyiladi. Reparatsiya jarayoni DNKaza, DNK-polimeraza II va DNK-ligaza fermentlari ishtirokida amalga oshiriladi. Bu fermentlar tizimi yordamida DNK strukturasi dastlabki mo‘‘tadil holatiga qaytadi.
Gen muHandisligining mohiyati va vazifalari
Viruslar bilan prokariot hujayralar orasidagi materialning ko‘chirilishini, tabiiy sharoitda bakteriyalarda o‘tadigan rekombinatsiya mexanizmlarini o‘rganish, plazmidalar va mo‘‘tadil faglarning hujayradagi hayotini tushunish, genlar ustida turli manipulyasiyalar o‘tkazish imkoniyatini beradi. Olimlar qo‘lida DNKning kerakli bir qismini bakteriya hujayrasiga ko‘chirib o‘tkazadigan sistema-plazmidalar ham bor. Bunday transmissiv ko‘chirib o‘tkazuvchi xalqali molekulalar-plazmidalar va mo‘‘tadil viruslar vektor deb ataladi (17-jadval).
Ular tabiatning o‘zi biologlarga taqdim qilgan sovg‘a bo‘ladi. SHunday ekan, endi bakteriyalarni kulturada (ular o‘sadigan muhitda) insonlar uchun kerakli oqsillarni, fermentlarni sintezlashga majbur qilib bo‘lmasmikan degan savol tug‘iladi?
Bu g‘oyalarning amalda yuzaga chiqishi gen muhandisligi yoki genetik muhandislik deb ataladigan va katta istiqbolga ega bo‘lgan yangi sohani dunyoga keltirdi.
1.29-jadval
Biotexnologiyada keng qo‘llaniladigan ba’zi bir vektorlar
tavsifi
Vektorlar
|
Nusxalar
miqdori
|
O‘lchami, ming nukleotidlar
|
klonlash uchun plazmida vektorlari:
pBR 322
pACU 184
|
40-50
20
|
4,4
4,0
|
klonlashda maxsus kattalikdagi vektorlar:
Chron 4A
kosmida rnC 79
|
100-200
20
|
41,8
6,4
|
genlar ekspressiyasi uchun plazmida vektorlari:
p trp ED5-1
|
40-50
|
6,7
|
Gen muhandisligi qisqacha aytganda, genlar ustida turli manipulyasiyalar o‘tkazish, ularni to‘la o‘rganish asosida funksional qismlarga bo‘lish, kerakli joyidan kesish, kerak bo‘lmagan qismini olib tashlash, kerak bo‘lgan qismlarini boshqa genlardan yoki sintez yo‘li bilan olib ulash va shu usulda tayyorlangan duragay yoki rekombinant genni yangi organizmga kiritib (Masalan, odamning insulin genini mikrob hujayraga yoki sichqonning o‘sish gormoni genini kalamushga), zarur turlarni yoki preparatlarni sintez qilish va boshqa g‘oyalar va texnologiyalarning yig‘indisidir (9-chizma).
Ayrim DNK molekulalari-genlarning bir turini ko‘p nusxasini hosil qilish maqsadida ilgaridan hujayralarning toza liniyalarini olishda ko‘pdan beri ishlatilatib kelingan, klonlanish texnikasini molekulalarga moslashtirilgan varianti qo‘llanilmoqda. Hujayra liniyalarining bir xilligini, klonlash usuli bilan ham kuchaytirish mumkin.
Klon-deb birdan-bir old hujayradan kelib chiqqan hujayralar populyasiyasiga aytiladi. Klonlash asosan mutant hujayralar olish uchun ishlatiladi. Molekulyar klonlash DNK ning aniq bir namunasini toza holda ko‘paytirishdan iborat.
1 - kodlovchi DNKni frag-mentlarini olish.
2-vektor (plazmida).
3-restriktaza.
4-promotor ulanishi.
5- kodlovchi DNK.
6-rekombinant DNK.
7-rekombinant DNKni ki-ritish.
8-modifikatsiyalangan hu-jayra.
9- hujayralar seleksiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |