1.39-rasm. Biologiya va tibbiyotda fermentlarni qo‘llanish sohalari
Fermentlarning moddalar almashinuv jarayonlaridagi roli Fermentlar unikal xususiyatlarga egadir:
- ta’sirining samaradorligi va spetsifikligi;
- zaxarsizligi;
- yumshok sharoitlarda ishlash xususiyati;
- turli xil o‘simlik va hayvon tabiatli xom ashyolarini qayta ishlash (shu bilan birga chiqindilarni ham):
SHu hususiyatlarini inobatga holgan fermentlarni sanoat ishlab chiqarishida qo‘llash iqtisodiy va ekologik jixatdan qulaydir.
Fermentlarning moddalar almashinuv
jarayonlaridagi roli
Fermentlar barcha tirik organizmlar tarkibida mavjud bo‘lib bir moddani (substratni) ikkinchisiga o‘zgarishini (maxsulot) ta’minlaydi.
2013 yilga kelib 5000 ga yaqin turli fermentlar tavsiflangan.
Fermentlar hayotiy faoliyatning barcha jarayonlarida ishtirok etib, organizmdagi moddalar almashinuvini boshqarib va yo‘naltirib boradi.
Ferment substrat bilan o‘zaro ta’sirlashib qisqa vaqt yashovchi ferment-substrat kompleksini hosil qiladi. Reaksiya tugagandan so‘ng, ferment-substrat kompleksi mahsulot va fermentga parchalanib ketadi.
Reaksiya davomida ferment o‘zgarishsiz qoladi, reaksiya boshida qanday bo‘lsa reaksiya so‘ngida ham shunday qoladi va yangi substrat bilan ta’sirlasha oladi.
Fermentlarning ta’sir etish mexanizmi - aminokislota molekulalari orasida peptid bog‘ini hosil bo‘lishi. Ikki molekula aminokislota ferment faol markazida o‘zaro ta’sirlashib, ular orasida peptid bog‘ hosil bo‘ladi.
- yangi hosil bo‘lgan modda (dipeptid) ferment faol markazini tark etadi, chunki u o‘zining strukturasi bo‘yicha faol markazning strukturasiga mos kelmaydi.
1.40-rasm. Fermentlarning ta’sir etish mexanizmi Barcha katalizatorlar kabi, fermentlar ham to‘g‘ri va teskari reaksiyalarni tezlashtirib, jarayonning faollanish energiyasi pasaytirib berpadi.
Oqsil tabiatli bo‘lmagan katalizatorlardan farqli o‘laroq fermentlarni o‘ziga xos jihati shundaki ular yuqori spetsifikdir - oqsil bilan ba’zi substralarni bog‘lanish konstantasi 10 mol/l ni tashkil etadi.
Fermentning har bir molekulasi bir soniyada bir necha mingdan bir necha milliongacha reaksiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Masalan, buzoqchaning oshqozoni shilliq qavatidagi renin fermentining bir molekulasi 37°C da 10 daqiqa ichida kazeinogenning 106 molekulasini chiritadi.
Bunda fermentlarning oqsil tabiatli bo‘lmagan katalizatorlar oldidagi samaradorligi bir necha barobar yuqoridir – fermentlar reaksiya tezligini bir necha million va milliard barobar oshirsa, oqsil tabiatli bo‘lmagan katalizatorlar bir necha yuz va ming marotabagacha oshiradi.