QISHLOQ HO‘JALIGI XOM ASHYOLARIDAN BIR XUJAYRALI OQSILNI OLISH
Biotexnologik jarayonlar uchun material sifatida o‘simlik biomassasini ishlab chiqarish konsepsiyasi etanol ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi.
Manioka, shakar qamishi va palmalarning ba’zi turlari istiqbolli xom ashyo sifatida hizmat qiladi, ular yuqori iqtisodiy samaraga ega bo‘lgan tezkor fermentativ qayta ishlash jarayonidan o‘tadilar. Agarda lignotsellyuloza qaysidir mikroorganizmlar tomonidan oson va iqtisodiy jihatdan samarali utilizatsiyaga uchratilsa, ba’zi mamlakatlarda turli biotexnologik jarayonlar uchun yaroqli bo‘lgan tayyor ozuqaviy substratlarni tayyor xolda oladilar.
Sellyuloza qishloqho‘jaligi va o‘rmon ho‘jaligi materiallarida, hamda turli chiqindilarda bir hujayrali oqsilni olish uchun asosiy hom ashyo komponentini tashkil etishi kerak.
SUV O‘TLARIDAN BIR HO‘JAYRALI OQSILNI OLISH
Suv o‘tlarini bir ho‘jayrali oqsil sifatida qo‘llanishga bo‘lgan qiziqish juda yuqoridir, chunki ular ochiq suv havzalarida yaxshi o‘sadilar va SO2 ni uglerod manbasi sifatida, yorug‘likni fotosintez uchun energiya manbai sifatida foydalanadilar. Chlorella va Scenedesmus ko‘p vaqtlar davomida YAponiyada, Spirulina esaAfrika va Meksikada oziqovqat ratsionida qo‘llanilib kelinadi.
Ba’zi mamlakatlarda suv o‘tlari xovuzlarda va lagunalarda qator organik ifloslanishlarni tozalash maqsadida o‘stiriladi, xosil bo‘lgan biomassani yig‘ib olinadi, quritiladi va hayvon ozuqasiga kukun sifatida qo‘shib beriladi.
Bir hujayrali oqsilni qo‘llanishini iqtisodiy jihatlari.
Bir hujayrali oqsilning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi quyidagilar bilan aniqlanadi:
mavjud mahsulotlar bilan solishtirganda ularning raqobat bardoshligi bilan;
mikrob oqsili asosida qilingan preparatlar mazkur moddaga boy bo‘lib uzoq vaqt davomida saqlanadi va uzoq masofalarga bemalol transportirovka qilinishi mumkin;
- kelgusida bir hujayrali oqsilni asosan hayvonlar ozuqasiga boshqa oqsil materiallarini o‘rnini bosish uchun qo‘shimchalar sifatida qo‘llash;
- bir hujayrali oqsilni sanoat miqyosida ishlab chiqarilishiga qaramasdan bu biologik jarayon hisobalnadi, uni joriy etish tabiatda o‘rnatilgan ekologik muvozanatni (balans) buzmaydi. SHu maqsadda biotexnologiyada bu oqsilni olinishi boshqa sintetik moddalarni paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi va retsiklizatsiya jarayonlarini qo‘llashga asoslangan, ya’ni atrof muhitni ifloslanishga yo‘l qo‘ymaydigan texnolgiyalarni qo‘llashga imkon beradi.
Otalangan tuxum hujayraga begona genlarni kiritilishi yordamida irsiy o‘zgargan hayvonlarni yaratish g‘oyasi amaliyotda 1980 yillarda amalga oshirildi. Boshqa fanlarda bo‘lgan singari, olimlar o‘zaro ma’lumot almashinishi uchun yangi terminlar qo‘llashga to‘g‘ri keldi. Shunday qilib, begonagen (ekzogen) DNK si orqali genotipi o‘zgartirilgan hayvonlarni transgenli hayvon deb atashni, kiritilgan DNKni esa transgen deb atashni, butun texnologiyani esa transgen texnologiya yoki transgenoz deb ataldi.
Transgen texnologiyasining ishlab chiqilishi va mukammalashuvi laboratoriya sichqonlarida amalga oshirila boshladi. 1980 yillarga kelib, sichqonlarning har xil liniyalariga 100 ortiq begona genlar kirtila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |