O’quv materiallar



Download 8,7 Mb.
bet124/230
Sana13.07.2022
Hajmi8,7 Mb.
#790294
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   230
Bog'liq
БМФТ маъруза матни

O‘stiruvchi moddalar - makka, achitqi va qizilmiya ekstrakti, kepak va achitqilarning gidrolizatlari, V guruhi vitaminlari.
Ozuqa muhitiga hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan makro va mikroelementlar qo‘shiladi (R, Sa, Mg, Mn, Fe va b.).
Aminokisltalar biosinteziga havo bilan ta’minlanish darajasi ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi, bunda har bir konkret aminokislota uchun aeratsiya darajasi turlichadir. Steril havo oqimi mahsus turbinali aralashtirgichlar orqali uzatiladi.
Texnologik jarayonnning birinchi bosqichida produtsentlar biomassasi shakillantiriladi, ular maxsus ekish apparatlarida bir sutka davomida o‘stiriladi (rn 7,0-7,2harorat 28-300S).
Ikkinchi bosqichda, biomassa ozuqa muhiti bilan to‘ldirilgan ishlab chiqarish fermenteriga uzatiladi.Fermentatsiya boshlangan 25-30 soatdan so‘ng lizin kultural suyuqlikka kelib tusha boshlaydi. Fermentatsiya jarayoni tugagandan so‘ng (55-72 soatdan so‘ng) mikroorganizm kultura hujayralari suyuq fazadan filtrlash orqali ajratib olinadi. Lizinning yuqori darajada tozalangan preparatlari kultural suyuqlik filtratini fraksiyalashdan so‘ng kationitdagi ionalmashinuv xromatografiya usuli bilan olinadi. Kristalik lizinng 97-98%-li tozalikka ega bo‘lgan preparatlari olinadi, ular o‘z navbatida ozuqa maxsulotlarini ozuqaviy qimmatini oshirish uchun va tibbiyot sanoatida qo‘llaniladi.Lizinning yuqori tozalangan preparatlaridan tashqari yana quyidagi preparatlar ishlab chiqariladi:

  • lizining suyuq konsentrati (LSK);

  • lizinning quruq oziqa konsentrati (QOK);

  • yuqori konsentrlangan ozuqa preparatlari.

TRIPTOFAN ISHLAB CHIQARILISHI
Triptofan oziqlanishning limitlovchi omili bo‘lib hisoblanadi, chunki uning an’anaviy maxsulotlardagi (baliq, sut, ozuqa achitqilari) miqdori standart oqsildagiga qaraganda 3 barobar kamdir.
Lizin singari triptofan ham metabolizmning shohlangan yo‘lida hosil bo‘ladi, shuning uchun uning ishlab chiqarilishiga auksotrof mutantlar qo‘llaniladi, ularda fenilalanin va tirozin hosil bo‘lishiga boradigan reaksiyalar bloklangandir.

Triptofanni ishlab chiqarish sanoati ikkita bosqichdan iborat:


- kimyoviy usul, bunda antranil kislotasi sintezlanadi;
- enzimatik usul, bunda antranil kislotasi (Candida utilis zamburug‘ining shtammlari) triptofanga aylantiriladi.
Achitqilarning biomassasi 30 0S haroratda melassa, mochevina va mineral komponentlar mavjud bo‘lgan muhitda o‘stiriladi.
Bir sutkadan so‘ng fermeterga 5 % li antranil kislotasining spirtli eritmasi va 50 % mochevina eritmasi qo‘shiladi, 3-4 soatdan so‘ng esa qo‘shimcha ravishda uglerod manbasi qo‘shiladi (melassaning 25 % li eritmasi).
Antranil kislotasi va mochivina har 6 soatda, melassa esa har 12 soatda uzatilib turadi.
Ikki bosqichli fermentatsiya jarayoni 144 soatdan so‘ng tugaydi va triptofanning miqdori 6 g/l ga teng bo‘ladi.Triptofandan tashqari ushbu usulda gistidin, izoleysin, metionin, serin va treonin ham olinadi.
Bacillussubtilis bakteriyalarningauksotrofmutantlariniishlatishgaasoslanganbirbosqichliolishtexnologiyasikamrivojlangan.
Bir bosqichli jarayonning davomiyligi 48 soat, triptofanning konsentratsiyasi 10 g/l.
Kultural suyuqlik quritilgandan so‘ng triptofanning ozuqa konsentrati olinadi (TOK), unining tarkibida oqsillar, erkin triptofan, V1, V2 va PP vitaminlari bo‘ladi.
Triptofanin yuqori tozalangan kristalik preparatlari kultural suyuqlikni qo‘shimcha ravishda tozalangandan so‘ng kationit bilan to‘ldirilgan kolonkadagi ion almashinuv xromatografiyasi usuli yordamida olinadi (rn 1,0 sorbsiya amalga oshadi; elyusiya 5% gidroksid ammoniy va propanolom-2 aralashmasida olib boriladi)
Elyuatlar kristallaniladi; kristallar yuviladi va quritiladi. Kristall xoldagi preparat 99% gacha triptofan saqlaydi.
Metabolizmning shoxlanmagan yuli orqali aminokislotalarni olinishi, masalan arginin olish uchun auksotrof mutantlar qo‘llanilmaydi. Bu xolda regulyator (boshqaruvchi) mutantlar qo‘llaniladi.
Arginindan tashqari regulyator mutantlar serin va sitrullin olishda qo‘llanilladi.


C orynebacterium yoki Brevibacterium turidagi bakteriyalarni uglevodli muhitda (kraxmal gidrolizatlari, shakar qamish yoki lavlagi melassasi), etanolda yoki atsetatda, biotin tanqisligida o‘stirishda muhitda 30 g/l gacha glutamin kislotasi to‘planadi.
Ushbu aminokislotasini hosil bo‘lishi uchun eng muhim sharoitlardan bu glutamatdegidrogenaza faolligini pasaytirishdir.
Muhitda biotin va ammoniy tuzlarining miqdori ko‘p bo‘lsa, prolin hosil bo‘lishi uchun sharoit ta’minlanadi, ammoniy va rux ionlarining miqdori ko‘payganda kuchsiz kislotali muhitda esa glutamin sintezi uchun sharoit paydo bo‘ladi.
Geni modifikatsiyalangan E. coli mikroorganizmlarning sanoat shtamlari orqali treonin olinadi. Uglerod manbasi sifatida saxaroza qo‘llaniladi.
SHtammning unumdorligi 40 soat fermentatsiya jarayonidan so‘ng 1 litr kultural suyuqlikka 100 gramm L-treonin to‘hri keladi.
Ozuqa qo‘shimchalari, biologik faol qo‘shimchalar (BFQlar), pripravalar, ta’mni kuchaytirgichlar sifatida qo‘llanishdan tashqari aminokislotalar yana kimyoviy, parfyumeriya va farmatsevtik sanoatda xom ashyo sifatida qo‘llaniladi.
So‘nggi 10 yil ichida ozuqa ishlab chiqarish sanoatida aminokislotalarni qo‘llanishi 15 martagacha ortdi. Bu o‘z navbatida ularni ishlab chiqarilishidan 70% ni tashkil etadi. Ishlab chiqariladigan 30% aminokislotalar oziq ovqat sanoatida qo‘llaniladi.
- glitsin – shirin ta’m beruvchi, antioksidant, bakteoriostatik;
- asparagin kislota – ta’mni kuchaytiruvchi, aspartam ishlab chiqarish uchun xomashyo;
- gistidin – yallig‘lanishga qarshi vosita;
- glutamin kislota – ta’mni kuchaytiruvchi, psixik kasalliklarni davoldash uchun preparat;
- metionin – ozuqa va em qo‘shimchasi;
- treonin va triptofan – oziqa va mollar emiga qo‘shimchadir;
- triptofan - oziqa va mollar emiga qo‘shimchadir, tibbiyot tabletkalari tarzida ishlab chiqariladi;
- sistein - farmatsevtik preparat;
- fenilalanin – aspartam olish uchun xomashyo;
- lizin – ozuqa va em qo‘shimchasi, sun’iy tolalar va plenkalar olish uchun xomashyo.



Download 8,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish