Pantoten kislotasi (vitamin V3).
Nozik organik sintez va aktinomitsetlarning (asosiy usul) immobillangan bakteriya hujayralarini qo‘llagan xolda mikrobiologik sintez usullari yordamida olinadi.
Vitamin RR. Biotexnologik usul yordamida olinadi. Bunda mikroorganizmlarni ekstraksiyalash usulidan foydalaniladi, jarayonda non yopishda qo‘llaniladigan achitqilar ishlatiladi, muhitga vitamin o‘tmishdoshlari qo‘shiladi.
Brevibacterium ammoniagenes – shtammidan foydalaniladi.
β-karotin. Karotinoidlar (politerpenlar) – tabiiy pigmentlar bo‘lib, manbalari yuksak o‘simliklar, suv o‘tlari, mikroorganizmlardir.
Nozik organik sintez (kimyoviy usul) va biotexnologik usul (mitselial zamburug‘larni qo‘llash) yordamida olinadi.
Ozuqa muhiti – makkajo‘xori-soyali muhit.
Olish jarayoni ko‘p bosqichlidir.
β-karotin kungaboqar moyi yordamida ekstraksiyalanadi va moyli eritmalar ko‘rinishida qo‘llaniladi.
Gidroliz natijasida bitta β-karotin molekulasidan ikki molekula vitamin A (inson ichagida) hosil bo‘ladi.
Yog‘da eruvchi vitaminlar
Karotinoidlarni produtsentlari sifatida bakteriyalar, achitqilar, mitselial zamburug‘lardan foydalaniladi. Ko‘pincha zigomitsetlar Blakeslea trispora va Choanernora conjuncta qo‘llaniladi.
Bu turdagi shtammlarni birgalikda kultivatsiyalash natijasida 1 litr muhitda 3-4 gr. gacha karotinoid hosil qilishi mumkin.
Sanoat miqyosida ishlab chiqarish uchun murakkab ozuqa muhitlaridan foydalaniladi, ularning tarkibida uglerod, azot, vitaminlar, mikroelementlar, mahsus stimulyatorlar bo‘ladi (gidrol, makkajo‘xori-soya uni, o‘simlik moyi, kerosin, -ionon yoki izopren dimerllari).
Avval shtammlar alohida, so‘ng asosiy fermentyorga o‘tkazib birgalikda 260S haroratda kuchli aeratsiya sharoitida o‘stiriladi.
Fermentatsiya davomiyligi - 6-7 kun.
Karotinoidlar atseton bilan (yoki boshqa qutubli erituvchilar bilan) ajratib olinadi va kutubsiz erituvchiga o‘tkaziladi.
Oqsil-karotinoid komplekslarni ajratib olish uchun, 1-2% konsentratsisidagi sirt faol moddalardan foydalaniladi.
Tozalash maqsadida va yanada chuqur tozalash uchun xromatografiya usullarini qo‘llash mumkin yoki erituvchini almashtirish zarur bo‘ladi.
Vitamin A ni β-karotindan gidroliz orqali olish mumkin.
Ergosterin (vitamin D2). Vitamin D o‘xshash birikmalar guruxi bo‘lib, vitamin asosida ergosterin yotadi, ergosterin eukariot organizmlarining hujayra membranasida aniqlangan (Candida turkumidagi achitqisimon zamburug‘larda).
Achitqi hujayralarida ergosterin miqdori 0,2-11,0 % chegarasida bo‘ladi.
Ozuqa muhiti ugleroda, azota va fosfor manbasidan iborat bo‘lishi kerak.
YOg‘da eruvchi vitaminlar
Ishlab chiqarish sharoitida ergosterinni olinishi quyidagi bosqichlarga bo‘lishimiz mumkin:
- boshlang‘ich kulturani ko‘paytirish va inokulyumni to‘planishi;
- fermentatsiya;
- hujayralarni separatlash;
- hujayralarni ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish;
- maxsulotni quritish va qadoqlash.
3-4 sutkadan so‘ng, o‘sish tavsifiga va kulturaning biosintetik faolligiga ko‘ra hujayralar separatlanadi va vakuum-quritgichda quritiladi.
SHundan so‘ng quruq achitqilar qo‘shimcha moddalarni inobatga olgan xolda optimal vaqt davomida, talab etilgan harorat ostida ultrabinafsha nurlar bilan nurlantiriladi (to‘lqin uzunligi 280-300 nm).
Achitqilarni nurlantirishni separatlashdan oldin ham o‘tkazish mumkin, bunda UBN ni kam o‘tuvchanlik hususiyatini inobtga olgan xolda suspenziyaning 5% yupqa qatlamida olib borish kerak bo‘ladi.Spirtli ekstraktlar birlashtiriladi va quruq moddasi 70% qoldiqni tashkil etgunga qadar bug‘latiladi. Hosil bo‘lgan «lipidli konsentrat» o‘yuvchi natriy eritmasi bilan ishlov beriladi. Ergosterin konsentratning sovunlanmaydigan fraksiyasidan 0 0S da kristallanadi.Uni qayta kristallash orqali tozalab olinadi.
Kristallar quritiladi, sulfat kislotasining efirida eritiladi, UBN bilan nurlantiriladi, efir haydab olinadi, D2 vitamini eritmasi konsentrlanadi va kristallanadi.
SHu bilan birga D2 vitamining moyli konsentrati ham ishlab chiqariladi.
Ergosterinni olishda manba sifatida quyidagilar hizmat qilishi mumkin:
- zamburug‘lar mitseliylari (antibiotiklar sanoatining chiqindi mahsuloti);
- sut maxsulotlarini chiqindilarini tutgan muxitdagi Cryptoccocus curvatus mikrorganizmlari;
Ushbu usullarni qo‘llanishi ishlab chiqarishning rentabelligi va ekologik jixatiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |