2. O‘zlik nisbat
Bu nisbatdagi fe’lda harakatning subyekti bilan obyekti bir shaxsning o‘zi bo‘ladi. Masalan: Men har tong Toshkentning go‘zilligi, fayzi bilan zavqlanaman (U.Mahkamov) gapida zavqlanaman fe’li tarkibida kelgan –lan qo‘shimchasi harakatning subyekti bilan obyekti men shaxsi ekanligini ko‘rsatib turibdi.
O‘zlik nisbati quyidagi affikslar bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so‘ng –n, undoshdan so‘ng –in qo‘shish bilan: maqta-n, o‘ra-n, yuv-in, kiy-in kabi;
b) fe’l negiziga unlidan so‘ng –l, undoshdan so‘ng –il qo‘shish bilan: surka-l, shosh-il kabi;
v) –lan (-la+-n dan tuzilgan qo‘shma affiks) affiksini qo‘shish bilan: zavq-lan, tinch-lan, shod-lan kabi;
g) –ish qo‘shimchasini qo‘shish bilan: ker-ish kabi.
Barcha fe’l negizlaridan (o‘timli, ba’zi bir o‘timsiz) o‘zlik nisbati yasalmaydi: so‘ra, bor, yugur kabi. Ba’zi fe’l negizlarining, aksincha, aniq nisbati yo‘q: quvon, seskan kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |