2-§. Undov so‘zlar haqida ma’lumot
His-hayajon, tuyg‘uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so‘zlar turkumi undov deyiladi: eh, uh, o, e, uf, voy, ura, barakalla, ofarin, salom, xayr, xo‘sh, rahmat, balli, bay-bay, voy-bo‘y, a, ax, ohho, obbo, ey, ehhe, i, ie, o‘h, o‘hho‘, hm, him, be, tuf, hah, ho, hay-hay, eh, o‘, ha, iyi. Bu so‘zlar mustaqil so‘zlarga ham yordamchi so‘zlarga ham kirmaydigan ayrim so‘z turkumidir.
Undovlar yakka holda, juft holda yoki takrorlanib qo‘llanishi mumkin: oh, voy, oh-voh, dod-voy, bay-bay, hay-hay.
Juft va takrorlangan undovlar chiziqcha bilan yoziladi.
Undovlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |