Ta’lim tizimida yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari. - O’rta ma’lumotni ko’pincha “kompyuter”lashtirishga va “internet” lashtirishga asoslangan, zamonaviylashtirish dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, nafaqat o’quv maskanlari zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlanmog’i, balki ta’lim tizimining tashkilotchilari va pedagoglari ham bu sohada yetarli bilimga ega bo’lishlari kerak. Aslini olganda bunda hyech qanday yangilik yo’qdek, faqat erishilgan bilim doirasini kengaytirish kerak: pedogogika oliy o’quv yurtlarida ushbu mutaxassislikka ixtisoslashgan o’qituvchilarni tayyorlash ishlari yo’lga qo’yilgan, kompyuterlar bilan ta’minlangan maktablarda axborotlashtirish darsi o’tkazilmoqda, ta’lim maskanlarining nafaqat rahbarlari, balki ma’muriyati ham, o’z stollari ustida shaxsiy kompyuterlar turishi va undan foydalanishni tabiiy va juda zarur hol deb hisoblashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |