O’quv mashulotining texnologik xaritasi


lot. corrumpō —„buzish“, „aynish“) biror mansabdor shaxsning qonunchilikka



Download 73,5 Kb.
bet2/2
Sana23.03.2022
Hajmi73,5 Kb.
#506161
1   2
Bog'liq
Korrupsiya dars

lot. corrumpō —„buzish“, „aynish“) biror mansabdor shaxsning qonunchilikka va axloqqa zid ravishda oʻzining boshqaruvvakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Atama odatda siyosiy apparatga nisbatan ishlatiladi. Aksariyat davlatlarda korrupsiya jinoyat sifatida qaraladi.
Korrupsiya (lot. corruptio — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan xuquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi qam K. deyiladi. K. davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini oʻtkazish harajatlarini koʻtarish K. koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar koʻrsatib "oʻz qarzini" qaytaradi). Aksariyat K. lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bogʻlangan. Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish boʻyicha "Lokxid ishi" eng yirik K. koʻrinishlariga misol boʻladi. Porani xaspoʻshlash uchun yirik bitishuvlarda koʻproq "xizmat haqi" toʻlash amaliyotidan foydalaniladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari.




Mamlakatimizda ham korruptsiyaga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi yaratilgan. O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi »Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Qonun qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2752-sonli qarori hamda 2017-2018-yillarda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona va muassasalarda davra suhbatlari, seminar va muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurash sohasida mustahkam huquqiy asos yaratilgan, – dedi, jumladan, Feruza Muhitdinova. – Xususan, 1997-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik kontseptsiyasida korruptsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdidlardan biri deya e’tirof etilgan. «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi»da ham korruptsiyaga qarshi kurashish nuqtalari belgilangan. Mamlakatimiz 2008-yil 7-iyulda BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi konventsiyasiga qo‘shilgan.

Korrupsiyaning kelib chiqish sabablari.




Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo’llarini oppish bo’yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o’tkazilgan. O’ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko’rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko’rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo’l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo’q. Gap shundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo’lish geografiyasi bilan o’zgaradi. Xo’sh, O’zbekistonda qanday omillar uning kurtak otib, «gullab-yashnashi»​ga sharoit yaratmoqda?
Avvalo, Adliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan ko’rib chiqish tavsiya etiladi: «Korruptsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo’sinda, g’ayriqonuniy shaxsiy naf ko’rish maqsadida, o’z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir»​.
Bu yerda kalit so’zi «davlat organlari xodimlari»​ sanaladi. Ya`ni, ushbu jumlaning o’zi korrupsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatchilarining roli muhim ekanligini ko’rsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih ishga qo’l urishga nima undamoqda?
Javob yana izohning o’zida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yo’sinda, g’ayriqonuniy shaxsiy naf ko’rish maqsadida»​! Tabiiyki, korrupsiya ortida mo’may daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo’lmoqda.
Masalan, mahalliy hokimiyatning oddiy xizmatchisini ko’z oldingizga keltiring, uning kichik maoshi, aslida xodim inson kapitaliga mos emasligi, korrupsiyaga qo’l urishga majbur qiladi. Soddaroq qilib aytganda, kuchli bilim va tajribaga ega xodim hech qachon kichik maosh taklif etilgan ish lavozimida mehnat qilmaydi. Uning oldida tanlash uchun ikkita yo’l turibdi: ish joyini o’zgartirib, ko’p oylik maosh va`da qilib turgan xususiy sektorga o’tib ketish yoki kichik maoshga «qanoat»​ qilib, korrupsiyaga qo’l urish. Bunday vaziyatda, davlat organlarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilib, tajribali va bilimli mutaxassislarni yo’qotishi ham hech gap emas.
Davlat organlarida oylik maoshni oshirish bilan korrupsiyaga barham berish mumkinmi? Aslo! Korruptsiya darajasini susaytirish borasidagi takliflarni quyida batafsil mushohada etamiz, lekin, ayni chog’da uni keltirib chiqaruvchi yana bir omilga e`tibor qaratsak: korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sun`iy to’siqlar.
Sun`iy to’siq, deb atalmish jihatlar shundan iboratki, ularning barchasini siyosiy iroda kuchi bilan yo’q qilish mumkin. Ular nimalar? Ro’yxatning boshida davlat organlari xodimlarini ishga qabul qilishda yuz berishi «belgilangan mantiqsizlik»​ va shaffoflikning yo’qligidir. Gap shundaki, inson kapitalining haqiqiy qiymatini o’zbek modelidagi «ob`yektivka»​ orqali aniqlash mumkin emas. Bo’lg’usi kadrning salohiyatini tekshirish, uning psixologik va jismoniy yetukligi o’rniga «Toshkent propiskasi»​, «yaqin qarindoshining sudlanganligi»​ kabi foydasiz vajlar har qanday bilimli kishini rasmiy doiradan uzoqroq yurishga undaydi. Agar tajribali va bilimli mutaxassis davlat organida ishlash istagi bilan eshik qoqsa, unga beriladigan ilk topshiriq ham bir talay hujjatlarni yig’ib kelish bo’ladi. O’z o’rnida har bir ma`lumotnomani olish kichik korrupsiyaga sabab bo’lishi mumkin.
Undan tashqari, ishga joylashish masalasida har kim «tanish-bilish»​ tizimi, mahalliychilik, urug’-aymoqchilik, klanizm kabi «ijtimoiy hodisa»​larga duch kelishi tayin. Ana shunday barcha «-chiliklar»​ zamirida korrupsiyaga boshlab boruvchi yo’l​ mujassam. Shuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi sifatida davlat organlarining xalq oldida hisobdorligi, ularning faoliyati va moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart. Har bir sohaning xalq oldidagi hisobdorligidan tashqari, ayni paytda, Oliy Majlis a`zolari, vazir va davlat qo’mita raislari, yuqori rahbarlik lavozimida ishlaydigan amaldorlarning shaxsiy mol-mulki, daromadlari hamda ularning manbasi shu paytgacha ko’rsatilmagan. Hisobdorlik shakli qanday bo’lishi kerak? Agar bironta vazirlik misolida qisqacha tushuntirish berilsa, hisobdorlik belgilangan vazifalar, taqvimdagi masalalar hamda bajarilgan ishlar kabi harakatlar bilan to’yintirilishdan tashqari, moliyaviy shaffoflikni talab etadi. Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob olishga haqli bo’lishi nazarda tutilsin. 
Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog’lom yashashida namoyon bo’ladi. Shu o’rinda alohida ta`kidlab o’tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho’qqining o’tkir nuqtasiga yetib kelganimizni eslatib turishdan iborat.


2-ilova
1-o’quv topshiriq
«Qanday» organayzerini to’ldiring

Muhim muammoning echimini topishga yordam beradi va “Qanday” savoli orqali


muammo hal qilinadi.

Korrupsiya jamiyatda qanday paydo bo’ladi?








Qanday



Qanday?



Qanday?
Qanday? Qanday?
Qanday? Qanday?
3-Ilova

Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi


1. Ma’ruza matnini o’qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo’yib chiqing:
V – bilaman
Q – men uchun yangi ma’lumot

  • - men bilgan ma’lumotni inkor qiladi

? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo’shimcha ma’lumot.
2. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.



Mavzu savollari

V

-

Q

?

1.













2.













3.













Download 73,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish