O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish vositalari. Dastlab о‘qituvchi darsda nima qilishini mо‘ljallayotganligini, sо‘ngra uni qanday va qaysi usul bilan amalga oshirishini aniqlab olishi kerak. Dars tuzilishida maqsad va о‘rganilayotgan materialning mazmuni aniqlanadi va bir tizimda quriladi.Nostandart darslar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:1 Musobaqa va о‘yin shaklidagi darslar: tanlov, turnir, estafeta, quvnoqlar va zukkolar klubi, tadbirli о‘yin, rolli о‘yin, krossvord, viktorina, karusel. 2 Ijtimoiy amaliyotda ma’lum bо‘lmagan ish shakllari, janrlari va uslublariga asoslangan darslar: tadqiq etish, ixtirochilik, birlamchi manbalar tahlili, sharh, «Aqliy hujum», intervyu, reportaj, taqriz, Broun harakati, holat (pozitsiya)ni egalla.3 Muloqotning og‘zaki shaklini eslatuvchi darslar: matbuot anjumani, auksion, benefis, miting, vaqti chegaralangan munozara, panorama, telekо‘prik, bildirgi, muloqat, «jonli gazeta», og‘zaki jurnal, tugatilmagan jumla, debatlar, akvarium, iskanja (matbuot) metodi, juftlikda ishlash, rotatsion (almashinuvchi) uchliklar, kichik guruhlarda ishlash.4 О‘quv materialini noan’anaviy tashkil etishga asoslangan darslar: donolik darslari, ochiq tan olish, «dubler harakat boshlaydi» darsi, fuqarolik eshitish, yechimlar daraxti.5 Hayoliylashgan darslar: ertak dars, sovg‘a dars, XXI asr darsi.6 Muassasa va tashkilotlar faoliyatiga о‘xshash darslar: sud, tergov, tribunal, patent byurosi, ilmiy kengash, muharrirlar kengashi. О‘qitishning interfaol texnologiyalarining turlari juda xilma-xil va katta sonda. Har bir о‘qituvchi mustaqil ravishda sinf bilan ishlashning yangi shakllarini о‘ylab topishi va qо‘llashi mumkin. Kо‘pincha darslarda о‘qituvchilar juftliklarda ishlashni tanlaydilar. Bunda о‘quvchilar bir – birlarga savol berish va ularga javob qaytarishni о‘rganadilar. О‘quvchilarga kо‘pincha, karusel kabi ishlash turi yoqadi. Bunda о‘quvchilar ikki: ichki va tashqi halqa tashkil etadilar. Tashqi halqada harakatlanmay о‘tirgan о‘quvchilar, ichki halqada, har 30 onda almashadilar. Shunday qilib, ular bir necha daqiqada bir necha mavzuni aytishga ulguradilar va hamsuhbatiga о‘zining haqligini ishontirishga harakat qiladilar.
Akvarium texnologiyasida bir necha о‘quvchilar vaziyatni doirada ijro etadilar, qolganlari esa, kuzatadilar va tahlil etadilar.
Broun harakati taklif etilgan mavzu bо‘yicha axborot izlash maqsadida о‘quvchilarni sinf bо‘yicha harakatini kо‘zda tutadi.
Yechimlar daraxti – sinf о‘quvchilari bir xil sondagi 3 yoki 4 guruhchalarga ajratiladilar. Har bir guruhcha masalani muhokama etadi va о‘zlarining «daraxti»da (vatman varog‘ida) yozadi, sо‘ngra guruhchalar joylarini о‘zgartiradilar va qо‘shnilarining “daraxt”lariga о‘zlarining g‘oyalarini yozadilar.
Kо‘pincha, «Holatni egalla» kabi interfaollikning shakli qо‘llaniladi. Bu texnologiyada qandaydir ta’kid о‘qiladi va о‘quvchilar plakat oldiga о‘zlarining «ha» yoki «yо‘q» sо‘zlari bilan kelishlari kerak. Bu yerda о‘zlarining holatlarini tushuntirishlari maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Ba’zan umumlashtiriluvchi «Sham» kabi usuldan foydalaniladi. Doira bо‘yicha yoqilgan sham uzatiladi va har bir о‘quvchi о‘qitishning turli yо‘nalishlari bо‘yicha fikrlarini bildiradilar.
О‘qituvchi va о‘quvchining interfaol ijodiyoti bitmas-tugallanmasdir. Eng asosiysi, ustalik va mohironalik bilan о‘quvchilarni qо‘yilgan о‘quv maqsadlariga erishishga yо‘naltirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |