O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli


-ilova O’quvchilarni baholash ko’rsatkichlari va mezonlari



Download 73 Kb.
bet3/3
Sana23.01.2022
Hajmi73 Kb.
#403296
1   2   3
Bog'liq
8-mavzu

1-ilova

O’quvchilarni baholash ko’rsatkichlari va mezonlari


Guruh

Baho

Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

O’tilgan mavzuni to’liq biladi

Faollik

Misollar keltira oldi

Jami




Ball

3

1

1

5

1
















2
















3

















Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari


Guruh

1

2

3

Umumiy ball

Baho

1
















2
















3















5 ball – a’lo 4 ball – yaxshi 3 ball – qoniqarli



2-ilova

O’quvchilar bilimini baholashda «Blits-so’rov» texnologiyasidan foydalanish.




Savollar

Javoblar

1.

O’zb.Res.QKning Ichki xizmat Nizomi qachon tasdiqlangan?




2.

O’zb.Res.QKning Intizom Nizomi qachon tasdiqlangan? .




3.

O’zb.Res.QKning Garnizon va qorovullik xizmati Nizomi qachon tasdiqlangan?





4.

O’zb.Res.QKning Saf Nizomi qachon tasdiqlangan?




5.

Vatanga qasamyod nima?




3-ilova

Mustahkamlash uchun savollar.

1. Harbiy nizom kim tomonidan tasdiqlanadi

2. Harbiy xizmat turlarini sanab o’ting.

3. Vatanga qasamyod nima?

4. Harbiy xizmat davrida vaqtning taqsimlanishi qanday tartibda bo’ladi.


4-ilova

Uyga vazifa.



  1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. Ertalabki yugurish va badan tarbiya.

8-Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Umumharbiy nizomlari mazmuni va uning tuzilishi,shuningdek, harbiy xizmatchilarning xizmat olib borish tartibi,ularning o’quv va kundalik faoliyati.
Tarixdan ma’lumki,buyuk sarkardalar o’z qo’shinlarini idora etishda muayyan qonun-qoidalarni joriy etishgan.Bunga misol qilib A.Temurning tuzuklarini keltirishimiz mumkin.U o’z tuzuklarining ikkinchi qismida sipohiylarni ushlab turish,ularni boshqarish masalalariga alohida e’tibor bergan.A.Temurning davlat va armiyani boshqarishdagi tajribalari dunyo mamlakatlarida keng miqyosda foydalanilgan.

Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatchilarning hayotini, kundalik turmush faoliyatini, shaxsiy shart-sharoitlarini tashkil etish, axloq normalari va harbiy intizomni mustahkamlash hamda harbiy xizmatni tashkil etish va o’tash yo’l-yo’riqlarini izga soluvchi, shuningdek, qism va bo’linmalar jangovar harakatlari asosini belgilab beruvchi rasmiy me’moriy-huquqiy hujjat – bu harbiy nizomlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo’mondoni Farmoniga binoan, 1996-yil 9-oktabrda quyidagi asosiy umumiy harbiy Nizomlar tasdiqlandi: O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat Nizomi, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom Nizomi, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmati Nizomi, 1996-yil 14-oktabrda esa, Mudofaa vazirining buyrug’i bilan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf Nizomi amalga kiritildi.

Qurolli Kuchlarning Intizom Nizomi harbiy intizomning mohiyatini, harbiy xizmatchilarning unga rioya qilish bo’yicha majburiyatlarini, rag’batlantirish va intizomiy ta’sirlarning ko’rinishlarini, komandirlar (boshliq)ning ularni qo’llash bo’yicha huquqlarini, shuningdek, taklif, ariza hamda shikoyatlar berish, ularni ko’rib chiqish tartiblarini aniqlab beradi.

Umumiy harbiy Nizomlar ichida Garnizon va qorovullik xizmati Nizomi alohida o’rin tutadi. U qorovullik xizmatini jangovar vazifani o’tash deb belgilab, xizmatni tashkil qilishva o’tash, mansabdor shaxslar hamda harbiy xizmatchilarning majburiyatlari, qo’shin ishtirokida tadbirlarni o’tkazish kabi masalalarni o’z ichiga oladi.

Saf Nizomi safda turish va yurish usullari, qurol bilan hamda qurolsiz harakat qilish, kichik bo’linma va harbiy qismlarning piyoda va mashinalarda saf tortishi, harbiy salom-alikni bajarish, saf ko’rigini o’tkazish tartibi, harbiy xizmatchilarning safga turish oldidagi, safga turishdagi majburiyatlari, ularni safda turish va yurishga o’rgatish talablari, shuningdek, harbiy xizmatchilarning jang maydonida harakatlanish usullari va dushman qo’qqisdan hujum qilgan vaqtidagi xatti-harakatlarini belgilab beradi.

O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat qurish yo’lidan bormoqda. Qurolli Kuchlarda barcha huquqiy va axloqiy normalar umumiy harbiy nizomlarda mujassamlashganligi uchun har bir harbiy xizmatchi uni yaxshi o’rganishi va rioya qilishi hamda mas’uliyat bilan bajarishi lozim.

Harbiy qismda vaqtning taqsimlanishi uning doimiy jangovar shayligi ta’minlanadigan va shaxsiy tarkib jangovar o’quvini uyushgan holda o’tkazish sharoitlari yaratiladigan, tartib, harbiy xizmatchilarning harbiy intizomi va tarbiyasi saqlanadigan, ularning madaniyati darajasi oshiriladigan, har tomonlama maishiy xizmat ko’rsatiladigan, o’z vaqtida hordiq va ovqat beriladigan darajada amalga oshiriladi.

Harbiy qism yoxud qo’shilma komandiri kun tartibini Qurolli Kuchlar xili va qo’shinlar turi, harbiy qism oldida turgan vazifalar, yil fasli, mahalliy va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda belgilaydi.

Kun tartibida tongi jismoniy mashq, ertalabki va kechki yuvinish, ertalabki ko’rik, o’quv mashg’ulotlari va ularga tayyorlanish,maxsus (ishchi) kiyimini almashtirish, ovqat yeyishdan oldin poyabzal tozalash va qo’l yuvish, ovqat yeyish, qurol aslaha va harbiy texnikaga qarov va xizmat ko’rsatish, tarbiyaviy va ommaviy sport mashg’ulotlari, shaxsiy tarkibga axborot berish, radio tinglash va teledasturlarni tomosha qilish, xastalarni tibbiyot punktida qabul qilish, harbiy xizmatchilarning shaxsiy ehtiyojlari (kamida 1 soat), kechki sayr, yo’qlama va 8 soatlik uyqu uchun vaqt ko’zda tutilgan bo’lishi lozim.

Ovqat tanovullari o’rtasida oraliq 7 soatdan oshmasligi kerak. Tushlikdan so’ng yarim soat (30 minut) mobaynida mashg’ulotlar yoxud ishlar o’tkazilmasligi lozim.

Har hafta qurol-aslaha, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalarga xizmat ko’rsatish, parklar va o’quv-moddiy inshootlarni jihozlash va obodonlashtirish, harbiy shaharchani tartibga keltirish va boshqa ishlarni bajarish maqsadida xo’jalik kuni o’tkaziladi. Ayni shu kuni, odatda, barcha xonalarni yalpi yig’ishtirish, shuningdek, shaxsiy tarkibni hammomda cho’miltirish o’tkaziladi.

Mustahkamlash uchun savollar.
1. Harbiy nizom kim tomonidan tasdiqlanadi?

2. Harbiy xizmat turlarini sanab o’ting.



3. Vatanga qasamyod nima?

4. Harbiy xizmat davrida vaqtning taqsimlanishi qanday tartibda bo’ladi?
Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish