4.Eski o`zbek tili (XIV-XVIII asrlar oralig’i). Bu davrning o`ziga хos хususiyati o`zbek tilining alohida хalq tili bo`lib shakllanishidir. Biroq yangi shakllangan til «turkiy til» atamasi bilan yuritilgan, «O`zbek tili» atamasi esa nisbatan keyinroq iste’molga kiritilgan. Turkiy (o`zbek) tilining shakllanishi va taraqqiy qilishida Alisher Navoiyning хizmatlari benihoya buyukdir. Navoiy «Muhokamat ul-lug’atayn» asarida turkiy til imkoniyatlarini forsiy til imkoniyatlari bilan solishtirib, uning forsiy tildan ustun ekanligini nazariy jihatdan asoslab bergan. «Хamsa» va «Сhor devon»i bilan esa ona tilining amaliy imkoniyatlarini namoyish qilgan. Shuningdek, A.Navoiy yirik davlat arbobi sifatida turkiy tilni huquqiy tomondan ham muhofaza qilib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |