Elektr chirog‘i iste’mol qiladigan tok quvvatini berilayotgan
kuchlanishga bog‘liqligini o‘rganish Ishning maqsadi: voltamper xarakteristika (kuchlanish va tok kuchi orasidagi bog‘lanish)dan foydalanib, cho‘g’lanma lampa tolasi iste’mol qiladigan quvvatni aniqlash.
Kerakli asbob va jihozlar: 1. O‘zgaruvchan tok manbayi. 2. Cho‘g‘lanma elektr chirog‘i. 3. O‘zgaruvchan tok ampermetri. 4. O'zgaruvchan tok voltmetri.
5. Sirpanuvchi kontaktli reostat. 6. Kalit. 7. Ulash simlari.
Nazariy qism Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalarga osonlik bilan aylanishi mumkin. Elektr toki energiyasining boshqa turdagi energiyalarga aylanishining o‘lchovi sifatida elektr tokining ishi xizmat qiladi. Agar elektr zanjirida EYUK manbayi bo‘lmasa, zanjirda sarflangan elektr energiya iste’molchi o‘tkazgichining ichki energiyasiga aylanadi.
Aktiv qarshilikli o‘zgaruvchan tok zanjirida butun energiya issiqlikka sarflanadi. Aktiv qarshilikli o‘zgaruvchan tok zanjirining bir qismiga oid Om qonunini yozishda tok kuchi va kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymatlari olinadi, ya’ni (1)
Bu yerda, I — tok kuchining ta’sir etuvchi qiymati;
U — kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymati;
R — zanjirning olingan qismining aktiv qarshiligi. Aktiv qarshilikli o‘zgaruvchan zanjirida tokning quvvati
1-rasm. Cho'g'lanma lampatolasi iste’mol qiladigan quvvatnianiqlash uchun elektr zanjiri.
Р = IU(2)
ga teng. Aktiv qarshilikli o‘zgaruvchan tok zanjirida tokning o‘rtacha quvvatining qiymati tok kuchi va kuchlanishining ta’sir etuvchi qiymatlarining ko‘paytmasiga teng.
O‘zgaruvchan tok zanjiridagi ampermetr va voltmetr tok kuchi va kuchlanishining ta’sir etuvchi qiymatlarini ko‘rsatadi.
Ishni bajarish tartibi 1-rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha elektr zanjiri tuziladi.
K kalit yordamida elektr zanjiri tok manbayiga ulanadi. Reostatning sirpanuvchi kontaktini surish yordamida qarshiligini oshirib borib ampermetr bilan tok kuchining I = 0,1 A ga teng qiymati olinadi va ayni vaqtdagi voltmetrning ko‘rsatkichi yoziladi. Qarshilikni biroz kamaytirib, tokning I2 = 0,2 A qiymatiga mos keluvchi voltmetrning U2 qiymati yozib olinadi.
Xuddi shu tartibda qarshilikni tegishlicha kamaytirib 0,1 A qadam bilan 10 marta o‘lchash o‘tkaziladi va har gal l va U larning qiymatlari
1-jadvalga yozib boriladi.
(2) formula yordamida har qaysi tajribadagi elektr chirog‘i iste’mol qiladigan tok quvvatining qiymati hisoblanadi va natijalar 1-jadvalga yoziladi.
Iste’mol qilinayotgan tok quvvati, P elektr chirog‘iga berilayotgan kuchlanish U ning qiymatlaridan foydalanib P ning U ga bog‘lanish grafigi chiziladi. Shu maqsadda abssissa o‘qiga kuchlanish qiymatlari, ordinata o‘qiga esa quvvat qiymatlari qo‘yiladi.
1-jadval
Tajribalar
Tok kuchi, I (A)
Kuchlanish, U (V)
Quvvat, P (Vt)
1
2
3
…
12
Nazorat savollari
Elektr energiyasini qanday turdagi energiyalarga aylantirish mumkin?
Elektr energiyasining boshqa energiyaga aylanishining o‘lchovi sifatida nima uchun tokning bajargan ishi xizmat qiladi?
Zanjirning bir qismi uchun Om qonunini ta’riflang.
To‘la zanjir uchun Om qonunini ta’riflang.
O‘zgaruvchan tokda tok kuchi va kuchlanishning effektiv qiymatlari qanday aniqlanadi?
O‘zgaruvchan tok zanjirida to‘liq zanjir uchun Om qonunining ifodasi qanday yoziladi?
Metallar elektr qarshiligining tempcraturaga bog‘liqligi nima bilan tushuntiriladi?
Qarshilik o‘zgarishining termik koeffitsientining fizik ma’nosini tushuntiring.
Bu tajribada o‘lchash xatoliklarining asosiy manbalari nimalar deb hisoblaysiz?
Tajribada o‘lchash aniqligini oshirish uchun qanday usullardan foydalanish mumkin?
O‘tkazgich qarshiligi o‘tkazgichning qanday parametrlariga bog‘liq?
Metallar elektr o‘tkazuvchanligining klassik elektron nazariyasining mohiyati va asosiy xulosalari haqida gapiring.
Volfram tolaning sovuq holatdagi qarshiligi qanday aniqlanadi?
Volfram tolaning qizigan holatdagi qarshiligi qanday aniqlanadi?
Volfram tola qarshiligining sovuq holatdagi termik koeffitsientining son qiymati nechaga teng?
Voltamper xarakteristika deganda nimani tushunasiz?