Kompyuter va san’at Kompyuterning san’atga qanday aloqasi bor? Kompyuterlar aniq programma asosida ishlaydi. San’at esa — bu ijod, fantaziyadir. Lekin bu sohada xam kompyuter ijod ahliga yordam berishi mumkin. Kompozitor musiqa yaratishda kompyuterdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichik royal yoki elektroorgan yordamida kompyuterga ulanib yozayotgan musiqa notalarini ekranda ko’rib turgan xolda yangi asar yaratishi va shu yerning uzida, shu onda eshitib ko’rishi xam mumkin.
Kompyuterlar rassomlarga xam xub yokib kolgan. Kompyuter grafikasi bo’yicha birinchi ko’rgazma 1956 yili utkazilgan. Тurli eskizlar, chizmalar va rasmlar chizishda rassomlar kompyuterdan foydalanib kelmoqdalar.
Bundan tashqari, kino va televideniyeni xam kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi davrda turli joylarda, mintaqalarda, xatto qit’alarda yashaydigan insonlar ishtirokida telekonferensiyalar o’tkazish an’anaga aylanib qolmoqda.
Ta’lim sohasida AKT ta’lim jarayonida AKTdan foydalanib darslarni tashkil etish o`quvchilarga bilim berishda eng samarali vosita hisoblanadi. Har bir darsni o`ziga xos pedagogik texnalogiyalardan foydalanib AKT asosida tashkil qilinsa o`quvchi uchun bu mavzu eng esda qoladigan mavzu hisoblanadi. Buning uchun har bir darsga alohida tayyorgarlik ko`rishimiz lozim. O`tilgan mavzuni so`rash uchun masalan multimediya mahsulotlari asosida test yoki bir necha savollar berilib to`g`ri javob aytilganda o`quvchini rag`batlantiradigan qarsaklar yoki biror bir musiqa orqali olqish berilsa o`quvchida darsga qiziqish yanada ortadi. Yangi mavzuni tushintirish jarayonida esa, elektron darsliklardan foydalangan holda yoki bir nechta taqdimotlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi . Ayniqsa , taqdimotlarning to`g`ri tanlanishi rasmlardan foydalanib ushbu rasmlar harakati o`ziga xos shaklda namoyon bo`lsa nur ustiga a’lo nur bo`ladi.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash qismida esa , AKT asosida tayyorlangan biror pedagogic texnalogoya o`quvchini diqqatini jalb qilmasdan qolmaydi. O`quvchini baholashda ham bu metodlar juda qulay hisoblanadi . O`quvchini har bir darsda baholab borish mumkin. Bu esa o`quvchini darsga alohida tayyorgarlik bilan kelishga undaydi. O`ylaymanki bunday tashkil qilingan darsda o`quvchini diqqatini darsdan tashqari biron nima jalb qila olmaydi. Bunday darsni tashkil qilish uchun avvalombor har bir fan o`qituvchisi AKT bilan ishlashni yaxshi bilishi lozim. Hech bo`lmaganda o`qituvchi kompiyuter qurilmalari bilan hamda offis dasturlarida bemalol ishlay olishi kerak .