O‘quv jarayoni me’yoriy ish hujjatlari.
Quyida o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda zarur bo‘ladigan bir nechta hujjatlarning shakllarini keltirib o‘tamiz:
- namunaviy o‘quv reja shakli;
- tanlov fanlari katalogi shakli;
- talabaning shaxsiy o‘quv rejasi (curriculum) shakli;
- ishchi o‘quv reja shakli;
- ishchi o‘quv dasturi (syllabus) shakli;
- kafedra o‘quv yuklamasi shakli;
- dars jadvali shakli;
- o‘qituvchining dars jadvali shakli;
- talabaning shaxsiy dars jadvali shakli;
- o‘qituvchining shaxsiy ish rejasi shakli.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
TANLOV FANLARI KATALOGI
Yo‘nalish: 5320400 – Kimyoviy texnologiya (organik moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha)
Gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar (HNSD)
PHIL - Media Philosophy (Media-falsafa) – 6 kredit
Media-falsafa asoslarini, undan foydalanish tamoyillarini, turli medialar (yozuvdan to sun’iy intellektgacha) ning xususiyatlariga ta’sir qilishni o‘rgatadi. Dastur quyidagi mavzularni qamrab olgan: media-falsafa; media – inson imkoniyatlarining kengayishi; tele ko‘rsatuvlar madaniyatida simulyatsiya va reallik; ommaviy madaniyatda ijtimoiylik; raqamli madaniyat va postkolonializm; madaniyatni raqamlashtirish va sun’iy intellekt; kino, mafkura va tanqid; raqamli ommaviy axborot vositalari va madaniy tafovutlar; panoptikum va sun’iy intellekt; gipermatnlilik; kompyuter o‘yinlari; mobil ommaviy axborot vositalari; reklama falsafasi; sun’iy intellekt etikasi; media-falsafa barqaror rivojlanish asosi sifatida; singulyarlik va ustunlik.
Umumkasbiy fanlar (GPRD)
TENT - Technology Entrepreneurship (Texnologik tadbirkorlik) – 6 kredit
Startapni rivojlantirish uchun texnologik bilimlar va tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘zaro bog‘lagan holda tadbirkorlikning tayanch ko‘nikmalarini o‘rgatadi. Dastur quyidagi mavzularni qamrab olgan: tadbirkorlik, ijodkorlik va texnologiyalarga kirish (texnologik tadbirkorlik asoslari, texnologik biznesda tadbirkorlikdagi yetakchilik, shaxsiy tadbirkorlik modeli); biznes texnologiyasida ijodkorlik va impovizatsiya manbalari (biznes texnologiyalaridagi kreativlik, tadbirkorlar jamoasini yaratish, guruhda ishlash); biznes-dizayn texnologiyasi (ilk biznesni rivojlantirish metodologiyasi, biznes-model ishlab chiqish, biznes-modelni tekshirish, biznesni texnologik moliyalashtirish, texnologik tadbirkorlikda intellektual mulk aspektlari, investorlarga biznes-modelni jo‘natish).
Do'stlaringiz bilan baham: |