O`quv jarayonida o`yinning ahamiyati.
M a`lumki har bir bolaning hayotida o`yin muhim ahamiyatga ega. Bolalarning eng sevimli mashg`uloti o`yin bo`lib, ular har qanday mashg`ulotni o`yin bilan bog`lashga harakat qiladilar. O`quvchilarga o`rganiladigan mavzularni qiziqarli qilib o`tib ularga chuqurroq bilim berishimiz lozim. Lekin hamma o`quv materialllari ham o`quvchilar uchun qiziqarli bo`lavermaydi. Bunday hollarda o`quvchilarni ta`lim jarayoniga qiziqishlarini oshirishning birdan-bir yo`li didaktik o`yinlardan foydalanish va ularni tashkil etishdir.
O`quvchilarni sevimli mashg`ulotlaridan to`g`ri foydalanib ta`lim samaradorligini oshirishimiz mumkin. Turli hil didaktik o`yinlar orqali bolani darsga qiziqtirib dars jarayonini tashkil qilishimiz, ularni faolligini oshirishimizga hizmat qiladi. Darslarda didaktik o`yinlar tashkil etish orqali, o`quvchilarni zehnini o`stirish, tezkorlikka, faollikka, o`z fikrini ifoda eta olishga o`rgatamiz. Olimlar o`tkazgan tajriba shu narsani isbotlaganki, o`yin kichik maktab yoshidagi o`quvchi bolalarning hayotiy ehtiyojidir.
Didaktik o`yin- ta`lim beruvchi usul bo`lib, bu usul muayyan ta`limiy maqsadlarga erishuvga ya`ni o`tilgan o`quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqur o`rganishga qaratilgan bo`ladi. Har bir didaktik o`yinni o`tkazishda biror-bir vazifa maqsad qilib olinadi. Masalan: “Raqamlash” o`yini orqali yashiringan so`zni, raqamlarni alifbodagi harflarni raqami kabi o`z o`rniga qo`yish orqali yashiringan so`zni topish topshirig`i qo`yiladi. Bu o`yin maqsadi o`quvchilarni faoligini oshirish, harflar joylashuvini bilish, o`tilgan mavzuni mustahkamlash, didaktik o`yinlar jarayonida o`quvchilar o`quv qoidalariga rioya qilishga o`rganadilar. Inoqlik his-tuyg`ulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi. Ta`lim jarayonida didaktik o`yinlarni bolalarning qiziqishlariga ko`ra tashkil etish kerak. Bu esa ularga bilim berishimizni yengillashtirishga qaratilgan bo`lib, o`quvchilarni zeriktirmaslik va diqqatlarini jalb etish imkoniyatini yaratadi. Didaktik o`yinlarni xilma-xil tarzda tashkil etishimiz mumkin. Turli geometrik shakllardan, rasmlardan, meva shakllaridan shakllardan, o`yinchoqlardan, kubiklardan ham foydalanish mumkin. . Didaktik topshiriq darsga qo`yiladigan umumiy maqsadni bir qismini tashkil etadi. Har bir didaktik o`yinning ham, har qanday o`yindagi singari qoidalari bo`ladi. O`qituvchining o`quvchilarga o`yinning qanday o`ynalishi haqida tushuncha berib, o`yinning qoidasi, mazmuni, yakuni nimadan iborat ekanligini tushuntirib. o`yin yakuniga yetgach esa kim g`olibligini aniqlab berishi lozim.. O`yin jarayonida har bir o`quvchi faol qatnashishga, g`olib bo`lishga intiladi. Bu o`yinlar orqali o`quvchilarning aqliy qobiliyatlari har tomonlama o`sadi, ularning atrof- tevarak haqidagi tasavvurlari kengayadi. Nutqlari o`sib boraveradi. Shuningdek tengdoshlari bilan o`ynagan o`yinlari tengdoshlariga yaqinlashtiradi.
Namangan shahar 26-sonli maktabning
boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Musabayeva Noilabonu
Do'stlaringiz bilan baham: |