O'quv ishlari bo’yicha prorektor


Mavzuga doir bilimlarni mustahkamlash uchun savollar



Download 0,7 Mb.
bet61/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Mavzuga doir bilimlarni mustahkamlash uchun savollar:


1. Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida ma’naviyatga qanday ta’rif berilgan?
2. О‘zbekiston Respublikasining yosh davlatni ma’naviy tiklash konsepsiyasida nimalar nazarda tutilgan?
3. Mustaqillik yillarida madaniy va ma’naviy merosni tiklash borasida qanday tadbirlar amalga oshirildi?
4. О‘zbekistonda ijtimoiy fikr nimalarga asoslanadi?
5. Ma’naviyatni shallantiradigan asosiy mezonlarga nimalar kiradi?


Tavsiya etilgan adabiyotlar:



  1. Mirziyoyev sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. “О‘zbekiston”, T.: 2020 y.

  2. Karimov I.A. О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: “О‘zbekiston”, 1997 y.

  3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. “Ma’naviyat”, -T.: 2008 y.

  4. Erkayev A. Ma’naviyat va rivojlanish. “Manaviyat”, - T.: 2008 y.

  5. Tursunova R.K. Xalqaro siyosiy kontineumda ma’naviy tiklanish va milliy о‘ziga xoslik (Markaziy Osiyo mamlakatlari misolida). – T.: JIDU, 2013 y.

  6. Farmonov R. Tarixiy xotira, siyosiy modernizatsiya va ijtimoiy nuqtai nazar // Fukarolik jamiyati. – T.: № 2 (10), 2007 y.

  7. Hoshimov M. О‘zbekistonning diniy bag‘rikenglik siyosati - barqarorlikning asosi. // Xalqaro munosabatlar. –T: № 3, 2007 y.

10-Mavzu: О‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga
oshirilgan islohotlar
Reja:
1. Mustaqillik yillarida ilm-fan rivoji.
2. Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimidagi islohotlar.
3. Mustaqillik yillarida oliy ta’lim va hamkorlik
aloqalari.



  1. Mustaqillik yillarida ilm-fan rivoji.

Ma’lumki, bizning buyuk ajdodlarimiz dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qо‘shganlar. IX-XV asr oralig‘ida yashab ijod etgan allomalar – Muso Xorazmiy riyoziyot ilmida, Ahmad Farg‘oniy falakkiyot ilmida, Abu Rayhon Beruniy tabiiy fanlar sohasida, Ibn Sino tibbiyot ilmida, Mahmud Zamahshariy adabiyot ilmida, Ulug‘bek falakkiyot va nujum ilmida misilsiz shuhrat qozondilar.Ularnig aksariyati IX asr Bag‘dodda, XI asr boshlarida Urgenchda tashkil topgan о‘z davrining mushhur akademiyalarida xizmat qilganlar. Shuningdek, Buxoro, Samarqand, Xiva, Marv, Toshkent kabi shaharlar Movarounnahrdagi ilm-fan markazlari sifatida butun musulmon dunyosida ma’lum va mashhur bо‘lgan.
Bu an’ana xonliklar va mustamlaka davrida ham davom etdi. Xususan, tarix fani sohasida Abulg‘ozi Bahodirxon, M.R.Ogahiy, Muhammad Solih, Muhammad Yusuf Bayoniy, Ahmad Donish va boshqalar samarali ijod etdilar. SHо‘rolar hukmronligi yillarida esa, о‘zbekistonlik olimlardan – T.N.Qori Niyoziy, T.A.Sarimsoqovlar matematika, H.M.Abdullayev geologiya, I.Mо‘minov falsafa, O.S.Sodiqov ximiya, H.Sulaymonov filologiya, Y.G‘ulomov arxeologiya, B.Ahmedovlar tarih sohasida katta yutuqlarga erishdilar.
Mustaqillik yillarida ham о‘zbekistonlik olimlar respublika ilm-fanini yangi tadqiqotlar, ilmiy kashfiyotlar, innovatsion ishlanmalar va ixtirolar bilan boyitmoqdalar va jahon ilm-fani ravnaqiga munosib hissa qо‘shib kelmoqdalar.
1992 yilning 8-iyulida Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan imzolangan “Ilm-fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash tо‘g‘risida”gi farmon va Vazirlar Mahkamasining mazkur farmon ijrosini ta’minlashga yо‘naltirilgan qarori respublika ilm-fani taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. Shu munosabat bilan, Respublika Fanlar akademiyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib etuvchi va tarqatuvchi innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. Shuningdek, Prezident farmoni bilan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya komissiyasining tashkil qilinishi bilan Fanlar akademiyasining mavqei yanada oshdi. 1997 yilning 1-yanvar holatiga kо‘ra, О‘zbekiston Fanlar akademiyasida 8 ta bо‘lim, 135 ta akademik, 156 ta Fanlar akademiyasining muxbir a’zolari faoliyat kо‘rsatgan.
Respublikada ilm-fanni sohasini rivojlantirish maqsadida Fanlar akademiyasining faoliyati yanada takomillashtirildi, shu munosabat bilan, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki Ishlar vazirligi qoshida Ichki Ishlar akademiyasi, Toshkent Tibbiyot akademiyasi, Nukus va Samarqandda Respublika Fanlar akademiyasining bо‘limlari ochildi.
1997 yil 11-noyabrda Prezidentning “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish tо‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq О‘zbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon hamjamiyatidagi о‘rnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda iste’dodli va fidoyi olimlarni qо‘llab-quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an’analarni rivojlantirish maqsadida Xorazmda Ma’mun akademiyasi qayta tiklandi. Akademiya qoshida arxeologiya, tarix, falsafa, til va adabiyot, biologiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi bо‘limlar tashkil etildi. Akademiya olimlari tomonidan tez orada “Quyi Amudaryo mintaqasi tuproqlarining suv-tuz rejimini yaxshilaydigan tizimlarni ish maromini boshqarish usullarini ishlab chiqish”, “Xorazm sharoitida chorvachilikni mо‘tadil ozuqaviy bazasini yaratish va tuproq unumdorligini oshirish maqsadida sug‘oriladigan yerlarda makkajuxori va boshqa ozuqaviy ekinlar ekib samarali foydalanish”, “Xorazm vohasining ekologik holati va uning aholi salomatligiga ta’siri”, “Xorazm me’moriy obidalarning fizik va biologik ta’sirlardan himoya qilishning ilmiy asoslangan uslublarini ishlab chiqish” mavzularida, shuningdek, Xorazm mintaqasida sivilizatsion jarayonlar va davlatchilik tarixi masalalari bо‘yicha ilmiy izlanishlar boshlab yuborildi va davom ettirilmoqda. 2006 yil noyabrda Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda Ma’mun akademiyasi tashkil topganligining 1000 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bо‘lib о‘tdi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari nafaqat Fanlar akademiyasi institutlarida, balki xalq xо‘jaligining turli tarmoqlarida, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida, ilmiy markazlarda va oliy о‘quv yurtlarida ham olib boriladi.
Mustaqillik yillarida xalq xо‘jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ayrim ilmiy-tadqiqot institutlari tugatildi va turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. 1995 yili Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Fanlar akademiyasining yangi Nizomi tasdiqlandi. Oradan besh yil о‘tgach – 2000 yilning 9-iyunida Vazirlar Mahkamasining 233-sonli “О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining samarali rivojlanishini ta’minlash tо‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Unda О‘zbekiston ilmiy salohiyatini mustahkamlash, respublikada fundamental tadqiqotlarni yuqori darajada tashkil etish va samarali boshqarish, fan va texnika sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, Fanlar akademiyasi faoliyatini ilg‘or andozalar asosida va mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida rо‘y berayotgan islohotlar va erkinlashtirish jarayoniga keng kо‘lamda muvofiqlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari faoliyatini rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish maqsadlari kо‘zda tutildi.
Yurtimizda ilm-fan sohasini rivojlantirishga о‘zining katta hissasini qо‘shgan olimlarni taqdirlash maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining al-Xorazmiy, Z.M.Bobur nomidagi oltin medallari ta’sis etildi. Hozirda О‘zbekiston Respublikasi ilmiy-tadqiqot kompleksi 362 ta institutni birlashtiradi.Ular orasida 101ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 55 ta oliy о‘quv yurtlarining bо‘limi, 65 ta ilmiy loyiha tashkilotlari, 32 ta ilmiy -ishlab chiqarish birlashmalari, 30 ta ilmiy axborot markazlari mavjud.
Respublikada 46 mingga yaqin kishi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ularning orasida 2,8 ming fan doktori, 16 ming 100 dan ortiq fan nomzodlari bor. Ilm-fanning 20 dan ziyod yо‘nalishida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlanmoqda. О‘zbekistonlik olimlarning polimerlar ximiyasi, fizika-yadro, meditsina, matematika, geologiya, seysmologiya, molekulyar genetika va materiyaning fizik-kimyoviy tarkibini kompleks о‘rganish sohasidagi izlanishlari tahsinga loyiq.
Mustaqillik sharofati bilan о‘zbekistonlik olimlarning ilm-fan sohasida xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy hamkorligi va aloqalari yanada kuchaydi. Masalan,О‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, Toshkent Sharqshunoslik universiteti va boshqa о‘quv yurtlari tadqiqotchilari AQSH, Yaponiya va Yevropaning yetakchi universitetlari olimlari bilan birgalikda ishlamoqdalar. Kitobdagi Ulug‘bek nomli ilmiy staniya olimlari esa, AQSH, Italiya va Yaponiya olimlari bilan xalqaro loyihalarda faol ishtirok etmoqdalar. Respublika Fanlar akademiyasining Matematika instituti olimlari 1995 yildan buyon Fransiya universiteti qoshidagi matematika markazining tadqiqotchilari bilan hamkorlik qilib kelmoqdalar. Bir vaqtning о‘zida AQSH, Angliya va Gollandiyada ikki tomonlama tahrir qilingan maqolalar va ma’ruzalar nashr etilmoqda. Yaponiya arxeologlari Surxondaryoda, Sidney universiteti olimlari Qoraqalpog‘istonda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2016 yil 29-dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish tо‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy texnologik sohani yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, Fanlar akademiyasi a’zolari tarkibini fanning ustuvor yо‘nalishlarida olib borayotgan faol ilmiy-tadqiqot izlanishlari natijalari bilan respublika va xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan taniqli olimlar hisobiga kengaytirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish va yangi maktablar yaratilishini ta’minlash maqsadida 32 ta olim О‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlandi.
Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoyev 2016 yil 30- dekabr kuni ilm-fan vakillari bilan bо‘lgan uchrashuvi chog‘ida ”...bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga kо‘tarishni talab qilayotganini, zotan, jamiyat oldida turgan dolzar masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin ekanligini ta’kidlab” о‘tdi va “mazkur sohani qо‘llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalardir”, deya qayd etdi.
Uchrashuvda:
-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirsh;
-mavjud ilmiy salohiyat va mablag‘larni iqtisodiyot tarmoqlaring buyurtmalari va muayyan muammolarini yechishga qaratilgan eng muhim ustuvor tadqiqotlarga yо‘naltirish;
-jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish;
-yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashda birinchi bosqich – maktab ta’limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta’minlash;
-Akademiklar shaharchasida erkin iqtisodiy hudud maqomiga ega bо‘lgan Innovatsion markaz tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Dunyo miqyosida ilm-fanga bо‘lgan e’tibor bundan buyon ham kuchayib boraveradi. Bu tabiiy, albatta. Chunki 21 asr – ilm-fan, intellektual salohiyat asri. Mamlakatning iqtisodiy-madaniy jihatdan yuksalishi ilm-fan ravnaqiga bog‘liq. Shu munosabat bilan Prezident SH.Mirziyoyev 2019 yilning may oyida О‘zbekiston Milliy Universitetida oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan bо‘lgan uchrashuvda ushbu soha vakillari oldiga ilm-fanni rivojlantirsh bо‘yicha dolzarb vazifalar qо‘ydi, shuningdek, uchrashuvda olimlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, ularni uy-joy bilan ta’minlash, oylik maoshlarini oshirish bо‘yicha takliflar bildirdi. Darhaqiqat, har bir ishlab chiqarish sohasida tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari, konstruktorlik byurolari, tajriba-ishlab chiqarish va innovatsion markazlar bо‘lishi maqsadga muvofiqdir. Biz mamlakatda investitsiyalarni faqatgina iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki ilmiy ishlanmalar – “nou-xau”lar sohasiga ham keng jalb qilishimiz kerak.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish