O'quv ishlari bo’yicha prorektor



Download 0,7 Mb.
bet73/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Jami

570

2433,1

Nukus shahri

84

97,6

Nukus tumani

44

37,8

Amudaryo tumani

39

30,2

Beruniy tumani

39

42,6

Qonlikul tumani

31

13,6

Qoraо‘zak tumani

37

1841,4

Kegeyli tumani

23

7,6

Qо‘ng‘irot tumani

39

81,1

Mо‘ynoq tumani

33

5,3

Taxtakо‘pir tumani

20

20,0

Tо‘rtkо‘l tumani

36

41,4

Xо‘jayli tumani

32

109,9

Chimboy tumani

16

29,6

Shumanay tumani

25

16,3

Ellikqal’a tumani

72

58,6

Shu о‘rinda ta’kidlash joizki, 2021 yilga qadar energetika sanoatida yirik loyihalardan biri bо‘lgan Xо‘jayli tumanida joylashgan “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi”da rejalashtirilgan jami 678,2 mln. dollarlik investitsiya kiritish hisobiga, qо‘shimcha quvvati 230-280 MVt li 2 ta bug‘-gaz qurilmalarini qurish orqali modernizatsiya ishlari yakunlanadi. Bu Nukus shahri, Amudaryo, Beruniy, Tо‘rtkо‘l, Xо‘jayli va Qо‘ng‘irot tumanlaridagi 100 tadan ziyod sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish uchun imkon beradi.
Xususan, 2017–2021 yillar davomida:
– Koreyaning “Samsung injiniring” kompaniyasi bilan birgalikda umumiy qiymati 300,0 mln. dollarni tashkil etuvchi “Yangi piroliz uglevodorodlari zavodini qurilishi (distillyat piroliz – “О‘z Kor Gaz Kemikal” QK)” loyihasi amalga oshirilishi hamda buning natijasida 200 tadan ziyod yangi ish о‘rinlari tashkil etilishi mо‘ljallanmoqda;
– qiymati 232,0 mln. dollardan iborat bо‘lgan “Surgil konini joylashtirish (II –bosqich)” hamda qiymati 293,94 mln. doll. tashkil etuvchi “Sharqiy Berdaq va Shimoliy Berdaq konlarini siquv kompressor stansiyasi qurish orqali qayta joylashtirish” loyihalari amalga oshiriladi;
– “О‘zfarmsanoat” konserni ishtirokida Nukus shahrida “Nukus med tex” MChJ va “Mustafo farm” MChJda infuzion sistema, insulin shpritslari, jarrohlik lateks qо‘lqoplari va boshqa mahsulotlar tayyorlash loyihalari foydalanishga toshirilib, 300 dan ziyod yangi ish о‘rinlari yaratiladi;
– Kegeyli tumanida “О‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi ishtirokida gо‘shtni qayta ishlash orqali dudlangan gо‘sht va baliq konservalari tayyorlash loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda;
– “О‘zqurilishmateriallari” AJ ishtirokida Qoraо‘zak tumanida “Karakalpak Sement” MChJda sement ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirilib, 200 ta yangi ish о‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda;
– “О‘zbekengilsanoat” AJ ishtirokida Chimboy tumanida “Asaka bank” ATB imtiyozli kreditlari hisobiga ip-kalava bо‘yash, trikotaj mato va tayyor tikuvchilik mahsulotlari, Beruniy tumanida “Jayhun daryo tekstil” MChJda TIF “Milliy bank” imtiyozli kreditlari hisobiga ip-kalava, bо‘yalgan ip-kalava va paypoq mahsulotlari, Xо‘jayli tumanidagi “Elit star tekstil” MChJda “О‘zsanoatqurilishbank” ATB imtiyozli kreditlari hisobiga ip-gazlama mahsulotlari, Tо‘rtkо‘l tumanidagi “Tо‘rtkо‘l asaka tekstil” MChJda “Asaka bank” ATB imtiyozli kreditlari hisobiga ip-kalava va trikotaj mato kabi eksportbop tekstil mahsulotlarini tayyorlash rejalashtirilib, buning hisobiga jami 1200 tadan ziyod ish о‘rinlari yaratilishi kо‘zda tutilmoqda.
Shu о‘rinda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish maqsadida 2017–2021 yillarda jami 38 ta loyiha amaliyotga tatbiq etilib, 55,4 mlrd. sо‘mlik import о‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. О‘z navbatida yuqoridagi loyihalarning bajarilishi hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga qaratilayotgan e’tibor natijasida kelgusi besh yilda yengil sanoat sohasi – 22,0 foiz, oziq-ovqat sanoati – 32,0 foiz, qurilish sanoati – 12,0 foiz, kimyo va neft kimyosi sanoati – 23,0 foiz hamda mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati – 13,0 foizga о‘sishiga zamin yaratiladi.
Yuqorida ta’kidlangan amaliy chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida har bir tuman va shaharning sanoat sohasidagi mavjud zaxiralaridan tо‘laqonli foydalanish orqali hududning neft-kimyo, qurilish materiallari, chorvachilik va qishloq xо‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash kabi yо‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilishi kо‘zda tutilmoqda. Umuman olganda, Qoraqalpog‘istonning 2017–2021 yillardagi sanoat salohiyatini rivojlantirish bо‘yicha jami 880 ta, qiymati 2,9 tlrn. sо‘m bо‘lgan loyihalarni amaliyotga tatbiq etish belgilangan bо‘lib, iste’mol mollarini tayyorlash hajmini 2016 yilda kutilayotgan 1236,5 mlrd. sо‘mdan 2021 yilda 2058,5 mlrd. sо‘mgacha yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu esa о‘rtacha aholi jon boshiga hisoblaganda sanoat mahsulotlari hajmini 2016 yilda kutilayotgan 2249,5 ming sо‘mdan 2021 yilda 3872 ming sо‘mgacha о‘sishini ta’minlashi mо‘ljallanmoqda.
Shu bilan birga, kelgusida quyidagi asosiy vazifalarning ijrosini ta’minlashga ham alohida e’tibor berilishini maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Birinchidan, mintaqa sanoatining texnologik darajasini yangi bosqichga kо‘tarish maqsadida mahalliy xomashyo va zaxiralarni chuqur qayta ishlash asosida sanoat ishlab chiqarishida ikki va uch bosqichli jarayonlarni rivojlantirish lozim bо‘ladi. Hozir mintaqada mavjud quvvatlar, asosan, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashga yо‘naltirilgan iqtisodiyotning birlamchi ishlab chiqarish sektoriga mansub quvvatlardir. Yuqori qо‘shimcha qiymatga ega, sifatli, raqobatbardosh va eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish ulushi pastligicha qolmoqda.
Ikkinchidan, hududning innovatsion-investitsiya faolligini yanada oshirish. Bu borada Qо‘ng‘irot sanoat hududida mahalliy mavjud xomashyoni chuqur qayta ishlash bо‘yicha yangi texnologik g‘oyalarga asoslangan loyihalarni kо‘paytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sohani rivojlantirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, yiliga 10 ta, ya’ni besh yil mobaynida 53 ta sanoat loyihalarini amaliyotga tatbiq etish tuman salohiyati uchun yetarli emasligini ta’kidlash joizdir. (2017 yilda 16 ta, 2018 yilda 11 ta, 2019 yilda 3 ta, 2020 yilda 15 ta va 2021 yilda 8 ta).
Uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida sanoat, qishloq xо‘jaligi, tibbiyot, transport va boshqa sohalarda yuqori talabga ega qо‘shimcha hamda yordamchi tarmoqlarni rivojlantirish lozim bо‘ladi. Bu hudud ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilish, mintaqaning industrial rivojlantirish imkoniyatini oshiradi.
Uchinchidan, mintaqaning shimoliy tumanlari (Mо‘ynoq, Qо‘ng‘irot, Qonlikо‘l, Shumanay, Qoraо‘zak, Chimboy) imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda noan’anaviy sohalar, jumladan, farmatsevtika va parfyumeriya sanoati uchun qizilmiya ildizi yetishtirish va uni qayta ishlash, plankon organizmli (artemiya) maxsus suv havzalarini tashkil etish asosida hudud eksport imkoniyatlarini yanada oshirishga e’tibor qaratish lozim.
Davlatimiz rahbari 2017 yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonda bо‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bо‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. О‘tgan vaqt mobaynida ular tо‘la amalga oshirildi. Tashrif yakunlariga kо‘ra, ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard sо‘mga yaqin 242 ta loyiha bajarildi. Bu qariyb 4 mingta ish о‘rni tashkil etish imkonini berdi. Misol uchun, Qoraо‘zak tumanidagi “Qoraqalpoq sement” korxonasida birinchi bosqichda yiliga 200 ming tonna sement, Nukus shahridagi “Texnik global” korxonasida “Samsung” brendi ostida yiliga 150 ming dona televizor, “Nukus polimer” korxonasida yiliga 8 ming tonna polietilen truba va xо‘jalik buyumlari ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yildi.
Tо‘rtkо‘l tumanidagi “Vegateks global” korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda.
Qoraqalpoq eli uchun nihoyatda muhim va dolzarb masala bо‘lgan ichimlik suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. Shuni inobatga olib, qisqa vaqt davomida 101 kilometrlik “Qо‘ng‘irot-Mо‘ynoq” suv quvuri va “Qо‘ng‘irot” suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Mо‘ynoq tumanidagi 25 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari, investitsiya dasturiga muvofiq byudjet mablag‘lari va Orolbо‘yi hududini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mavjud suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va yangilandi. Shu tariqa 35 ta aholi punktida 50 mingdan ziyod odam ichimlik suvi bilan ta’minlangani bu boradagi ishlarning izchil davomi bо‘ldi.
Nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun mamlakatimizning faxri bо‘lgan, dunyoda “Sahrodagi Luvr” deb shuhrat qozongan I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi.
Qoraqalpoq davlat о‘lkashunoslik muzeyi binosi, О‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i, zamonaviy imkoniyatlarga ega bо‘lgan yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jome masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Bunday о‘zgarishlar barcha tumanlarda, qishloq va ovullarda rо‘y berdi. Hudud iqtisodiyoti rivojlandi, aholi turmush darajasi oshdi. Eng muhimi, odamlar buni о‘z hayotlarida sezmoqda.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish