Internet saytlari 1.http://www.kutubxona.uz
2.http://www.literature.uz
3.http://www.ziyonet.uz
4.http://www.alishernavoiy.uz
Testlar
Aruz vazni o`zbek adabiyotda ilk bor kimning ijodida uchrayd?
A. Yusuf Xos Hojib ijodida.
B. Lutfiy ijodida.
C. Atoiy ijodida.
D. Gadoiy ijodida.
Misralardagi hijolar qisqa-cho`ziqligi bir xil bo`lishiga, ya’ni sifati bir xilligiga, ayni damda, soni tengligiga asoslangan vazn.
A. Aruz vazni.
B. Erkin vazn.
C. Barmoq vazni.
D. Sillabik vazn.
Taqti’da qaysi vazn berilgan? fo`ilotun / fo`ilotun / fo`ilotun,
fo`ilotun / fo`ilotun / fo`ilotun.
A. Ramali musaddasi solim.
B. Ramali musaddasi mahzuf.
C. Hazaji musaddasi solim
D. Hazaji musaddasi mahzuf.
Birinchi misradagi oxirgi ruknning nomi nima deb ataladi?
A. Aruz.
B. Ajuz.
C. Ibtido.
D.Sadr.
Birinchi misradagi birinchi ruknning nomi nima deb ataladi?
A. Sadr.
B. Ajuz.
C. Ibtido.
D. Aruz.
Ikkinchi misradagi birinchi ruknning nomi nima deb ataladi?
A. Ibtido.
B. Ajuz.
C. Aruz.
D. Sadr.
Ikkinchi misradagi oxirgi ruknning nomi nima deb ataladi?
A. Zarb yoki ajuz.
B. Aruz.
C. Ibtido.
D.Sadr.
Kim “Qur’oni karim” da, “Hadisi sharif”da aruz ohanglari borligi uchun aruz vazni haqidagi fanni sharif fan, deb hisoblaydi?
A. Alisher Navoiy.
B. Atoulloh Husayniy.
C. Bobur.
D. Fitrat.
Misralardagi hijolarning ma’lum tartibda guruhlanib kelishiga nima deyiladi?
A. Rukn va turoq.
B. Turoq.
C. Rukn.
D. Ritm.
Qaysi vazndagi she’rni turoqqa ajratish mumkin?
A. Barmoq vaznidagi she’rni.
B. Aruz vaznidagi she’rni.
C. Sarbast vaznidagi she’rni.
D. Sillabik vaznidagi she’rni.
Aruz vaznidagi she’rda eng kichik ritmik bo`lak.
A. Juzv.
B. Harf.
C. Hijo.
D. Rukn.
“Aruz” atamasi qanday ma’noda qo`llanishi mumkin?
A. B va C.
B. She’riy tizim nomi.
C. Baytdagi birinchi misraning oxirgi rukniga berilgan nom.
D. Vodiy nomi.
Bayt nima?
A. B, C va D.
B. "Ustun" degani.
C. Ikki misra.
D. Arabcha so`z bo`lib, "uy" degani.
Turkiylarda amiq va ariz bahrini kim kashf qilgan?
A. Z.M.Bobur.
B. Ahmad Taroziy.
C. Alisher Navoiy.
D. Nasriddin Tusiy.
Undosh bilan tugagan hijo qanday hijo sanaladi?
A. Asosan, cho`ziq hijo.
B. O`ta cho`ziq hijo.
C. Cho`ziq hijo.
D. Qisqa hijo.
Istehlofga uchragan hijo.
A. Cho`ziq hijo.
B. O`ta cho`ziq hijo.
C. Qisqa hijo.
D. Asosan, cho`ziq hijo.
Aruz vaznida bo`g`in nima deyiladi?
A. Hijo.
B. Rukn.
C. Misra.
D. Juzv.
Ketma-ket undosh bilan tugagan bo`g`in qanday hijo sanalishi mumkin?
A. Cho`ziq yoki o`ta cho`ziq hijo.
B. O`ta cho`ziq hijo.
C. Cho`ziq hijo.
D. Qisqa hijo.
Bayt qaysi bahrda bitilgan? Ey nasimi, subh, ahvolim diloromimg`a ayt,
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandomimg`a ayt.
A. Ramal.
B. Hazaj.
C. Rajaz.
D. Xafif.
O`ta cho`ziq hijoning taqte’si misra oxirida qanday?
A. ~
B. –V
C. V–
D. V
Paradigmasiga qarab asl rukn nomini aniqlang: – V – –
A. Fo’ilotun.
B. Mafo’iylun.
C. Mustaf’ilun.
D. Maf’uvlotu.
"Ustun", "tayanchiq" degan lug`aviy ma'noga ega atama.
A. Rukn*.
B. Turoq.
C. Misra.
D. Bayt.
Qaysi biri asl rukn?
A. Foilun.
B. Faulun.
C. Mafo’ilun
D. Fa’al.
Baytda rukn soni nechta bo`lishi mumkin?
A. Barchasi to`g`ri.
B. 6 ta.
C. 8 ta.
D. 4 ta.
Rukn va turoqning o`xshashligi.
A. Ruknda ham, turoqda ham hijolar guruhlanib keladi.
B. Turoqda so`zlar bo`linmaydi, yaxlit holida bir turoqqa tegishli bo`ladi.
C. Ruknda so`zlarni bo`lib, ikki ruknga daxldor qilish imkoniyati bor.
D. Rukn aruz, turoq barmoq vazniga daxldor ritmik birlik.
Turoqqa to`g`ri ajratilgan javobni belgilang. Mensiz yasholmaydi mana bu qalam,
Mensiz yasholmaydi bu oppoq daftar.
A. 6+5
B. 5+6
C. 2+4+4
D. 6+3+2
Nuqtalar o`rniga qaysi javob to`g`ri keladi? ...aruzda juzv (turkiy aruzda hijo)larning muayyan tartibda birikishidan hosil bo`luvchi ritmik bo`lak, juzv bilan bahr orasidagi ritmik birlik.
A. Rukn.
B. Juzv.
C. Sabab.
D.Fosila.
– – V – Taqte’ qaysi asl ruknga tegishli?
A. Mustaf’ilun.
B. Mafoiylun.
C. Axrab.
D. Muf’tailun.
Mafoilatun rukni taqte’sini belgilang.
A. V – V V –
B. V V –V V
C. – – – V
D. V V –V –
Asl bahrlarni Z.M.Bobur hechta deb aytadilar?
A. 21 ta.
B. 16 ta.
C. 19 ta.
D. 17 ta.
Asl bahrlar soni arablarda nechta?
A. 16 ta.
B. 20 ta.
C. 19 ta.
D. 18 ta.
"Bahr" so`zining lug`aviy ma'nosi.
A. Dengiz.
B. Uy.
C. Ustun.
D. Bo`lak.
Kim asl bahrlarni 19 ta deb hisoblaydi?
A. Alisher Navoiy.
B. Qays Roziy.
C. Zahiriddin Bobur.
D. Abdurauf Fitrat.
Ikki ruknli asl bahrlar coni nechta?
A. 8 ta.
B. 10 ta.
C. 7 ta.
D. 19 ta.
"O`zbek aruzi lug`ati" lug`ati muallifi kim?
A. A.Hojiahmedov.
B. A. Rustamov.
C. U.To`ychiyev.
D. S. Mirzayev.
Maf’uvlotu/ mustaf’ilun ruknlarining takroridan qaysi ikki ruknli bahr hosil bo`ladi?
A. Muqtazab*.
B. Xafif.
C. Mujtass
D. Muzori’
Fo`ilotun / mustaf’ilun ruknlarining takroridan qaysi ikki ruknli bahr hosil bo`ladi?
A. Xafif.
B. Muqtazab
C. Mujtass
D. Muzori’
Mustaf’ilun / fo`ilotun ruknlarining takroridan qaysi ikki ruknli bahr hosil bo`ladi?
A. Mujtass.
B. Muqtazab.
C. Xafif.
D. Muzori’
Mafo`iylun / fo`ilotun ruknlarining takroridan qaysi ikki ruknli bahr hosil bo`ladi?
A. Muzori’*.
B. Muqtazab.
C. Mujtass
D. Xafif.
Vaznini aniqlang: No-la-ni har / ne-cha-kim el / din ni-hon ay / lar ko`-ngil,
Se-ni so-g`in/g`ach ya- na be/xud fi g`on ay/lar ko`-ngil.
A. – V – – / – V – – / – V – – / – V –
– V – – / – V – – / – V – – / – V – *
B. – V – – / – V – – / – V – – / –
– V – – / – V – – / – V – – / –
C. – V – / – V – – / – V – – / – V –
– V – / – V – – / – V – – / – V –
D. – V – – / – V – – / – V – – / – V
– V – – / – V – – / – V – – / – V