O`quv ishlari bo`yicha prorektor D. Q. Durdiev



Download 6,6 Mb.
bet15/112
Sana31.12.2021
Hajmi6,6 Mb.
#204447
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112
Bog'liq
Diniy ekstremizm majmua 2018(0)

Tayanch so`z va atamalar: O`zbekiston, diniy ekstremizmga qarshi kurash, mafkuraviy immunitet, mafkuraviy profilaktika, mafkuraviy bo`shliq.
5.1. Ma'lumki XX asr ohiri XXI asr boshlarida Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikni qo’lga kiritgach, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy-ma'naviy jabhalarda sodir bo’lgan o’zgarishlar, jamiyat ma'naviy hayotining bir qismi bo’lgan diniy munosabatlarda ham o’z aksini topdi. Odatda, hamisha ham diniy faollikning oshishi kishilik jamiyati tarixining o’tish va burilishi davrlariga to’g’ri keladi. Aynan shu davrda avvalgi ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy tuzilmalar buzilib, yangilari tiklanyotgan bo’ladi. Markaziy Osiyo mintaqasi va uning tarkibiy qismi bo’lgan O’zbekiston Respublikasi aynan shunday o’tish davrini o’z boshidan kechirayotganligini inobatga olmoq lozim.

Наг qanday e’tiqod, shu jumladan diniy e’tiqod ham inson ma'naviyatining tarkibiy qismidir. E’tiqodsizlik inson uchun og’ir dard bo’lib, odam o’zligini yo’qotadi, unda nur o’rnini zulmat qoplab inson ruhiyati o’z yahlitligini qo’ldan boy bera boshlaydi. Aynan xalqimiz tarixidagi sho’rolar jamiyati davrida shaxsga sig’inish, terror va qatag'onchilik, turg’unlik davridagi ijtimoiy yolg'on va soxta muhit ma'naviyatimiz taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Mehnatga haq to’lashdagi adolatsizlik, boqimandalik kayfiyati, shuningdek jamiyatda ma'naviy madaniyatga kurashchan partiyaviylik, sinfiylik, vulgarateizm nuqtai nazaridan yondoshish sovet davrida milliy madaniyat va ma'naviyatning bir tomonlama rivojiga sabab bo’ldi. Bunday muhitda ahloqsizlik asosida milliy g’urur va iftixor toptaldi. SHu jumladan, islomiy diniy kitoblarni nashr qilish va foydalanish taqiqlandi. Bu esa siyosiy loqaydlik, ijtimoiy passivlik, beparvolik, hudodan qo’rqmaslik, islom dini mazmun-mohiyatini bilmaslik, umuman e’tiqodsizlik asosida kishilarni imondan uzoqlashishga olib keldi.



SHu sababli bugungi jamiyat rivojlanishining o’tish davrida ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri mustaqilligimizni mustahkamlash uchun sovet davridagi ma'naviyatimizga salbiy ta'sir qilgan holatlardan qutulish, milliy g’urur va milliy iftixorni qayta tiklash, islom diniy qadriyatlariga hurmat bilan qarash, sho’rolar davridagi singdirilgan qo’rquv to’yg’usidan halos qilish ishlarini amalga oshirishdan iborat.

Huddi shu ma'noda bizning hozirgi sharoitimizda faqat islom omili yoki islom ma'naviyatigina o’tish davrida barcha ijtimoiy ehtiyojlarni qondiraolmasligini hisobga olib, ma'naviy qadriyatlarimizni mazmunan mustaqillik talablariga moslashtirishni, islom diniy ma'naviyati bilan ilmiy asoslangan qarashlarni uyg’unlashtirishni taqazo etadi. Bugungi sharoitda islomga faqat diniy, aqidaviy ta'limot sifatida emas, balki jamiyatimiz taraqqiyotining yirik ma'naviy omillaridan biri sifatida ham qaramoq lozim. Bunday maqsadlarga erishish jarayoni Birinchi Prezident I. Karimov asarlarida har tomonlama yo'1-yo’riq sifatida ko’rsatib berilgan.



Oliy Majlis ikkinchi chaqiriq ettinchi sessiyasidagi «Biz uchun xalqimiz, Vatanimiz manfaatlaridan ulug’ maqsad yo’q» nomli ma'ruzasida: «Agar mendan so’rasa, men avvalo dinu diyonatimizni, uning sofligini asrashimiz zarur deb aytgan bo’lardim» .. Kimga qanday tuyulmasin, bugun dinimizning asl mohiyatini asrash, uning ma'no-mazmunini naqadar рок, ezgu ekanini din biz uchun asrlar davomida o’zligimizni, millatimiz, naslimizning eng yaxshi qadriyatlarini saqlab qolishda buyuk hayotbaxsh kuch bo’lib kelayotganligini takror va takror ta'kidlashimiz, bu haqiqatni odamlarning ongiga singdirish, .. . Aynan shuning uchun bugun biz yana dinu diyonatimizning himoyasi yo’lida qat’iy turishimiz, ... Ey vatandoshlar, birodarlar, dinimizni, iymonimizni asraylik», - deb baland ovoz bilan aytishimiz kerakligini yurtboshimiz o’qtiradi.

Birinchi Prezident I. Karimov Rossiyaning «Nezavisimaya» gazetasiga bergan intervbyusida, shuningdek Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatning qo’shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir» nomli ma'ro’zasida ham shuni alohida ta'kidladiki, «Halqaro terrorizmni ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas islom dini bilan bog’lashdek havfli niyat va o’rinishlarni keskin qoralaymiz. Bular «Al-qoida», «Hizbut tahrir» kabi ashaddiy ekstremistik tashkilotdir. Bugun bag’rikeng, ma'rifatli islomni niqob qilib olib, islom dinini obro’yini tushirayotganlarga qarshi kurashmoq kerak», - deb oldimizga vazifa qo’ydi.

YUrtboshimizning bu fikrlari mustaqillik yillarida ma'naviyatimizning tarkiblaridan bo’lgan islom qadriyatlarini tiklashga oid ishlar ko’lamini va ahamiyatini ko’rsatib turibdi. SHu asosda xalqimiz o’zlari uchun muqaddas bo’lgan ma'naviy va diniy ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Halqimiz tabiatiga yot bo’lgan ekstremizm, terrorizm va aqidaparstlikning zararli ta'sirlaridan butunlay xalos qilmoq uchun I.Karimov ta'kidlaganidek, «.. islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchilik mafkurasini yaratayotgan ko’plab radikal va ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylantirib, ulardan terrorchilar tayyorlash bo’yicha konveyer tashkil etayotgan, xalifalik tuzishdek turli xomhayollarni amalga oshirishga o’rinayotgan kabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak». Umuman olganda «Biz uchun ma'naviyat sohasida ham eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsad, tengsiz oliy ne’mat - mustaqillikni bundan buyon ham asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo’lib qolaveradi».

Jamiyatimiz rivojlanishining o’tish davrida ma'naviy-ma'rifiy ustuvor yo’nalishlari to’g’risida fikr yuritilsa, eng avvalo ma'naviyat maydonini tashkil qiladigan - Vatan, shaxs, millat, adolat, haqiqat, ma'rifat va e’tiqod kabi tushunchalar ma'naviyatning bosh tayanchlaridan iboratdir. Ma'naviyat haqida baxs yuritilsa, uning o’zagini shaxs tushunchasi tashkil qiladi. CHunki, ma'naviy muayyan, alohida, har bir shaxsning ijobiy hislatlari majmuasini tashkil qiladi. SHu sababli bugungi mamlakatimizni o’tish davridagi ma'naviy ustuvor yo’nalishlaridan biri ma'naviy etuk, barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Har bir shaxs muayyan makon yoki Vatanda to’g’ilib voyaga etadi va Vatan inson kamol topadigan, hayotiga ma'no va mazmun baxsh etadigan tabarruk maskanidir. SHu asosda Vatan to’yg’usi shakllanadi, Vatan tushunchasi falsafiy ma'noda insonning voyaga etishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan tabiiy va ijtimoiy muhitdan tashkil topadi.

SHaxs ma'naviy kamolotida kindik qoni to’kilgan zaminga mehr, ona tabiatga, jonajon O’zbekistonga muhabbat, vatanparvar shaxslarni tarbiyalash o’tish davridagi ustuvor yo’nalishlardir. Bunday qadriyatni anglash va avaylash Vatan to’yg’usidir.

Biz hayotga orzu umidlar bilan qirib kelayotgan yoshlarimiz qalbiga «Sening Vataning bitta va yagona - barchamizga aziz, betakror mana shu O’zbekistonda ota-bobolarning hoki yotibdi, shu muqaddas zamin seni ham dunyoga keltirgan, sen uni obod etishing, har qanday tajovuzkor g'oyalardan himoya qilishing shart, nafaqat sening hayoting, balki senga umid bog’lab turgan ota-onang, aka-ukang, opa-singling, yosh go’dak va nuroniy qariyatlarimizning hayoti ham shu burchingni nechog’lik ado etishingga bog’liq, degan tushunchani singdirishimiz zarurdir. «O’z o’yingni o’zing asra» degan shiorning ma'nosi ham shundan iborat.

YUqorida aytilganidek, ma'naviyat millatni to’laqonli shakllantiruvchi, boshqa millatlardan ajratuvchi omildir. Ma'naviyat inson qalbida aks etgan ziyo yoki ilohiy nur deb qaraydigan bo’lsak, millat ma'naviyatini ham qalbida ilohiy nur va ziyo bilan sug'orilgan shu millatga aloqador shaxslardan tashkil topadi. O’z milliy qadriyatlari, tarixi, madaniyati, san'ati, fani va boshqa an'ana, marosimlaridan fahrlanish - bu millat to’yg’usidir. Demak, shaxs ma'naviy etukligini belgilaridan o’z milliy ma'naviyati qay darajada ruhiga singdirib olganligida bo’lib, Vatanga mehr ham shundan kelib chiqadi. Bu jarayon milliy o’zlikni anglashga olib boradi. Dilida Vatan to’yg’usi bo’lmagan, o’z millatini sevib, u bilan g’ururlanmagan insonda adolat va haqiqat hissi bo’lmaydi. SHu nuqtai nazardan ma'naviyat inson ruhidagi mavjud haqiqatni anglab etsagina, uni ruhiyatiga singdirsagina adolatli inson bo’la oladi.

Demak,ma'naviyatli insonning eng oliy bosqichi sufiy bobolarimiz qayd qilganidek haqiqatdir. U borliqning asl mohiyatidir. SHu adolatli haqiqatni anglab etishda ma'rifat, ilm-fan muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatimizni o’tish davridagi ma'naviy komol topishidagi ustuvor yo’nalishlardan bo’lgan xalq ta'limi, ilm-fan rivojiga katta e’tibor berilayotganligini sababi ham shundadir.

Hozirgi jamiyatimiz rivojlanishining o’tish davridagi ma'naviy -ma'rifiy ishlarning ustuvor yo’nalishlardan yana biri mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash uchun qaror topgan «tolerant» lik (lotincha tolerave - chidamoq, bagrikenglik ma'nosida) muhitini yaratish ya’ni boshqa dinga va dinlarga hurmat va bag’rikenglik bilan munosabatda bo’lishni hamda turli din konfesiyalar vakillarining yonma-yon, o’zaro tinch va do’stona yashashini anglatadi. Bu borada Prezident I. Karimov: «Musulmonlar va xristianlarning O’zbekiston zaminida birgalikda hamnafas bo’lib yashashi diniy - ma'naviy totuvliknining nodir timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag’rikenglikning eng yaxshi namunasi deb hisoblanishga arzigulikdir», - deb ta'kidlaydi. Darhaqiqat tarixda ham O’zbekistonda dinlararo nizo chiqmaganligi adabiyotlarda qayd etiladi. Bugun yurtimizda diniy bag’rikenglik, dinlararo o’zaro hurmat va bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga aylandi.

SHunday qilib O’zbekiston mustaqilligi mamlakatimiz ma'naviy taraqqiyotidagi ustuvor yo’nalishlarni belgilab olib, Prezidentimiz ta'kidlaganidek, «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat o’lkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi». SHu siyosat asosida dinga bo’lgan munosabat tubdan o’zgarib, sobiq sovet davridagi dinga ateistik hujumkorlik bilan yondashuvga barham berildi va torn ma'nodagi vijdon erkinligi ta'minlandi. Mintaqaviy qadriyatlar qayta tiklanib, Ramazon va Qurbon Hayitlari ommaviy ravishda bayram sifatida nishonlanmoqda.

Respublikada diniy-ma'rifiy sohada katta ishlar amalga oshirilib, yurtimizdan etishib chiqqan jahon tan olgan buyuk mutafakkirlarning yubileylari o’tkazildi. Respublikamiz musulmonlari haj safariga borib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. Diniy tashkilotlar soni o’sib, diniy o’quv yurtlarining ishi rivojlantirilib, ular soni ikkitadan 13 tagacha etkazildi.

Imomlarning diniy ma'lumot darajasi keskin oshirilib, 1997 yildagi 4,2 foizdan 2004 yilda bu ko’rsatkich 82,2 foizga etkazildi. Toshkent Islom davlat universitetiga asos solindi. Ma'naviy boyligimiz hisoblanmish noyob diniy, dunyoviy va ilmiy manbalardan tizimli ravishda o’rganish yo’lga qo’yilishi kabi ko’plab ishlarni amalga oshirishda O’zbekiston Repsublikasi Birinchi Prezidenti qator farmonlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari qabul qilinganligi o’tish davrida ma'naviyatimiz sarchashmalaridan biri bo’lgan dinimizga e’tibor berilayotganligining dalilidir. YAna shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, dinlarda missionerlik (prozelitizm) hodisasi ham sodir bo’lib turadi. Missionerlik tushunchasida muayyan bir din vakilining boshqa dindagilar jamoasi yoki alohida shaxslari ichiga kirib, o’zini dinini maqtab, unga undab targ’ib qilishda va boshqa dinlarni kamsitish mazmunini beradi. Missionerlik faoliyati O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida taqiqlanadi. Boshqacha aytganda, har qanday din o’zining jamoalari orasida o’z dinini qancha maqtasa ruhsat beriladi. Faqat boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar orasida o’z dinini targ’ib qilishga qonun yo’l qo’ymaydi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi O’zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurilishiga o’tish davrida hamma dinlarga, hususan, ota-bobolarimiz muqaddas islom diniga umuminsoniy qadriyat sifatida qarab, xalqimizning umummadaniy taraqqiyoti jarayonining tarkibiy qismi deb hisoblab, yuksak umuminsoniy fazilatlarni shakllantirish va insonni to’g’ri yo’lga boshqarishda diniy bag’rikenglik asosida yuksak ma'naviy kamolotga chorlovchi ma'rifatparvar din ekanligini tushunib etib, uni turli g'arazli g'oyalardan himoya qilib, undan hozirgi istiqlol oldimizga qo’yayotgan dolzarb ijtimoiy, tarbiyaviy muammolalarni hal qilishda va yoshlarni ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasida foydalanish ustuvor yo’nalishlaridan biridir.

4.2. XX asr ohiri XXI asr boshlarida Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar aholisi orasida ham diniy faollikning o’sishi sodir bo’ldi. Bu jarayon islom diniga bo’lgan qiziqishning ortishi bilan birga mahalliy aholiga yod bo’lgan mintaqa uchun odat bo’lmagan diniy g'oya va harakat hamda oqimlarning kirib kelishida ham o’z ifodasini topgan. Jamiyat ma'naviy hayotining tarkibiy qismi bo’lgan siyosiy jarayonlarga ham o’z ta'sirini ko’rsatdi.

Diniy ekstremizm va terrorizmning g'oyalari Markaziy Osiyo va uning tarkibiy qismi bo’lgan O’zbekistonga kirib kelishi va tarqalishi favqulodda yoki aynan shu mintaqaga xos holat deb qarash noto’g’ri bo’lur edi. Bu aslida dunyoning turli mintaqa va mamlakatlarida sodir qilingan qabih terroristik harakatlar bilan, uni o’zaro aloqador bo’lib, uni global (keng) miqyosdagi halqaro terrorizmning faoliyati bilan bevosita bog’liq, deb tushunish lozim. Bunday faoliyat keng qamrovga ega bo’lgan va halqaro terrorizm no mini olgan «Al - qoida» tashkiloti atrofida birlashganligi hamda sodir bo’layotganligi tan olinmoqda.

Har qanday dinning, shu jumladan, islom dinining ham kelib chiqishidan boshlab diniy e’tiqodning muhim masalalarini echish va hal qilishda turli qarashlar mavjud bo’lib kelgan. Bu holatlar keskin va qat’iy choralar ko’rish asosida diniy radikalizm paydo bo’lishiga olib kelganligi aniq. Fikrning isboti sifatida islomdagi «Xorijiylar» (VIII asr), «Nizoriylar» (XI asr ), «Vahhobiylar» (XVIII asr) oqimlari vakillari keskin choralar ko’rishda qat’iy turishlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Bugungi kunda «Xorijiylar», «Nizoriylar» islom olamida yo’q bo’lib ketgan, borlari ham ta'sir kuchiga ega emas.

«Vahhobiylik» esa Saudiya Arabistonida vujudga kelib, shakllangan bo’lsa-da, hozirgi davrda uning faoliyati Saudiyada taqiqlangan. Biroq, vahhobiylik sobiq sho’rolar hududlari bo’lgan CHecheniston, Dog’iston, Tojikiston va O’zbekistonda diniy-siyosiy oqim sifatida islom fundamentalizmi g'oyasini ko’tarib, an’anaviy islom urf-odatlariga qarshi chiqmoqdalar, ularni islomga shak yoki bid'at keltiruvchilar deb hisoblashmoqdalar. O’z navbatida, vahhobiylik nafaqat an'anaviy islomga qarshi bo’lgan, balki hokimiyat uchun kurashuvchi diniy-siyosiy oqim sifatida, mustaqil davlatlar milliy havfsizligiga tahdid soluvchi g'oya sifatida e’tirof etiladi.

Radikal diniy g'oyalarning Markaziy Osiyoga, shu jumladan, O’zbekistonga ham tarqalishi 1970 yillardan boshlab 5 bosqichni bosib o’tganligini kuzatish mumkin.

I-bosqich - 1970-1985 yillarni o’z ichiga olib, uzoq davom etgan ateistik siyosatning natijasi bo’lib, aholi o’rtasida dinga bo’lgan munosabatning susayishi kabi holatlarni ayrim ulamolar islomga nisbatan qilingan tahdid deb hisoblab, sovet davrida ham islomiy jamiyat tuzish, orqali jamiyatdagi mavjud muammolarni siyosiy echimini hal qilish mumkin degan xulosaga kela boshlagan edilar.



O’zbekiston hududida islom davlatini barpo etish maqsadida o’z ortidan xalq ommasini ergashtira oladigan g'oyaviy rahnamolarni tayyorlash, eng avvalo Farg'onada yashirin diniy o’quv yurtini shakllantirib, bunda O’zbekiston Oliy o’quv yurtlariga arab mamlakatlaridan kelib o’qiydigan talaba va aspirantlar imkoniyalaridan foydalanish rejalashtirilib, yashirincha dinning jamiyatga ta'sirini ko’chaytirish uchun «Musulmon birodarlari» iborasi bilan yoshlarga ta'sir qila boshladi. Bundan tashqari, diniy ulamolar orasida ham Xanafiy mazhabining «Al-Moturidiya» kabi mu’tadil shakllaridagi dunyoviy davlatdan dinning ajralishi va musulmonlar noislomiy dunyoviy davlatda yashashi mumkin degan g'oyalariga norozilik sifatida, 1980 yillardayoq, ochiqdan ochiq fikrlar bildirila boshlangan edi. Uning o’rniga ilk islom davridagi salafiylik (fundamentalizm) qonun - qoidalarini asos qilib olish taklif qilinadi.

II - bosqich 1985-1989 yillar bo’lib, sobiq SSSR da qayta qurish davrida jamiyatni demokratlashtirish va oshkoralik shiori e’lon qilinishidan foydalanib, Pokiston, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarning ekstremistik ruhdagi diniy oqimlar tomonidan mintaqamizga adabiyotlarni chetdan kelgan talabalar orqali olib kirilishi natijasida
dindorlar orasida missionerlik va diniy targ’ibot ko’chaya borganligi kuzatiladi.

  1. - boskich 1989-1993 yillarda O’zbekistonda dinga katta erkinlik berilishdan eksteremistlar foydalanadilar. SHu yillarda machitlar soni 5000 ta dan oshib ketdi. Bu davr O’zbekistonda islomiy harakatlarning ko’chayishi bilan harakterlanadi. Farg'ona vodiysida «Adolat uyushmasi», «Islom lashkarlari», «YOsh jihodchilar», «Nurchilar», «Imon»va «Akromiylar» kabi noqonuniy tashkilotlar barpo etish to’g’risidagi ochiqdan ochiq chaqiriqlar bilan davlatga qarshi chiqib, huquqni muhofaza qilish idoralari o’rnini egallashga harakat qiladilar va islom shariat qonunlarini joriy qilishni taklif qila boshlaydilar. Aynan shu davrda «O’zbekiston islom o’yg'onish partiyasi»ni barpo etishga urinishlar sodir bo’ldi. Tojikiston muholifatga yordam ko’rsatishga, yashirin maktablarni kengaytirish, islom davlatini barpo etish maqsadida bosqichma-bosqich islomlashtirishni ko’zda tutgan 30 - dan ortiq raqamni o’z ichiga olgan dasturni yaratib tarqatishga harakat qiladilar. Lekin O’zbekiston hokimiyati huquqni muhofaza qilish organlarini keskin harakatlari natijasida ularning ommaviy namoyishlari uyushtirish, kuch ishlatish kabi rejalari barbod qilindi. Ular noiloj yashirin holatga o’tdilar.

  2. - bosqich 1993-1999 yillarda aholini mahfiy faoliyat asosida islomlashtirishga o’rinish davri hisoblanadi. Ular ko’prok yoshlar va ayollarni jalb qila boshladilar. Bu jarayonda hayotiy tajribasi yo’q, dinning haqiqiy mohiyatini tushunmagan radikal g'oyalarga tezroq beriladigan yoshlarga «Agar shu tashkilotga kirsang, sen millat, islom dini va insoniyatning haloskoriga aylanasan» degan fikrlarni ongiga singdira boshladilar. 1994 yildan boshlab ayollar o’rtasida Namangan, Andijon, Farg'ona, Buxoro, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida faollikni oshirdilar. Aynan shu yillarda chet davlatlarda «Jangovar avangard» saflarini tashkil qilish uchun O’zbekiston yoshlarini jalb qila boshladi. Halqaro terrorchilik tuzilmalari bilan aloqalar o’rnatib, diniy tashkilotlarni mablag’ bilan ta'minlanishiga harakat qilinganligi bilan bu davr harakterlidir.

V - bosqich 1999 yildan hozirgacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, qo’poruvchilik - terrorchilik faoliyatiga o’tish xususiyati bilan harakterlanadi. Bu bosqichdagi ekstremizm va terrorizm birmuncha ayollar faoliyatini kuchaytirib, o’zlarini o’zlari portlatib, o’ldirish darajasigacha olib borildi. «Hizbut tahrir» ning «Ong» nomli jurnalida o’zini o’zi o’ldirgan kishilarni «SHahid» darajasigacha ko’tarib yozishdi.

«Hizbut tahrir» ning terrorchilik yo’liga o’tganligining isboti sifatida qo’yidagilarni keltirish mumkin:

a) 1999 yilning 16 fevralidagi O’zbekiston Prezidentiga qarshi uyushtirilgan terrorchilik harakatlari;

v) Qo’poruvchilik - terrorchilik guruhlarining qo’shni mamlakatlar orqali Toshkent, Surxondaryo viloyatlariga kirishga o’rinishi;

s) 2004 yil mart va aprelb boshlarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari;


  1. 2004 yil 30 iyulda Toshkent shahrida amalga oshirilgan AQSH, Isroil elchixonalari va O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosi yonidagi terrorchilik harakatlari;

  2. «Hizbut tahrir» tomonidan radikal diniy g'oyalarni o’z ichiga olgan varaqalarning tarqatilishi va harakatlarni faollashtirishga chaqiriqlar kabi jinoyatkorona ishlari orqali ko’rish mumkin.

Bugungi O’zbekiston sharoitida diniy ekstremizmning g'oyaviy manbalari nimalardan iborat? degan tabiiy savol to’g’iladi.

Bu savolga hozirgi islomda uch asosiy sekulyarizm, tradisionalizm va reformezim oqimlarini mavjudligidan kelib chiqish lozimdir. Sekulyarizm - islomning siyosiylashuviga qarshi bo’lib, davlatdan ajralishni qo'llab-quvvatlovchilardan iborat.

Tradisionalistlar esa o’rta asrlarda qaror topgan diniy tartib-qoidalarni saqlab qolishga chaqiruvchi, sabr-toqat asosida ish ko’ruvchi va har qanday yangiliklarni dinga kiritishga qarshi chiquvchilar oqimidir.

Islohotli reformistlar hozirgi mavjud shart-sharoitlarga norozi bo’lib, ushbu tizimni o’zgartirish tarafdorlaridir. Ular ham modernizm va fundamentalizm guruhlariga bo’linadi. Islom aqidalarini bugungi kun voqeligiga moslashtirish modernizmga xos xususiyatdir.

Fundamentalizm esa, butun musulmon jamiyatini ilk islom, Qur'on va shariat «axkom»lari talablariga ko’ra o’zgartirishni yoqlab har qanday yangiliklarni islomga kiritishga qarshi chiqadi va ilk islom davriga qaytishni maqsad qilib qo’yadi. Islom fundamentalizm! siyosiylashgan oqim bo’lib, «hokimiylik» tamoyiliga, ya’ni jamiyatda faqatgina Olloh tomonidan o’rnatilgan qonunlargagina amal qilish lozimligiga sodiq qolishida nomoyon bo’ladi. Boshqacha aytganda diniy qonunlardan boshqa amal qilayotgan qonunlar hech qanday kuchga ega emas deb hisoblaydilar. SHu asosda dunyoviy davlat tizimini inkor etadilar.

Demak, bugungi Markaziy Osiyo va O’zbekistondagi diniy ekstremistik harakatlarning g'oyaviy manbai islomda as - Salafiya (qayta yaralish, ajdodlarga qaytish) nomi bilan ataladagan, fundamentalizmning «Vahhobiylar», va «Musulmon birodarlar» deb nomlangan eksterimistik ko’rinishlarining aqidalaridir.

«Vahhobiylik» («Al-Vahhobiya») XVIII asrning birinchi yarmida sunniylikning xanbaliylik mazhabi asosida vujudga kelgan oqimlaridan biri bo’lib, yakkaxudolik to’g’risidagi qarash asosida Muhammad ibn Abd al - Vahhob (1703-1787) ta'limotining negizini tashkil qiladi. Bu g'oyada Olloh- yagona yaratuvchi bo’lib, insonlar faqat ungagina sajda qilishlari lozim. Turli avliyolarga sig’inib, musulmonlarni bid'atlarga yo’l qo’yildi deb hisoblaydi. SHu sababli barcha musulmonlarni birlashishga chaqiradi. Islomdan chekingan va ko’pxudoliklarga

jihod qilish g'oyasini olga suradi. E’tiqod masalasida o’taketgan mutaassiblik (fanatik) va o’z dushmanlari bilan kurashda ekstremizga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.

XVIII asrning 40 yillaridan boshlab bu oqim Arabistondagi siyosiy kurashga qo’shilib, rasmiy mafkuraga aylanadi. Diniy axloq - odob qoidalaridan siyosiy g'oyalarga o’tish vahhobiylikning o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Ularning fikricha din har bir inson shaxsiy ishigina emas, balki jamiyat qurilishining asosi ham bo’lmogi kerak. Aynan shu asosda hokimiyat tepasiga «Haqiqiy» musulmonlarni chiqarish uchun faol, keskin va hatto zo’ravonlik harakatlarini olib borishga chaqiradilar.

Vahhobiylik XX asrning 70 yillarida Markaziy Osiyoga, eng avvalo, Andijon, Marg’ilon, O’sh, Qo’qon shaharlariga kirib kelib missionerlik faoliyatini avj oldiradi. Natijada fundamentalizmga xos g'oyalarga ommaning bir qismi e’tiborini qarata oldi.

Vahhobiylikda «jihod» g'oyasi ishlab chiqilgan bo’lib, (jixod-zo’r berish, kuchlanish, g'azavot qilish ma'nosida) dinsizlarga qarshi kurashni ko’zda tutadi. Bunda «YUrak yoki ko’ngil jihodi», «Til jihodi» ya’ni o’zidagi yomon xislatlari va noma'kul fikrlaridan voz kechish, «Qilich jihodi» ya’ni dinsizlar bilan qurollik kurashga da'vat etilib, bu kurashda qurbon bo’lgan shahidlik darajasini oladi deb hisoblanadi. Umuman olganda, jihodchilik islomning fundamentalistik oqimlari bo’lgan «Musulmon birodarlar», «Al-Qoida», «O’zbekiston islom harakati», «Hizbut tahrir» kabi diniy ekstremistik tashkilotlariga xosdir.

Markaziy Osiyodagi diniy - ekstremistik harakatlarning g'oyaviy jihatdan ta'minlaydigan manbalaridan biri «Musulmon birodarlar uyushmasi» (Jamiyat va al-Ixavn al-Muslimin) ni qarashlari hisoblanadi. Bu ham diniy - siyosiy tashkilot bo’lib, Misrda o’qituvchi SHayx Xasan al-Banna (1906-1949) tomonidan 1928 yilda tashkil qilingan.

Bu oqim tarafdorlari hozirgi vaqtda zamonaviy musulmon siyosiy kurash konsepsiyasini asosini tashkil etib, SHayx al-Bannaning fikricha, «Islom tartibi» siyosat va dinning birligini talab etadi. CHunki islom - bu e’tiqod, jamiyat, masjid, davlat, erdagi hayot va narigi dunyodagi hayotdir.Islom tarqalgan erlarni barcha kelgindilardan ozod qilish, musulmon xalqlarini Qur'oni Karim ostida birlashtirish, butun jahon islom davlati hamda musulmon millatlari birligi bo’lgan «federasiya» sini tashkil etish bosh siyosiy maqsadidir.

Bu tashkilotning asosiy mohiyati, uning asoschisi bo’lgan Xasan al-Bannaning fikri bo’lgan: «Olloh - bizning ilohimiz, Payg’ambar - rahnamomiz, jihod - maqsadga erishish usuli, Olloh yo’lida o’lim topishlik - bizning ezgu orzuimiz» deb aytgan shiorida o’z aksini topgan. Bir-biri bilan kesishgan qilich tepasidagi Qur'oni Karim tasviri bu tashkilotning timsoli bo’lib, «Uslubimiz o’git, maslahat, agar u yordam bermasa kuch bilan yo’qotish» degan g'oyaga amal qiladi.

Bu g'oya O’zbekistonga 1970 yillarda arab mamlakatlaridan oliy o’quv yurtlarimizga o’qishga kelgan talabalar orqali kirib keldi.

Afg'onistondagi diniy ekstremizmning «Musulmon birodarlari» ga taqaladi. Masalan, Burxoniddin Rabboniy, Gulbiddin Xikmatyor, Ahmad shoh Ma'sud kabi afgon mujoxidlari shu uyushmaning tarbiyalagan qadrlaridandir.

«Musulmon birodarlari» ning mafkurasi asosida tashkil topgan «Hizb-ut tahrir» al-islomiya partiyasi ham shu uyushmaning ekstremistik - terroristik qanotlaridan hisoblanadi. Bu partiya O’zbekistonga tinimsiz varaqalar tarqatib, «xalifalik» davlatini barpo qilishga chaqirmoqda. Bunday xomhayollarga baho berib, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning Qo’shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir» nomli ma'ro’zasida «.. Islom dinini siyosatga aylantirayotgan yovuzlik va terrorchilik mafkurasini yaratayotgan ko’plab radikal va ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylantirib, ulardan terrorchilar tayyorlash bo’yicha konveyer tashkil etayotgan, halifalik tuzishdek turli xomhayollarni amalga oshirishga o’rinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak. Bugun mana shu minbardan turib yana bir ta'kidlamoqchimanki: «Biz halqaro terrorizmni ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas islom dini bilan bog’lashdek havfli niyat va urinishlarni keskin qoralaymiz. Bunday oqibati o’ylanmagan va ig’vogarona hatti-harakatlar birinchi galda «Al-qoida» yoki «Hizb-ut-tahrir» kabi ashaddiy ekstremistik harakat va tashkilotlarga qo’l keladi.

O’zbekistonda diniy ekstremizmning paydo bo’lishi va tarqalish sabablari to’g’risida fikr yuritsak, buning ikkita omili bo’lib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin. Tashqi omillardan XX asrning 70-yillarida «islom omili» ning umumiy ko’chayish tendensiyasi, G'arb mamlakatlari bilan sobiq SSSR ning g'oyaviy qarama-qarshiligida maxsus xizmatlarning islomiy diniy-siyosiy tashkilotlardan foydalanish maqsadida musulmon mamlakatlari bilan yaqinlashuvi, dunyoda diniy-ekstremistik g'oyalarning globallashuv doirasida halqaro terrorizmning O’zbekistonni o’z doirasiga tortishi, shuningdek, Afg'onistondagi aksilterror harakatlarning O’zbekistonni qo'llayotganligi, bu esa diniy - ekstremistik markazlarga yoqmayotganligi, O’zbekistondagi ayrim diniy mutaassib (fanatik) guruhlarini xorijdan g'oyaviy-moddiy jihatdan qo'llab - quvvatlashning, yoki inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish shiori ostida ayrim ekstremistik tashkilotlarni siyosiy jihatdan rag’batlantirilishi kabi omillar O’zbekistonda diniy -ekstremizmning paydo bo’lishidagi tashqi sabablardir.

O’zbekistonda islom dinini radikallashtiruvchi ichki omillardan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bozor munosabatlariga o’tish jarayonida kam ta'minlangan qatlamlarni himoyalanish darajasi pastligi va jamiyatdagi mulkiy tabaqalanish, ishsizlikning vujudga kelishi, qishloq aholisining shaharga oqib kelib, diniy - ekstremistik guruhlar qarmog’iga ilinishi kabilardir.

Ma'naviy-ahloqiy sohalarda diniy - ekstremizm tarqalishining sabablaridan sobiq sho’rolar davrida ateisik siyosat, muhim islom diniy tushunchalarining mazmunini bilmay aralashtirib, mohiyatini to’g’ri tushunmaslik, hayotining barcha sohalarini tijoratlashtirish, ya’ni pulga berilishi, ayolning jamiyatdagi tutgan o’rnini kamsitish, yoshlarning «Kamolot» kabi tashkilotlarining faoliyatini sustligi kabilar ichki omillardir.

Diniy - ekstremistik guruhlarning terrorchilik tashkilotlarga transformasiyalashuvi (qo’shilib ketishi) ya’ni jinoiy uyushmalar bilan birlashib ketishi, aslida ekstremizmning mohiyatida mavjud bo’lib, keskin choralarga moyilligi, zo’ravonlik usullarini ko’zda tutishi, ekstremizmga qarshi kurashda ba'zan chegaradan chiqib ketilish, ekstremistlar o’zlarining dushmani hisoblagan AQSH ishtirokining mintaqada mavjudligi yoki ilgari diniy - ekstremistik tashkilotlarga a'zo bo’lgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilganlar ozodlikka chiqqanda ham o’z e’tiqodlaridan qaytmasligi kabi hodisalar terror usuliga o’tib ketishdagi ichki sabablardandir.

Diniy-ekstremistik guruhlarning terrorizmga qo’shilib ketishining yana bir omillaridan chet el diniy radikal tashkilotlari tomonidan moliyalashtirilishi, ya’ni mablag’ bilan ta'minlashi, giyohvand moddalar yoki qurol-yaroq olib o’tishdan tushgan mablag’lar ham jinoiy guruhlar birlashib ketib, terrorchilar bilan qo’shilib ketishga (transformasiyalashuvi)ga olib keladi.

4.3. Markaziy Osiyoda faoliyat yuritishga harakat qilayotgan ekstremistik tashkilotlar o’ziga xos xususiyatlarga ega. Maxfiy ish ko’rish, shaxsning ongi va qalbiga o’taketgan diniy mutaassiblik (fanatiklik) unsurlarini singdirish millatlar va dinlararo munosabatlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga salbiy murosasizlikni shakllantirishi, diniy radikal guruhlar rahbariyatining rahnamoligiga ko’r-ko’rona bo’ysunish, o’zi ko’rsatayotgan hatti-harakatlarning haqligiga qat’iy ishonish kabi faoliyatlari orqali jamiyatda joriy etilgan tartiblarga yot, Konstitusiyaga zid ish olib borayotgan guruh yoki tashkilotlarni ekstremistik tashkilotlar deb hisoblamoq darkor.

Markaziy Osiyo mintaqasi va O’zbekistonda paydo bo’lgan ekstremistik guruhlarning shakllanish jarayoni asosan to’rt bosqichdan iborat ekanligini kuzatish mumkin.

Birinchi bosqichda diniy va dunyoviy ilmi etarli bo’lmagan ijtimoiy sohada soddadil kishilarni topib, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlardagi ayrim adolatsizliklarni ko’zda tutib, jamiyatdagi barcha muammolarni hal qilishning «yagona yo’li» «toza» islomga qaytish zarurligini ta'sirchan usulda targ’ib qiladigan ruhshunos «tashabbuskor guruhlar» ni shakllantirish.

Ikkinchi bosqichda esa yoshlar orasida o’z tarafdorlarini yollash bo’yicha sinchkovlik bilan ish olib borilib, yollanganlarning rahmdillik hislatlarini susaytirib, o’ldirish va o’zini ham o’limga tayyorlaydi. Buning uchun ularni jang bo’layotgan joylarga (CHecheniston, Tojikiston, Afg'oniston, Iroq) qatnashtirib, chiniqtiradi.

Uchinchi bosqichda, kimlarningdir manfaati yo’lida xizmat qilishga, ya’ni chet el maxsus xizmatlari uchun yordam berishga tayyorlab boriladi.

To’rtinchi bosqichda «Xufyona» iqtisodiyot ishlarini olib borayotganlar narkobiznes yo’li bilan qo’shilib ketib, buyurtma orqali qotillik, kontrabanda yoki hokimiyat hodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda o’zlariga boshpana topish kabi jinoiy faoliyat bilan shug’ullanadi.

Hozirgi kunda Markaziy Osiyo hududida diniy-ekstremistik tashkilotlarning asosiy maqsadi diniy tamoyillarga asoslangan shariat me’yorlarida boshqariladigan islom davlatini, jahon miqyosidagi «Xalifalik» davlatini, eng avvalo, Farg'ona vodiysida, keyinchalik esa butun O’zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida barpo qilishdan iboratdir. «Musulmon birodarlari» ning mashhur teologlaridan Hasan al - Ashmaviyning «Olloh hokimiyatidan boshqa hokimiyat bo’lmaydi» degan g'oyasi intilib, hokimiyatga qurolli kurash yo’li bilan yoki parlament yo’li bilan erishishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yganlar.

Bu maqsadni amalga oshirish uchun O’zbekiston va Markaziy Osiyoni keng miqyosda islomlashtirishga erishish, siyosiy-ijtimoiy vaziyatni izdan chiqarish, dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish, chet eldagi diniy-ekstremistik tashkilotlar bilan aloqa o’rnatib, moliyaviy ko’mak olish kabi taktik vazifalarni ko’zda tutadi.

O’zbekistondagi diniy-ekstremistik guruhlar varaqalar tarqatish, Internetda saytlar ochish, ovoz yozilgan tasmalar tarqatib, ularda O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga tuhmatlar qilish, ishlari uchun guruh a'zolarini moddiy va ma'naviy rag’batlantirish, O’zbekistonga yaqin, qo’shni hududlarda jangarilarni tayyorlash, O’zbekistonda go’yo din erkinligi bug’ilayotgani bahonasida halqaro inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlariga murojaat qilish, ekstremistik tashkilotlarda ayollar ishtirokini ko’paytirish kabi usullarida ish olib bormoqda.

Umuman Markaziy Osiyoda faol harakat qilayotgan O’zbekiston havfsizligiga tahdid solayotgan diniy-ekstremistik guruhlar asosan «O’zbekiston islom harakati» (Hozirgi nomi «Turkiston islom partiyasi»), «Hizb-ut tahrir» «Al Islomiya» (Islom ozodlik partiyasi), «Akromiylar», «Nurchilar», «Jamiyati tabligi islomiy» kabi tashkilotlardir.



O’zbekiston islom harakati hozirgi vaqtda Turkiston islom partiyasi deb atalmoqda. Bu tashkilotning kelib chiqishida jahonda hamma sohalarda bo’lganidek, terrorchilikda hamgloballik, ya’ni keng miqyosdagi halqaro darajaga yoyilishi O’zbekistonni ham o’z girdobiga tortdi. Bunday halqaro tashkilot «Al-qoida» bo’lib, sobiq SSSR 1980 yillarda Afg'onistonga bostirib kirganda, ularga qarshi kurashganlardan biri hisoblanadi. Bu tashkilot rahnamosi Usama bin Laden bo’lib, u 1998 yilda «Islom Halqaro Fronti» ni tashkil qiladi. Unga Misrdagi «Al-jamoa al-islomiya» va «Jihod», «Jamoat», «Ulamo Pokiston», «Jihod» (Bangladesh), «Tolibon» (Afg'oniston harakatlarini birlashtiradi) «Al qoida» barcha islom mamlakatlarida faoliyat olib bormoqda. SHu jumladan, O’zbekiston islom harakati ham bu tashkilot bilan bevosita bog’langan bo’lib, uning bir qismi sifatida tan olingan, jangovar tuzilmalari Pokistonda joylashgan.

O’zbekiston islom harakati 1996 yilda tashkil topgan bo’lib, unga 1990 yillarda Namangandagi «Islom lashkarlari», «Adolat» uyushmasi, «O’zbekiston islom o’yg'onish partiyasi» (Qo’qon) kabilar birlashib Afg'oniston va Tojikistonga o’tib, Tojikiston janglarida ishtirok etishgan. 1999 yilda Kirg’iziston orqali (1000 kishi) O’zbekistonga kirishga harakat qiladi.

Qisqaroq qilib aytganda, «O’zbekiston islom harakati» jahonda terrorchilik harakati deb tan olingan. Bu partiyaning dasturida Markaziy Osiyo hududida «Buyuk islom xalifaligini tiklash» bo’lib, keyinchalik Kavkaz, Rossiyaning Volgabuyi respublikalarini ham jalb qilishni ko’zda tutadi. Asosiy maqsadi qo’poruvchilik, terrorchilik, buhton va fitnalar tarqatish, O’zbekistonda ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishdir.

«O’zbekiston islom harakati» 1992 yilda Namangandan 200-350 tagacha qochib ketganlardan tashkil qilib, ular asta-sekin harbiylashgan kuchga aylanadi. Keyin ular Afg'onistondagi «Tolibon» va CHechenistondagi urushlarga jalb qilindi.

Bu tashkilotga Hojiev Jumaboy Ahmadjonovich yoki Juma Namongoniy rahbarlik qiladi (Hozir ayrim ma'lumotlarga ko’ra u vafot etgan). Ular 5-7 kishidan iborat kichik yacheykalarini tuzib, «jamoat» deb atagan. Tuzilma nihoyatda maxfiy bo’lgan, jamoa a'zolari sport seksiyalariga qatnashib, sportchilar orasida ham ish olib borishgan. Ularni qurollardan foydalanishga o’rgatish, chetdan qurollangan kuchlar bostirib kirganda ularga yordam berishga tayyorlash, aholida Konstitusiyaviy tuzumga qarshi kayfiyat o’yg'otish, aholining yoshiga, jinsiga qarab targ’ibot usulini olib borganlar.

Tojikiston va Afg'onistondagi ekstremistik kuchlar barbod qilingandan keyin ular yanada mahfiylashib ish olib bormoqda. Bu harakatga jalb qilishda nomzodning harakterli tomonlari o’rganiladi, ularnining jinoiy o’tmishi, turmushini tayinsizligi, ishsizligi, oylik maoshlari kamligi va o’z vaqtida to’lanmasligi kabi sabablari bor kishilardagi norozilikni keltirib chiqaradigan tomonlarni hisobga olib jalb qilinadi. Ko’proq masjid va madrasalarga e’tibor qaratiladi. Bunga sabab chetdan masjidlarga yordam bahonasida maslahatlar, yo'1-yo’riqlar berib boriladi. Bunga juma nomozlaridan keyin maxsus suhbatlar olib borib, «Haqiqiy musulmonlar» va «Haqiqiy islomni» o’rganishini taklif qilishdan boshlaydilar. Keyin 5-7 kishidan oshmagan guruhlarda mahfiy usulda o’qitiladi. O’quv jarayonida islom mazmuni bilan birga ekstremistik faoliyat asta-sekin singdirib boriladi. Unda qanday qilib «jihod» qilish, dunyoviy davlatni ag’darib tashlash, go’yo g'ayridinlar olib borayotgan musulmonlarga qarshi amalga oshirgan vahshiyliklari o’rgatilib, moyilligi sezilganlarni pul-mablag’ bilan ta'minlay boshlaydilar. Keyingi jangarilar tayyorlaydigan lagerlarga jo’natiladi. O’zbekiston islom harakati rahbari «amir» i Tohir Yo’ldosh hisoblanadi.

Markaziy Osiyoda faoliyat ko’rsatishga intilayotgan ekstremistik tashkilotlardan «Hizb-ut tahrir al - islomiya» («Islom ozodlik partiyasi») bo’lib, 1953 yilda shayh Taqiaddin Naboxoniy (1909-1979) tomonidan asos solingan. U oldin «Musulmon birodarlari» ekstremistik tashkilotni a'zosi bo’lgan. 1948 yilda Isroil davlati paydo bo’lgandan keyin yahudiylarga qarshi g'oyalarini targ’ib qila boshlaydi va «Hizbut tahrir» tashkilotini tuzadi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi har qanday milliy davlatdan yuqori turuvchi, butun dunyoni qamrab oluvchi, «Xalifalik» shaklidagi Islom Davlatini qayta tiklashdir.

Bu tashkilotning g'oyaviy manbai Nabaxoniyning «Islom Nizomi», «Islom davlati», «Xalifalik», «Tahrirchilar» nomli kitoblari va «Al Va'y» yoki «Ong» jurnali kabilar hisoblanib, o’quv qo'llanma sifatida o’rganiladi.



Bu tashkilot Iordaniya, Sudan, Malayziyadan tashqari, hamma musulmon mamlakatlarida qonunga zid deb taqiqlangan.

Markaziy Osiyoga 1979 yillarda adabiyotlari kirib kela boshlagan «Hizbut tahrir» ning O’zbekistonda birinchi yacheykalari 1992 yilda tashkil topa boshladi. Bu uyushma hozir sobiq SSSR ning musulmon aholisi yashaydigan hududlarida ham faol harakat qilmoqda.

O’zbekistonda o’zbek tilida tarqatilayotgan «Demokratiya kufr Nizomimi», «Siyosiy ong», «Izzat va sharaf sari», «Xalifalik», «Islom nizomi», «Hizb-ut tahrir tushunchalari» nomlari bilan ataladi.

«Hizbut tahrir» ning eng yuqori, dunyo bo’yicha rahbari, «Amirul - a'zam» ya’ni «Eng katta hokim» boshqaradi. Viloyatlarda partiyaning rayosati tomonidan «Mu’tamadlar» (ishonchli vakil) saylanadi. Asosiy ijtimoiy bazani yoki joylardagi tayanchini tashkilotning oddiy a'zolari tashkil qilib, ular «Xalqa» (bo’g’in) lardan iborat bo’ladi. Har bir xalqa 5-6 o’quvchidan iborat bo’ladi. 5 xalqani birlashtirib turuvchi «Mushrif» nomli rahbar boshqaradi. Mushriflarni ismi tutilmaydi, faqat laqabi orqali yuritiladi. Boshqa guruhlarning mavjudligini o’zlari sir saqlaydilar. «Bo’g’in» lar mahallalarda, tumanlarda bo’lib, ularga maxsus oqsoqol - boshliqlar rahbarlik qiladi. Ularga maxsus ko’makchilar yordam beradilar.

Tumanlarda «mas’ul» yoki javobgar shaxslar bo’lib, uning nazorat doirasida 500-2500 gacha tashkilot a'zolari bo’lishi belgilab qo’yilgan. O’zbekistonning hamma viloyatlarida «Hizb­ut tahrir» ning tashkilotlari faoliyat olib boradi.

Partiya a'zolarini mafkuraviy jihatdan adabiyotlar, varaqalar bilan «Kitob mas’ul» degan maxsus kishilar ta'minlaydi.

«Hizb-ut tahrir» ning qarorgohi Londonda bo’lib, tashkiliy tuzilmalari esa dunyoning ко’pgina mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda joylashgan. Bu tashkilotning harakat qilish strategiyasi tez-tez o’zgartirilib, zamonga moslashtirilib turiladi. Hozirgi bosqichda xalifalikni tiklash, musulmonlarni hayot tarzini «haqiqiy islomiy» qilib o’zgartirishni maqsad qilib qo’yadi. Buning uchun islomiy to’g’ri fikrlash, fikrlarni tubdan o’zgartirish, keyinchalik hamma yoqda «haqiqiy islom» shaklida boshqaruvni joriy qilish uchun alohida bir mamlakatda hokimiyatni qo’lga olishni maqsad qilib qo’yadi. Bu bosqichda, dastlab, arab mamlakatlarida, keyinchalik, boshqa musulmon mamlakatlarida hokimiyatni qo’lga olishni ko’zda tutadi. Bu tashkilotning fikricha, «Islom xalifaligini» tuzishning dushmanlari AQSH, Isroil, Evropa mamlakatlari, Markaziy Osiyo respublikalari deb qaraladi.

Hozirgi davrda Nabaxoniyning tinch yo’l bilan «Xalifalik davlatiga» o’tish g'oyasi qayta ishlanib, ochiqdan-ochiq «xudosizlikni» namoyon qilayotgan har qanday hukmdorga qarshi qurolli jihod zaruratini ishlab chiqdilar. SHu nizom asosida dunyoning ko’p joylarida terroristik harakatlarni qilmoqdalar.

O’zbekistonda bu tashkilotni qonunlashtirishga o’rinib ham ko’rilmagan, ular faqat mahfiy ish olib boradi. Tashkil etilgan guruhlar Islom «Nizomi» kitobini 6 oy davomida o’rgandilar. SHaxs qasamyod qabul qilgandan keyin «Xizb a'zosi» unvonini beriladi. Qasamyodda tashkilotga sodiq bo’lish, uning g’oya va qonunlarini so’zda va amalda to’g’ri qo'llash, rahbarning bo’yrug’ini so’zsiz bajarish va bor kuchini shu g'oya yo’lida safarbar qilish kabilarni sidqidildan bajarishni o’z bo’yniga oladi.

Ta'lim jarayonining ikkinchi bosqichidan o’tgan shaxslar o’zlari mustaqil guruh tuzishlari mumkin.

«Tahrirchilar» a'zolarni tanlashda, ziyolilar, ilmiy hodimlar, talaba yoshlarga, ayniqsa, jazo o’tayotganlar qarindoshlariga, ayollarga alohida e’tibor beradi. SHu asosda maxsus ayollar qanoti tashkil etilgan.

Tahrirchilarning O’zbekistondagi faoliyatida joylardagi mintaqaviy xususiyatlar, hayot tarzini, dinga ihlosmandlik darajasini, qo’shni mamlakatlar bilan chegaralanmagan kabi o’ziga xos jarayonlarni hisobga olib, faoliyat olib boradi. Masalan, Toshkent shahri va viloyati, Farg'ona vodiysida, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faol ish olib bormoqdalar.

«Tahrirchilar» faoliyatini moliyalashtirish bir qancha kanallar orqali amalga oshiriladi. Partiyaning a'zolik badallari, hizbutchilar adabiyotini sotishdan tushgan mablag’lar, chet eldagi diniy tuzilmalarning homiylik yordamlaridan iborat.

Tashkilotga rahbarlikni 1979 yilda Toqiy ad-din Nabaxoniy o’limidan so’ng partiyaning «Amiri» Falastinlik Abd al-Qaddin Zallum (1923-2003) bo’lgan. Hozirgi paytda Ato Abu Rushta boshqaradi.

O’zbekistonda faoliyat ko’rsatishga o’rinayotgan ekstremistik tashkilotlardan «Akromiylar» ham bo’lib, 1996 yilda Andijonda Akrom Yo’ldoshev boshchiligida Toqiy ad-din Nabaxoniy ta'limoti asosida o’zini qarashlarini «fymongayo’l» nomli risolasini yozadi. Ularning maqsadi O’zbekistonda kuch ishlatib diniy davlat qurishdir. Bunda 3-12 gacha boshlang’ich tashkilotiga a'zolar bo’lib, maxsus o’quv kursidan o’tgandan keyin bir-biriga «birodar» hisoblanadi. Tashkilotga oilaviy kirish shart qilib qo’yilgan. Quda andachilik ham faqat birodarlik belgisi bilan bo’lishlik qayd etilgan.

Tashkilotning yacheykalari Toshkent, Qo’qon, Andijon viloyati, Qirg’izistonning O’sh shahrida joylashgan. «Akromiy» laming maqsadi boshlang’ich bosqichda bir viloyat sharoitida hokimiyatga erishish bo’lib, mumkin qadar ko’proq musulmonlarni o’z atrofiga qaratishdir. Ularni ham faoliyati beshta bosqichga bo’linadi:


  1. «Mahfiy» holatda yacheyka a'zolari tanlanib, esktremizm ruhida tarbiyalanadi;

  1. «Moddiy» deb atalib, saflari kengaytirilib, daromadinining beshdan bir qismini umumiy fondga beradi;

  2. «Ma'naviyat» deb atalib, unda a'zolarni ruhiy jihatdan birlashtirishga qaratiladi.

  1. «Uzviy maydon» deb atalib, o’z tarafdorlarini davlat tuzilmalariga kiritishdir;

  1. «Ohirat» bo’lib, jamiyatni to’la to’kis islomlashtirish asosida Farg'ona vodiysida hokimiyatni qo’lga olishni maqsad qilib qo’yadi.

Bu jamoatning mablag’lari turli tashkilotlardan moddiy yordami, a'zolik badallaridan

iborat bo’lgan.

O’zbekistonda paydo bo’lgan ekstremistik tashkilotlardan «Nurchilar» jamiyati ham bo’lib, bu jamiyat asoschisi Turkiyalik Said Nursi (1876-1960) hisoblanadi. Ular islom qonunlarini, Qur'on oyatlarini zamonga moslashtirib, oddiy tushunarli tilda sharhlaganligi sababli shuhrat qozongan edi. O’zbekistonda «Nurchilar» tuzilishi 1993 yilda Turkiyada o’qish davrida ta'sir ko’rsatilgan yoshlarimizning qaytib kelishlaridan so’ng Turk liseylarida Turkiyadan kelgan o’qituvchilar faoliyati natijasida paydo bo’lgan. Ular Qarshi, Navoiy, Nukus, Samarqand, Toshkent va Urganch shaharlarida harakat olib borgan. Bundan tashqari «Islomiy habarlarni etkazish jamiyati» kabi ekstremistik tashkilotlar ham mavjud.

Islom diniy eksremizmini maqsadi «Islom xalifalik» davlatini qayta tiklash ekan, «Xalifalik» tushunchasining mazmunini ham tushunmoq zarur bo’ladi. «Xalifa» so’zining lo’g'aviy ma'nosi - o’rinbosar mazmunini bersa, terminologik ma'nosi esa musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig’i - deb tushuniladi. Xalifalik davlati ilk islom paydo bo’lish davrida Arabiston yarim orolida tashkil topgan va shariat qonun-qoidalari orqali boshqariladigan siyosiy tizimdir. Bugungi islom va jahon mamlakatlari taraqqiyoti qonuniyatlarini to’g’ri tushungan shaxslar yana VII asrga qaytishga hech qachon ishonmaydilar. Agar xalifalik davlati ko’rish mumkin bo’lsa, Arabistonda qaytadan qurilgan bo’lar edi. Aksincha, bu g'oyani ko’tarib chiqayotgan ekstremistik guruhlar faoliyati Arablarda qonun yo’li bilan taqiqlanganligini ko’ramiz.

4.4. O’zbekistondagi diniy-ekstremistik tashkilotlar faoliyatida keyingi vaqtda halqaro antiterroristik koalisiyaning muvafaqqiyati Afg'onistondagi vaziyatning ijobiy tomonga o’zgarishi O’zbekiston islom harakatining ham ish faoliyatida ayrim yangi usullar, an'analar paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu harakatning «Amir» i bo’lgan Tohir Yo’ldoshevning so’sayib borishi natijasida o’zaro kelishmovchilik va norozichiliklar kelib chiqdi, ayrimlari tashkilot tarkibidan chiqib, to’g’ridan - to’g’ri «Al-Qoida» terrorchilik tashkiloti safiga borib qo’shilmoqdalar. 2004 yil mart-aprel oyidagi Toshkentdagi terroristik ishlar aynan ular faoliyatining amaliy natijasi bo’ldi.

Hozirgi vaqtda terrorchilik tashkilotlarini faoliyat uslubini «Jihodchilik» g'oyasi asosida olib borishga harakat qiluvchi tashkiliy tuzilmalar shaklidagi yo’nalishlar paydo bo’layotganligi sezilmoqda. Bular «Jamoatchilar» deb atalmoqda va O’zbekiston Islom harakatining ta'sir doirasiga olinmoqda. «Jamoat» da yoshlarga avvalo radikal diniy bilim berilib, keyin o’z-o’zini qurbon qilishga, ya’ni «shahid» bo’lishga bosqichma-bosqich tayyorlaydilar. 1-bosqichda mahfiy ravishda «jamoat» a'zolarini tanlab, diniy bilim beriladi. Bu jarayon 1-2 yilgacha davom etadi.



2-bosqichda «Xijrat» yoki ko’chish bosqichi bo’lib, O’zbekiston hududidan chiqib ketib, maxsus lagerlarda «jixod» ga tayyorlash uchun jangovar mashqlarni o’rganish 2-3 oygacha davom etadi.

3-bosqich - «Jihod» bo’lib, unda portlovchi moddalardan «SHahid» belbog’i tayyorlanadi. (SHahid arabchada - islom dini yo’lida jangda halok bo’lgan shaxs). Islomda dastlab shahidlik chuqur e’tiqodga egaligini tasdiqlovchi faktor deb qaralib, kofirlarga qarshi jihod urushlarda halok bo’lganlarga shahid maqomi berilib, haqiqatdan ham iymoni, e’tiqodi mustahkam ekanligi isbotlangan shaxslarni «jannat» ga so’roqsiz kiradi deb tushiniladi. Jihodga tayyorlanishda uning bevosita ishtirokchilari alohida ajratib olinib, ularni ruhiy jihatdan, ular o’rganayotgan g'oya va amaliy ishlari haq ekanligiga ishontirish uchun Qur'ondan oyatlar o’qilib, maxsus videotasmalar ko’rsatiladi. Tayyorgarlik davrida narkotik moddalardan ham foydalanishi mumkin. Aynan shu yo’nalishda 2004 yil mart - aprel oyidagi O’zbekistonda amalga oshirilgan terrorchilik harakatlarida, shu usuldan foydalanilganligi isbotlandi.

Ma'lumki, «Hizbut tahrir» tashkiloti kuch ishlatuvchi terrorchilik tashkiloti emasligini, faqat diniy ta'lim berib, kishilarni islomiy yo’lga boshqaruvchi diniy - siyosiy tashkilot ekanligini isbotlashga o’rinishadi. Amaldagi faoliyati esa bu fikrlarning soxtaligini isbotlamoqda. Xalifalik davlatini barpo etishda «Jihod» haqiqatdagi fatvolari, adabiyotlar, varaqalarini tarqatish, terrorchilik harakatida o’zini-o’zi o’ldirishni islomda harom deb hisoblansa, hizbutchilar esa shahid deb fatvo chiqarayotganlari, kuch ishlatmay siyosiy harakat qilishligi soxta niqob ekanligidan dalolat beradi. YOki 1999 yil Qirg’iziston, 2000 yilda Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga «O’zbekiston islom harakati» jangarilarini vahshiylarcha faoliyatini, «Al-qoida», «Tolibon» harakatlarini qo'llab - quvvatlanishi yoki 2004 yil Buxoro viloyati Romitan tumanidagi «Hizbut tahrir» a'zosi N.Razzoqovning o’yi qurol va portlovchi moddalar saqlanayotgan omborga aylantirilishi kabi faktlar «Hizbut tahrir»ni kuch ishlatmay siyosiy yo’l bilan kurash olib borishi soxta niqob ekanligidan dalolatdir. Bu tashkilot Germaniyada, Rossiyada, O’zbekiston va boshqa mamlakatlarda terrorchilik tashkiloti deb tan olingan.

Hozirgi sharoitda diniy-ekstremistik tashkilotlarning Markaziy Osiyo bo’ylab tarqalish geografiyasi kengayib borayotganligini ko’rish mumkin. Oldin ko’proq aholisi zich va islomga e’tiqodi kuchliroq bo’lgan Farg'ona vodiysida, Tojikistonda mavjud bo’lgan bo’lsa, keyingi vaqtda, islomga e’tibor etarlicha bo’lmagan Qozog’iston va Qirg’izistonga tarqalayotganligini ko’rish mumkin.

O’zbekistonda 2004 yilda sodir etilgan terrorchilik harakati, «terrorchi-kamikadze» lardan foydalanganligi O’zbekistondagi diniy ekstremistik guruhlarning faoliyatida yangi usul boshlaganligidan dalolatdir. Aynan shu usulda yoshlar va xotin-qizlardan «shahid» larni tayyorlashga e’tiborni kuchaytirmoqdalar. Bu jarayonda ayollarga xos bo’lgan tez ta'sirchanlik xususiyatlaridan, eri, bolalari yo’qolgan ayollar, ruhiy-ahloqiy ezilgan, hayotdan to’ydim degan ayollardan foydalanib, ularni «shahidchilikka» jalb qilish usulini ishlab chiqdilar.

4.5. Ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z asarlarida, amaliy ishlarida halqaro diniy-ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda «Jaholatga qarshi ma'rifat» bilan kurash g'oyasini olg'a surib kelmoqda. «G'oyaga qarshi faqat g'oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish mumkin» degan so’zlariga asoslanib, bugun ommaviy axborot vositalarida respublikadagi din arboblari ham foydalanib Qur'oni Karim va Payg'ambarimiz hadislaridan fikrlar bilan isbotlab, shuningdek, asl milliy va diniy qadriyatlarimiz bo’lgan islom dini taraqqiyotiga buyuk hissa qo’shgan mutafakkirlar asarlaridagi fikrlardan keltirib, dinimiz musaffoligini, Vatanimiz barqarorligiga rahna solayotgan g'oyalarga qarshi ma'rifat bilan kurashishda juda ko’p ma'naviy - ma'rifiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Prezidentimizning qator farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari qabul qilindi. Jumladan, 2003 yil 22 avgustda Respublikada «Din sohasidagi ma'naviy - ma'rifiy, ta'lim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko’mak va imtiyozlar berish to’g’risidagi» Vazirlar Mahkamasining 364 - sonli Qarori qabul qilindi.

O’zbekiston ko’p millatli, ko’p diniy konfessiyali davlatdir. O’tgan qisqa davrda konfessiyalararo totuvlikni ta'minlash bo’yicha qator amaliy ishlar amalga oshirildi. 1995 yilda musulmon va xristian ilohiyotchilari ishtirokida «Bir samo ostida» halqaro xristian- musulmon konferensiyasi o’tkazildi. Rus provaslav cherkovi Toshkent va O’rta Osiyo eparxiyasining 125 yilligi, Evangelb-Lyuteran jamoasining 100 yilligi nishonlandi. Bundan tashqari Respublikamizga turli ko’rinishdagi diniy-ekstremistik g'oyalar kirib kelishini oldini olish maqsadida izchil siyosiy-huquqiy, madaniy-ma'rifiy, ma'naviy-mafkuraviy ishlar olib borilmoqda.

Hozirgi davrdagi jaholat urug’ini solayotgan soxta ekstremistik g'oyalarga ma'rifiy jihatdan kurashda islom dinimiz tarixiy taraqqiyotida ham shaklan boshqacharoq ko’rinishda bo’lsa-da, lekin mazmunan aynan shunday ekstremistik g'oyalar oldin ham bo’lganiga guvoh bo’lamiz. Dinimiz tarixiga nazar solar ekanmiz yana shunga amin bo’lamizki, sog’lom idrok, sog’lom haqiqat va g'oyalar soxta g'oyalar ustidan hamisha g'alaba qozonib kelgan. Ulug’ islom dinimiz rivojiga buyuk hissa qo’shgan bobokalonimiz Abu Mansur Motrudiyning ilmiy merosida soxta g'oyalarga qarshi ish olib borgan kurashida ko’rish mumkin. U kishining «Kitob at-tavhid» asarida soxta ta'limotlarga ergashishni oldini olishda ishonchli dalillardan keltirib, bu yo’ldagi barcha xatoliklar sababini aniq ko’rsatib berganiga guvoh bo’lamiz: «Bu ko’r - ko’rona taqlid bo’lib, u juda keng tarqalgan illatdir, ya’ni bunda juda ko’pchilik biron-bir ma'naviy yoki diniy yo’lboshchiga, uning fikrlari mazmun-mohiyatini tushunmagan holda qo’shilishga engib bo’lmas moyillik bildiradi. Mana shu sabab natijasi o’larok, har bir firqa va har bir yo’nalish shu paytga qadar o’z tarafdorlariga ega bo’lib kelmoqda. Bu muxlislar qachondir qabul qilingan soxta ta'limotga sadoqatda qat’iylik namoyish etmoqdalar va yana o’zlarini haqiqatning yagona egalari hisoblamoqdalar», - degan fikrlari bugungi diniy-ekstremistik guruhlarga aytilgandek seziladi. Motrudiy bobomiz o’sha davrdagi islom ichidagi soxta oqim va firqalarning haqiqiy mohiyatini ochib bergan. Bunday oqimlar o’sha davrda ham ko’p bo’lgan. SHunga qaramasdan ezgulik bilan yovuzlik jamiyatda hamisha yonma-yon kurashib, bu kurashda ezgulik g'alaba qilib kelgan. SHu ma'noda bugungi jaholat yo’liga kirgan dinni niqob qilib olgan halqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ma'rifiy yo'llaridan biri o’zbek xalqining milliy va islom diniy qadriyatlari, ularga tayanib, yosh avlodni Vatanga muhabbat, ajdodlarga sadoqat, zo’ravonlikka nafrat ruhida tarbiyalovchi, ularni ezgulik va bunyodkorlikka da'vat etuvchi bitmas-tuganmas kuch-qudrat manbai sifatida qaralishi lozim. Ular nafaqat mafkuraviy bo’shliqning yuzaga kelishiga, balki ming yillardan beri halol mehnati va olamshumul kashfiyotlari bilan jahon taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shib kelayotgan o’zbek xalqining harakterli xususiyati (mentaliteti) ga tamomila zid bo’lgan terrorchilik g'oyalarining kirib kelishi va yoshlar ongini zaharlashga qarshi qaratilgan mustahkam qalqon bo’lib hizmat qilishi mumkin.

Milliy - diniy qadriyatlarimizni har qanday soxta yovuz g'oyalardan saqlash va himoya qilishda, Qur'oni Karim va Xadislardan ma'rifiy jihatdan foydalanib, islom dini har qanday sharoitda ham terroristik harakatlarni qoralab, uning ta'limotiga ko’ra nohaq to’kilgan qon kimning qoni bo’lishdan qat’iy nazar eng og’ir gunoh hisoblaydi. Qur'onning «Moida» surasidagi 33-oyatda fikrning isboti o’z aksini topgan: «Biror jonni o’ldirmagan, buzg’unchilik, qaroqchilik kabi fasod ishlarni qilmagan insonni o’ldirgan odam huddi hamma odamlarni o’ldirgan kabidir. Unga hayot bahsh etgan odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir».

Payg'ambarimizning ko’plab hadislarida ham bu borada ogohlantirganligini o’qish mumkin: «YOv bilan harbiy to’qnashuvni orzu qilmangiz, balki Ollohdan xotirjamlik va osudalik tilangiz» (Imom Buxoriy) yoki boshqa bir hadisda «Qiyomat kuni odamlarlardan birinchi navbatda nohaq to’kilgan qonlar to’g’risida so’roq qilunur» (Imom Muslim). Bugungi kunda islom dinining qanchalik insonparvar, mehr-shafqatga chaqiradigan, taraqqiyparvar va ma'rifatparvar dinligini yoshlarimiz anglab etgandagina turli islom niqobidagi ekstremistik jaholat yo’liga kirgan g'oyaviy kuchlarga nafrat bilan qaraydi.



Mavzuni o’zlashtirish yuzasidan savollar:

  1. Jamiyat rivojlanishining o’tish davrida ma'naviy-ma'rifiy ishlarda qanday ustuvor yo’nalishlariga e’tibor bermoq darkor?

  2. Prezident I.Karimov muqaddas islom dinini islom niqobidagi qanday diniy-ekstremistik va terroristik g'oyalardan himoya qilishga qaysi asarlarida va nutqlarida da'vat etadi?

  3. Tolerantlik - diniy bag’rikenglik tushunchasini mazmuni nimani anglatadi?

  4. Diniy - ekstremizm va terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasida namoyon bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

  5. Radikal diniy g'oyalarning O’zbekistonga kirib kelishi qachondan boshlangan va tarqalishida nechta bosqichni bosib o’tgan hamda shu jarayonda qanday maqsadlarni amalga oshirgan?

  6. Bugungi O’zbekiston sharoitida diniy ekstremizmning g'oyaviy manbalari qanday oqimlardan iborat va asosiy maqsadi nima?

  7. O’zbekistonda diniy ekstremizmni paydo bo’lishi va tarqalishining tashqi va ichki omillari nimalardan iborat?

  8. Markaziy Osiyoda shu jumladan, O’zbekistonda faoliyat ko’rsatishga harakat qilayotgan ekstremistik tashkilotlarning ish uslubi qanday xususiyatlarga ega va ularning shakllanishida qanday bosqichlarni bosib o’tgan?

  9. «O’zbekiston islom harakati» qachon tashkil topgan va asosiy maqsadi nima?

  10. Markaziy Osiyoda faoliyat ko’rsatayotgan ekstremistik tashkilotning mazmun-mohiyati, g'oyasining mazmuni hamda asosiy strategik maqsadi nimaga qaratilgan?

11.O’zbekistonda tashkil topgan diniy-ekstremistik tashkilotlar bo’lgan «Akromiylik», «Nurchilar» tashkiliy tuzilishi va asosiy g'oyasini mazmuni nimaga qaratilgan?

12.O’zbekistondagi diniy-ekstremistik tashkilotlarini ish uslubida keyingi vaqtlarda qanday yangiliklar sodir bo’ldi va nima sababdan?



13. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovni halqaro diniy-ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda «jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurash» g'oyasi mazmuni va mohiyati nimalarni o’z ichiga oladi?


Download 6,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish