O`quv ishlari bo`yicha prorektor D. Q. Durdiev



Download 6,6 Mb.
bet10/112
Sana31.12.2021
Hajmi6,6 Mb.
#204447
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112
Bog'liq
Diniy ekstremizm majmua 2018(0)

Tayanch so`z va iboralar: musulmon dunyosi davlatlari, dunyoviy davlat, diniy davlat, mafkuraviy immunitet, mafkuraviy bo`shliq, mafkuraviy profilaktika.
3.1. Ma'lumki islom so’zi - arabchada itoat, bo’ysunish, e’tiqod qilmoq ma'nolarini anglatadi. Islomda Ollohning yagonaligi e’tirof etilib, Ollohdan boshqa iloh yo’qligiga ishonmoqlik va unga bo’ysunmoqlik, butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik va Olloh buyurgan diniy e’tiqod (ishonch) ga iymon keltirmoqlikdir.

Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. Dunyoda e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan xristianlikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Islom dini dunyoda geografik jihatdan juda keng tarqalgan yakkaxudolik - monoteistik dinlardan biridir. Hozirgi vaqtda bu din dunyoning 172 mamlakatiga tarqalgan bo’lib, jahondagi 6 milliard aholining 1 milliard 300 milliondan ortiqrog’i islom diniga e’tiqod qiladi. Bu esa jahon aholisining 20 foizdan ortiq qismini tashkil etadi.

22 ta arab mamlakatlarida 300-350 million musulmon yashaydi. Masalan, Misrda 60 million aholisining 48 millioni musulmon. SHundan Kohira shahrida 16 million aholi yashaydi. Afrikadagi Liviya, Tunis, Marokash, Jazoir, Sudan, Mavritaniya, Uganda, Somali kabi mamlakatlarda ham musulmonlar yashaydi. YAqin SHarqda Livan, Suriya, Iordaniya, Iroq, Falastinda, Arabiston yarim orolida Saudiya, YAman, Umal sultonligi, Fors ko’rfazida esa Birlashgan Arab Respublikasi, Qatar, Baxrayn, Quvayt kabi davlatlarda ahlining 98-99 % ini musulmonlar tashkil qiladi.

Turkiyada 61 million, Eronda 63 million, Pokistonda 125 million, Janubiy - SHarqiy Osiyo mamlakatlari bo’lgan Bangladesh 61 mln, Hindistonda 150 mln, eng ko’p musulmonlar Indoneziyada 165 millionni tashkil etadi. Bundan tashqari sobiq SSSR hududidagi mustaqil hamdo’stlik mamlakatlari Rossiyaning Dog’iston, Tatar, Boshqird, CHechen, Karachey, Balqar kabi millatlari va Sibirda hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi - qozoq, qirg’iz, o’zbek, turkman, Xitoyda uyg’ur, qrim tatarlari ham islomga e’tiqod qiladilar. Dunyoning boshqa mamlakatlarida ham musulmonlar yashab islomga e’tiqod qiladilar. Evropa qit'asida Bolqon yarim orolidagi Albaniya, Kosova, Bosniya-Gersogovina kabi mamlakatlarida ham musulmon xalqlari yashaydi.



Aholisining ko’p qismi mutlaq musulmonlardan iborat bo’lgan 39 mamlakat, shuningdek, aholisini yarmini musulmonlar tashkil qilgan mamlakatlar ham (Misr, Malayziya) o’zlarini musulmon mamlakatlari deb ataydilar. Mavritaniya, Eron, Pokiston, Kamar orollari, Afg'oniston kabi mamlakatlarni nomiga ham islom so’zi qo’shib aytiladi. Masalan, Eron yoki Pokiston, Afg'oniston islom respublikasi deb yuritiladi. 28 mamlakatda islom rasmiy davlat dini va mafkurasi sifatida tan olingan.

Hozirgi sharoitda musulmon dunyosining diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashini dolzarbligi eng avvalo shu mamlakatlarini o’zining havfsizligi bilan birga, jahon hamjamiyatida tinchlik va totuvlikni barqaror qilishga xizmat qiladi. SHu sababli bu masala eng dolzarb vazifalaridan biridir. 1930 yillarda ham halqaro «Millatlar birligi» tashkiloti mavjud bo’lgan. Uning nizomida terroristik harakatlar ta'qiqlangan edi. Keyinchalik ikkinchi jahon urushi munosabati bilan bu tashkilot faoliyati to'xtatilib, unutilgan edi. 1972 yillardan boshlab diniy - ekstremistik harakatlar faollashuvi sababli, jahon hamjamiyati e’tibori qaytadan bu masalalaga qaratila boshlandi va ayrim huquqiy asoslari qabul qilindi.

Masalan, Misrda «Birodar musulmonlar» nomli diniy - esktremistik tashkilotlar faoliyati sodir bo’lgan revolyusiyadan keyin Prezident J. Nosir tomonidan taqiqlangan. Bunga javoban ekstremistlar J. Nosirga suiqasd qilishgan.

«Musulmon birodarlar» tashkiloti 1928 yilda Misrning Ismoiliya shahrida SHayx Xasan al-Banno tomonidan asos solinib, u diniy - siyosiy tashkilot hisoblanadi. Ular islom dini tarqalgan mamlakatlarda «Jihod», «Islomiy davlat», «Islomiy adolat» g'oyalarini ko’tarib chiqib, bu yo’lda hokimiyatni zo’rlik bilan qo’lga olishni maqsad qilib qo’yadi.



1952 yilga kelib, oldingi mavzuda izohlab berilgan «Islom ozodlik partiyasi» (Hizb-ut-tahrir) «Musulmon birodarlari» tashkilotidan ajralib chiqadi. Bundan tashqari, oldingi mavzuda yoritib berilgan diniy-ekstremistik tashkilotlarga qarshi kurash maqsadida, ko’pgina arab mamlakatlarida, ularning faoliyati noqonuniy deb e’tirof etilgan.

Qisqaroq qilib aytganda, 2001 yil 11 sentyabr AQSH dagi dahshatli terroristik voqealar nafaqat musulmon mamlakatlarida, balki butun dunyoda terrorizm balosidan qutulish birinchi darajali echilishi lozim bo’lgan muammo ekanligini ko’rsatdi. Bu masalada jahonda murakkab vaziyat kelib chiqayotganligini O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov halqaro hamjamiyatga tinmay murojaat qilib kelgan bo’lsa-da, bu masalada terrorizmga qarshi kurashish bo’yicha halqaro umumiy strategiyani belgilashda o’z vaqtida e’tibor berilmadi. Terrorizmga qarshi kurash bugun global muammoga aylandi va unga qarshi kurash butun insoniyat vazifasi bo’lmog’i darkor. SHu nuqtai nazardan O’zbekiston rahbari jahondagi yirik mamlakatlarni birlashtirish maqsadida murojaat qilib, muloqot olib borish natijasida terrorchilikka qarshi kurashda o’zaro kelishib harakatlarni muvofiqlashtirib hamkorlikda ish olib borish imkoniyati to’g’ildi. Buning sababi terrorchilik butun jahonga xavotir o’yg'otayotganligida edi. Qolaversa, halqaro terrorizmga qarshi kurash bir yoki bir necha mamlakat ishi emas edi.

3.2. 2001 yil 11 sentyabrda AQSH dagi mudhish voqealardan keyin yurtboshimiz takliflari asosida jahondagi taraqqiyparvar davlatlarning yovuzlikka qarshi birlashgani eng muhim ahamiyat kasb etdi. Bugungi kunda terrorizmga qarshi kurashuvchi koalisiya tarkibiga kiruvchi davlatlar soni kundan-kunga ko’paymoqda. Xususan, uning tarkibida Italiya, Ispaniya, AQSH, Angliya, SHveysariya, Turkiya, Rossiya va boshqa ko’plab mamlakatlar bor. Nbyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasida ham asosiy masalalar orasida terrorizm muammo si ко’rib chiqildi va unda terrorizmni qoralovchi halqaro qarorlar qabul qilindi. Unda O’zbekiston tashqi ishlar vazirligi bevosita qatnashdi.

Bundan tashqari, BMT ning Bosh qarorgohida 6+2 guruhiga a'zo bo’lgan Afg'onistonga chegaradosh davlatlar va Rossiya, AQSH tashqi ishlar vazirlari uchrashuvlarida muhokama qilinib, hamkorlikda terrorizmga qarshi kurashish haqida siyosiy-hukukiy hujjatlar qabul qilindi. SHu asosda 2002 yil 7 oktyabridan boshlab terrorizmga qarshi birlashgan mamlakatlar koalisiyasi qurolli kuchlari AQSH rahbarligida terrorizm o’chogi bo’lgan Afg'onistonga harbiy zarbalar berilishi natijasida «Toliblar» deb atalgan harbiylashgan kuchlardan ozod etildi va natijada bugun Afg'oniston xalqi uchun tinch hayot o’rnatish imkoniyatlari to’g’ildi.

Bugungi kunda dunyoning ko’pchilik davlatlarida terrorizmga qarshi kurashni huquqiy asoslarini yaratish maqsadida qonunlar qabul qilinayotir.

«Hozirgi vaqtda terrorizmning tajovuzidan o’zini holi xis qiladigan birorta qit'a yoki davlatning o’zi yo’q. Xuddi vabo singari er yuzining ko’plab mamlakatlariga yoyilib borayotgan bu balo-qazo ertaga kimni nishonga olishini oldindan aytish qiyin», - deb ta'kidlaydi.

I. Karimov o’zining «Vatanimizning tinchligi va havfsizligi o’z kuch qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq» nomli ma'ro’zasida.

YUrtboshimiz davrimiz vabosi bo’lgan terrorizmga qarshi kurashda halqaro hamjamiyatni jipslashtirishning ahamiyatini yana bir bor eslatib, O’zbekiston Parlamentining Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma yig’ilishidagi ma'ro’zasida «Bugungi kunda halqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash dunyo mamlakatlarini birlashtiradigan asosiy omil bo’lib qolmokda. XXI asr vabosi bo’lgan ushbu illatga qarshi jahon hamjamiyatining murosasiz kurashini O’zbekiston to’la qo'llab-quvvatlaydi» deb o’qtiradi.

3.3. Islomdan siyosiy maqsadlarda foydalanib, islomni niqob qilib olib, yurtimizdagi tinchlik, totuvlik, bunyodkorlikni ko’ra olmayotgan yovuz kuchlar ham borligi sir emas.Birinchi Prezident I.Karimov bu borada ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n to’rtinchi sessiyasida «Vatanimizning tinchligi va havfsizligi o’z kuch - qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq» nomli nutqida: «Barchamizga ayon bo’lishi kerakki, g'animlarimizning asosiy niyati O’zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotni buzish, tobora kuchga kirayotgan davlatimizni ag’darish, tanlagan yo’limizdan qaytarishdir. Odamlarimizning yuragiga vahima va qo’rquv solish hisobidan ularning ertangi kunga bo’lgan ishonchini yo’qotish, bir biriga qarshi qo’yish, yurtimizda, mintaqamizda o’z manfaati, o’z siyosatini o’tkazishdan iborat» deb ta'kidlaydi. Bu yo’lda ekstremistlar terrorchilik harakatlarini amalga oshirib, o’zlarining qabih niyatlarini ko’rsatmoqda. Bu harakatlar 1999 yil 16 fevral voqealari, 2004 yil 29-30 mart va 1 apreldagi mudhish terrorchilik harakatlari hamda 30 iyul 2004 yildagi terroristik portlatishlar, 2005 yil 13 mayda Andijon shahrida amalga oshirilgan terrorchilik natijasida qon to’kilishi, shuningdek, Surxondaryo viloyati va Toshkent viloyatidagi bosqinchiliklarda namoyon bo’lmoqda.

Islom dinini niqob qilib olgan ekstremizm, terrorizm yoki diniy fundamentalizmni maqsad qilib olganlarga qarshi O’zbekistonda muhim sa'y-harakatlar qilinmoqda. Muhtaram Birinchi Prezidentimizning «Olloh qalbimizda, yuragimizda» nomli asaridagi ilxombaxsh satrlari fikrimizning yaqqol tasdig’idir: «Biz o’z muqaddas dinimiz va e’tiqodimizdan hech qachon voz kechmaymiz. SHu bilan birga muqaddas dinimiz sha'niga dog’ tushirmoqchi bo’lgan kimsalar bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Men O’zbekiston rahbari sifatida qandaydir yovuz kuchlar islom dinini, ota bobolarimiz e’tiqodini, musulmon fuqarolarimizni tahqirlashiga, jamiyatimizga havf to’g’dirishiga hech qachon yo’l qo'у may man».

Andijon voqealarini Birinchi Prezidentimiz tahlil qilib, unga tegishli baho berib, terroristlarning Andijon viloyati hokimiyat binosini bosib olib, islom xalifalik davlatini shahobchisini tashkil etish, keyinchalik butun O’zbekistonda hokimiyatni zo’ravonli bilan bosib olishni maqsad qilib qo’yganligi fosh qildi. Ba'zan diniy ekstremizmga bir vaqtning o’zida qayd qilingan barcha ko’rinishlarda namoyon bo’lishiga, vaziyat va sharoitga qarab alohida urg’u berish mumkin. Ularning Kur'on oyatlariga asoslanishi esa islomning sof g'oyalarini jamiyatga tadbiq etish uchun emas, balki yurtdoshlarimizning e’tiqodini chalg’itishga, islom omili orqali hokimiyatga intilishdan o’zga narsani ko’zlamaydi. Bu o’rinda Birinchi Prezidentimiz I. A.Karimov so’zlariga e’tiborni qarataylik: «Oq-qorani, do’st - dushmanni taniydigan xalqimiz din nima-yu, soxta aqidalar nimaligini, kim рок niyatli xudojuy insonu, kim munofiq riyokor ekanini yaxshi biladi. Taassufki, ba'zan islom dini va islom fundamentalizmi haqida gapirganda bu ikki tushunchani bir-biriga aralashtirib yuborish hollari uchramoqda. Ma'lumki, hozir dunyoda 1 milliard 300 million odam islom diniga e’tiqod qiladi. Muqaddas islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan allaqanday mutaassib kuchlar, tabiiyki, er yuzidagi barcha musulmonlarning ruhiy olami va dunyoqarashini belgilay olmaydi». Prezidentimiz I.Karimov o’z asarida ta'kidlaganidek, bular mamlakatimiz tashqarisidagi tajovuzkor, aqidaparast kuchlar bo’lib, ular islom dinining xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanidan foydalanib, O’zbekistonni demokratik-ma'rifiy taraqqiyot yo’lidan og’dirishga, uni orqaga qaytarishga urinmoqdalar. Bu fikrning tasdig’ini O’zbekistonda so’nggi yillarda paydo bo’lgan, bizning dinimizga yot turli aqidaparastlik oqimiga mansub vahhobiylik «Hizbut-tahrir» «Musulmon birodarlar» harakatlari misolida yaqqol ko’rish mumkin (Ma'rifat gazetasi, 1999 yil, 24 iyun). Bu kabi g'ayriinsoniy hatti-harakatlarning asosiy maqsadi, hatto o’zlari ishonmaydigan g'oya va aqidalarni aholi o’rtasida tarqatib, irodasi bo’sh, ongi past ayrim yoshlarni aldab, ularga qasam ichirib, soxta e’tiqodga ko’ndirib, o’z tarafdorlari sonini ko’paytirib, yagona mafkuraga birlashtirmoqdalar.

Prezident I.Karimov «Olloh bizning qalbimizda, yuragimizda» deb nomlangan asarida islom dini bilan turli aqidaparastlar va ekstremistlar qarashlarining farqini tushuntirib, ularning g'arazli maqsadlarini xalqqa etkazish muhimligini ta'kidladi. CHunki har bir kishi har qanday g'oyaga ongli munosabatda bo’lib, uni chuqur tushunib olsa, o’sha g'oyaning to’g’ri-noto’g’riligini ajrata oladi va qanday harakat qilish lozimligini tushunib etadi. Aks holda turli yuzaki tashviqotlarning foydasi yo’q. Bu borada ma'rifat hodimlari, ziyolilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. YUrtboshimiz Oliy Majlisning XI sessiyasida ta'kidlaganidek, «Olimlarimiz, ta'lim - tarbiya dargohlarining tarbiyachilari, o’qituvchilari O’zbekistonga bo’lgan havf va tahdidlarni to’g’ri tahlil qilib, bolalarimiz taqdiri uchun birinchi navbatda yonib harakat qilishi, bolalarimizni butunlay havfdan himoya qilishlari kerak». Birinchi Prezidentimiz I.Karimov Oliy Majlisning 1999 yil 14 aprelidagi sessiyasida, «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» deb nomlangan ma'ro’zasida qo’yidagilarni alohida ta'kidladilar: «16 fevral kuni Toshkentda ro’y bergan fojiali voqealar ko’p narsalarga ko’zimizni ochib berdi, demak, o’ylaymizki sizlar mening bu fikrimga qo’shilasiz. Biz o’zimizning achchiq tajribamizdan O’zbekiston mustaqilligiga haqikiy havf-hatarlar borligiga qayta - qayta amin bo’lmoqdamiz. Bunday kirdikorlardan maqsad, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, fuqarolar va millatlararo totuvlikni izdan chiqarishga o’rinishdir. Boshqacha aytganda, bundan maqsad xalqimizning farovon hayot qurishga bo’lgan intilishlarini izchil rivojlantirishimiz va jahon hamjamiyatiga qo’shilish yo’lidagi ezgu niyatlarimiz poydevorini barbod etishdan iboratdir. Ana shu fojeali voqealarning asosiy sabablari haqida to'xtalar ekanman, men shularni e’tiboringizni ochiqdan-ochiq turgan ikkita havf-hatarga qaratmoqchi edim: Birinchidan, mamlakat tashqaridagi tajovuzkor aqidaparast kuchlar islom dini xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanidan foydalanib, O’zbekistonni demokratik, ma'rifiy taraqqiyot yo’lidan og’dirishga intilmoqdalar. Ikkinchidan, biz uni hech qachon unutmasligimiz kerakki, hali-hanuz bizning mustaqil yo’limizni ko’ra olmaydigan turli bahonalar bilan O’zbekistonga o’z siyosatini, ta'sirini o’tkazish va hukmronlik qilishga o’rinayotgan kuchlar mavjud» (Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda T: «O’zbekiston», 1999y, 10-11 betlar) Bunday havf xatarlarning Markaziy Osiyo mintaqasiga, xususan, aksariyat aholisi islom dinida bo’lgan Tojikiston, O’zbekiston va boshqa mustaqil mamlakatlarga tahdid solayotganligini Prezidentimiz hisobga olishni ko’zda tutadi.



«Meni, - dedi I.Karimov, - hududni bosib olish maqsadidagi kurash tajovuzi havfi emas, balki miyasi zaharlangan yoshlarni o’zlari o’sib- o’lg'aygan shahar va qishloqlarni portlatishga o’rgatadigan plasdarm va bazalarni bunyod etishni maqsad qilib olgan diniy ekstremizm ekspansiyasi xavotirga solmoqda». Muhtasar qilib aytganda, «Mustaqillik va din» mavzusini o’rganish qo’yidagi xulosalarga olib keladi. Birinchidan, O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li bu go’zal bir gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm merosidan va diniy ekstremizmdan halos bo’lish va poklanish, yagona mafkuraviylik illati etkazgan ziyon zahmatlarning bartaraf etilishi qiyin, uzoq davom etadigan yo’ldir. Ikkinchidan, mafkuraviy bo’shliqni bartaraf etishning, ayniqsa, diniy ekstremizm, islom fundamentalizm! va vahhobiylikni bartaraf etishning asosiy yo’li - hamma sohada mustaqillikni, Konstitusiyamiz tamoyillarini, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida» gi qonunni og’ishmay to’g’ri amalga oshirish talab etiladi. Uchinchidan, mafkuraviy tazyiqqa, diniy ekstremizm va vahhobiylik havf-hatarlariga barham berish uchun barcha fuqarolar, millat va elatlar, ayniqsa, yoshlarning ongliligi, xo’shyorligini doimo oshirish zarur.

Birinchi Prezident I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2 - chaqiriq 9 -sessiyasida ta'kidlaganidek: «Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning muhim tarkibiy qismi ma'naviyat va ma'rifat sohasida shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan iborat deb vazifa qo’yildi. Bu tizim markazida ma'naviyat, ahloq-odob, ma'rifat kabi o’lmas tushuncha, qadriyatlar turmog’i lozim. Bu tizimda muqaddas dinimiz ham, butun sharq falsafasi ham ulug’langanligini qayd etadi. SHuningdek, yurtboshimiz biz pedagog tarbiyachilarga qarata da'vat qilib, olimlarimiz, ta'lim - tarbiya dargohlarining tarbiyachilari, o’qituvchilari O’zbekistonga bo’lgan havfu hatarni to’g’ri tahlil qilib, bolalarimiz bunday yovuz kuchlardan himoya qilishlari kerak» deb undaydi.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, Birinchi Prezident I.Karimov Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq o’n to’rtinchi sessiyasida, 2004 yilning 29 aprelidagi nutqida xalqimizni yana bir bor hushyorlikka chaqirib, «Xalqaro terrorchi kuchlar qaytadan birlashib bosh ko’tarayotgan, o’ta makkor va yovuz uslublarni qo'llayotgan bugungi murakkab vaziyatda hayotning o’zi halqaro hamjamiyat, jumladan, mintaqamizda joylashgan barcha davlatlardan bu baloga qarshi kurashishda hamkorlikni ko’chaytirishni, bir yoqadan bosh chiqarib, bunday o’rinishlarga keskin zarba berishni, har qanday tajovuz va terrorchilik hurujlarining oldini olish, ularning mafkuraviy zaminini yo’qotish va avvalo, yoshlarimizning qalbi va ongi, sog’lom tafakkuri uchun kurashishni taqozo etmoqda. Bu kurashdan hech kim chetda qolmasligi kerak», - deb alohida qayd etadi.

Diniy - ekstremistik va terroristik harakatlar mamlakatimizga nisbatan qanday dushmanlik ko’rinishlariga qaramasdan, Prezidentimiz rahbarligida yovuz kuchlarga, muqaddas islom dinimizni yoki musulmon fuqarolarimizni tahqirlashga, jamiyatimiz osoyishtaligiga havf to’g’dirishda hech qachon yo’l qo’yilmaydi. Har qanday tajovuz va terrorchilik hujumlarini oldini olish, ularning mafkuraviy zaminini yo’qotish va, avvalo, yoshlarimizning qalbi va ongi, sog’lom tafakkuri uchun kurashishni taqazo etadi.



«Ayni zamonda, - deya qayd qilgan edi Birinchi Prezidentimiz, - barchamiz bir tanu bir jon bo’lib, terrorizm va ekstremizm havfiga qarshi qat’iyat bilan kurash olib borishimiz, «O’z o’yingni o’zing asra» degan shiorning ma'nosini keng va chuqur anglab, go’zal va betakror Vatanimizning tinchligini, xalqimiz osoyishtaligini ko’z qorachig’iday saqlashimiz zarur». I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvarda qo’shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir» nomli ma'ro’zasida qayd etganidek, «Ayni paytda, biz faqat terrorizmning tashqi ko’rinishlariga, begunoh odamlarni garovga oladigan, portlatadigan va o’ldiradigan kimsalarga qarshi kurashish bilangina bu ofatni bartaraf etib bo’lmasligini bir necha bor ta'kidlaganmiz. Hayotning o’zi shuni ko’rsatmoqdaki, avvalambor, ushbu balo-qazoning birlamchi manbalariga qarshi kurashish darkor. YA’ni islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchilik mafkurasini yaratayotgan ko’plab radikal va ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylantirib, ulardan terrorchilar tayyorlash bo’yicha konveyer tashkil etayotgan, halifalik tuzishdek turli xom hayollarni amalga oshirishga o’rinayotgan kabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak» - deb vazifa qo’ydi.

Demak, terrorchilik tag-tomiri bilan yo’q qilinmas ekan, bu jaholat jahondagi har bir inson yoki xalqning boshiga tushishi mumkin. SHuni hisobga olib, ogoh bo’lmoq zarur.

YOshlarimiz ongini zaharlashga qaratilgan esktremistik va terroristik g'oyalarning oldini oladigan milliy qadriyatlarimizning tarkibiy qismi bo’lgan insonparvarlik, tinchliksevarlik, ma'rifatparvarlik asosida qurilgan milliy va diniy qadriyatimiz bo’lgan islom arqonlarini yoshlarimizga tushuntirib borilsa, har qanday diniy niqobdagi g'oyalarga, ularning makkorona, g'arazli va jirkanch niyatlariga berilmasligi mumkin.

YOshlarimiz ongini zaharlashga qaratilgan radikal guruhlardan himoya qilishning yana bir yo’li, xalqimiz qadriyatlarini tiklab, o’zlikni anglash hissini o’yg'otish orqali ma'naviy sarchashmalarimizga, uning ildizlariga qaytib, Vatanga, millatga sadokat ruhida tarbiyalash lozim. CHunki, milliy va diniy qadriyatlarimiz, yosh avlodni Vatanga muhabbat, ajdodlarga hurmat, zo’ravonlikka nafrat ruhida tarbiyalovchi, ularni ezgulik va bunyodkorlikka undovchi bitmas-tuganmas ma'naviy manbadir.



Diniy mutaassib (fanatik) oqimlar va ulardan yoshlarni himoya qilish uchun, eng avvalo ularga kirib qolish sabablarini anglab olmoq darkor. Ko’pincha hayotda o’z o’rnini topaolmaslik natijasida yuzaga keladigan bo’shliq sababli ruhiy tushkunlik (stress) holatdagi kishilar tezroq beriladi. CHunki diniy radikal (mutaassib) oqimlar o’z ta'limotlarni kishilardagi hayotiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, juda bir jozibador, insonparvar qilib ko’rsatishga o’rinadi.

Diniy mutaassib oqimlar a'zolarini qanday alomatlari bilan harakterlanishini bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular asosan oilaviy hayot va mehnat faoliyati jarayonida kuchli ruhiy ezilishi, oiladan ajralishi, ishsiz qolishi kabi hayotiy hodisalar va tushkunlik, umidsizlikka berilishi natijasida ularga kirib qolishga sabab bo’ladi. Undan tashqari, haqiqiy e’tiqod qiluvchilar ma'naviy - ma'rifiy chanqoqligini yashayotgan joyda va ishlayotgan jamoalarida ma'naviy ehtiyoj va intilishini qondirmaslik omillari, shuningdek ruhiy kasalliklari tufayli, radikal diniy oqimlarda o’zining hayotdagi o’rnini topgandek his qilishi ham sabab bo’ladi. Bundan tashqari, yoshlarda hayotiy tajriba, shukronalik, sabr-toqat etishmasligi, soddadilligi yoki atrofdagi sodir bo’layotgan adolatsizliklarni ko’rib, ularga nisbatan nafrat o’yg'onishi ham diniy mutaassiblik yo’liga kirishiga sabab bo’ladi.



Mutaassib oqimlarga jalb qilish usullari juda bir ustakorlik, makkorlik, kuzatuvchanlik usullarida amalga oshiriladi. Masalan, qiziqayotgan shaxsga iliq munosabat, diqqat e’tibor va g'amho’rlik bilan kutib oladi. Bu oqimning bo’lajak a'zosi sifatida shaxsga iqtisodiy yordam, baxt, erkinlik, bilim olish uchun hamma imkoniyatlar va'da qilinadi. Undan keyin ikkinchi bosqichda sizga bilim berish, mashq qildirish, yangi a'zolarini topish kabi ishlar bilan band qilinadi. A'zolikka jalb qilishning uchinchi bosqichida jamiyatdagi mavjud siyosat va olib borilayotgan ishlar eskirgan deb hisoblab, oila va davlat shu eski boshqaruv usularidan qutulishga najot kutayapti deb, siz jamiyatdagi ehtiyojlarni qondiruvchi etakchi shaxs bo’lishingiz kerak deb miyasiga singdiriladi. Oqimlarga jalb kilishning keyingi bosqichlarida shaxs butunlay shu mutaassib oqimga bog’lanib qolib, oiladan, jamiyatdan ajratib olinadi Unga qilingan sarf-xarajatlar ta'sirida, guruhga haqiqiy a'zo bo’lib qolib, o’rgatayotgan o’qituvchisiga butunlay bo’ysunish hissi o’yg'onadi, fanatik bo’lib qoladi. Ana shunday holga kelib qolganlardan terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda foydalanadilar.

2005 yil 13 mayda Andijon shahrida «Akromiylar» deb atalgan ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etilgan terroristik voqealar diniy ekstremizm naqadar havfli ekanligini, u o’z maqsadiga erishish yo’lida har qanday ig’volardan begunoh 169 kishilarning qonini to’kib, adashgan yoshlarning ongini zaharlab, ularni o’z ota-onalariga, opa-singil, aka-ukalariga, xalqiga va Vataniga qarshi qo’yishdan toymasligini ko’rsatdi. Bu voqealar bizdan ogohlikni yanada ko’chaytirishni talab qiladi.

Biz bugun yoshlarimizni shunday ekstremizm «qarmog’i» ga ilinib qolmasligi uchun dinni niqob qilib olgan yovuz g'oyalarning mohiyatini, xususiyatlarini, jalb qilish usullarini ochib berish, ularni shu yo'llarga kirib ketishdan saqlash har birimizning muqaddas burchimiz bo’lishi kerak. Bu esa terrorizmga qarshi kurashdagi asosiy samarali usullardan biridir.

3.4. Ma'lumki, kishilik jamiyati tarixida ham, bugunida ham kelajagida ham mafkurasiz ijtimoiy guruh, millat va davlat bo’lmagan va bo’lmaydi ham. Odamlar qaysi davrda, qanday jamiyatda yashamasin, nimagadir ishonish, e’tiqod qilish, ma'lum bir g'oyaga, ilmiy ta'limotga asoslanib ish ko’radi.

Mamlakatimizda demokratik, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qaror topishi uchun milliy jipslik (milliy konsolidasiya) ni taqazo etadi. SHu asosda mahalliychilik, urug’-aymoqchilik, turli guruhbozlikni oldini olish uchun umummilliy, umumxalq manfaatlarni tor sinfiy, mintaqaviy, partiyaviy manfaatlardan ustun qo’yadigan jamiyatning hamma a'zolarini jipslashtiradigan, oliy maqsad sari safarbar qiladigan milliy istiqlol g'oyasi ishlab chiqildi.

Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 1998 yilda «Tafakkur» jurnalini bosh muharriri savollariga javobida «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga hizmat etsin» nomli asarida mafkuraga baho berib, «Mafkura bo’lmasa odam, jamiyat, davlat o’z yo’lini yo’qotishi muqarrar»,- deb qayd qiladi.

Umuman, mafkuraning kuchi, qudrati shundaki, u odamlarni jipslashtiruvchi yoki ayirib tashlashi, yoki bunyodkorlikka otlantirishi yoki qirg’inbarot vayronkorlikka giriftor qilishi mumkin. Har qanday mafkuraning mazmuni millat yoki guruhning jamiyatdagi o’z o’rni, atrofdagi millatlar va xalqlarga munosabati, orzu-umidlari, maqsad e’tiqodlaridan iborat bo’ladi.

Ayrim g'oyalar mutlaqlashtirilib, «aqida»ga aylanib qoladi. Bunday g'oyalar jamiyat uchun ko’p kulfatlar keltirishi mumkin. CHunki har qanday aqida negizida ham g'oya mavjud. Mafkuradan farq qilib, aqida mutlaq haqiqat sifatida mo'ayyan guruh tomonidan e’tirof etiladigan va targ’ib qilinadigan rivojlanmaydigan, qotib qolgan g'oya bo’lib, jamiyatni jaholat sari yo’naltiradi. O’zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi esa doimo rivojlanib, boyib boradi. Mafkurani yaxlitligini, ta'sirchanligini ta'minlashda jamiyatdagi siyosat olib boruvchilarning roli ham muhimdir. SHu ma'noda, O’zbekiston xalqlarini maqsad va muddaolarini anglab etgan Prezident I.Karimov ta'kidlaganidek, bizning milliy mafkuramiz har qanday aqidaparastlikdan, millatchilikdan holi bo’lgan g'oya, birinchi navbatda, yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik fazilatlarini singdirishga hizmat qilishi, Vatanimizning shonli o’tmishi va buyuk kelajagi bilan bog’lab turadigan g'oyadir. SHu asosda, milliy istiqlol mafkuramiz el-yurtimizni birlashtirib, har qanday yot, buzg’unchi, vayronkor ekstremistik g'oyalarga qarshi qalqon bo’lishi kerak. SHu nuqtai nazardan, I.Karimov alohida ta'kidlaydiki, «Demak bugungi kunda g'oyani, fikrni ta'qiq bilan, ma'muriy choralar bilan engib bo’lmaydi. G'oyaga qarshi faqat g'oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin».

Mamlakatimizda diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda, yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol mafkurasini singdirib, uni ma'naviy fazilat darajasiga ko’tarish natijasida mafkuraviy immunitetni shakllantirishni taqazo etadi.

Immunitet tushunchasi, umuman olganda, tibbiy tushuncha bo’lib, tirik organizmning ichki mo'ayyanligini saqlashga, turli kasallik va infeksiyalardan himoya qilishga qodirligini o’zida aks ettiradi.

Mafkuraviy immunitet tushunchasida esa, shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlatni turli zararli, g'arazli vayronkor ekstremistik g'oyaviy ta'sirlardan himoyalashga hizmat qiluvchi tarbiyaviy tizim tushuniladi.

SHu nuqtai nazardan, har qanday g'oya kishilar ongini, qalbini egallab, inson ma'naviy -ruhiy holatinining o’zviy, ajralmas qismi bo’lgandagina maqsadga da'vat etuvchi kuchga aylanadi.

SHu maqsadda turli yovuz eksremistik g'oyalarning ta'siriga berilmasligi uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish, mafkuraviy dahlsizlikni ta'minlash zarur. Buning uchun, birinchidan, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob'ektiv, voqelikni to’g’ri aks ettiradigan, Vatan va xalq manfaatiga hizmat qiladigan umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta'minlaydigan bo’lishi lozim.

Ikkinchidan, millat, jamiyat, davlat, qadriyatlar tizimi mafkuraviy imkoniyatlarini belgilab beradi va qadriyatlar, urf-odatlar mustahkam bo’lsa, mafkuraviy tajovuzlarga berilmaydigan qalqon bo’lib hizmat qiladi.

Uchinchidan, ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma'rifiy sohalardagi millat, jamiyat,

davlatning aniq maqsadi bo’lishi kerak va shu maqsadni amalga oshirishda sobitqadamlik va

irodali bo’lishi zarur. SHundagina har qanday mafkuraviy tazyiqga bardosh bera oladi.

Umuman, diniy-ekstremistik g'oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet tizimini shakllanatirishda mafkuraviy profilaktikani o’rni katta ahamiyat kasb etadi. Mafkuraviy profilaktika tushunchasida yot ekstremistik g’oyalarning kirib kelishining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy institutlar (tarbiyaviy tashkilot) tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g'oyaviy - tarbiyaviy, ma'naviy - mafkuraviy ishlar majmui bo’lib, u butun g'oyaviy tarbiya tizimini qamrab olishi zarur.

Mafkuraviy immunitetni amalga oshirishda g'oyaviy ta'sirning turli usullaridan foydalanadi. Mafkuraviy profilaktikada tezkor va qisqa suratlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich sobitqadamlik bilan ish olib boriladi. Sog’lom milliy istiqlol g'oyasini xalq qalbi va ongiga singdirishga hizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar: oila, maktab, o’quv yurtlari, mahalla, jamoat tashkilotlari va davlat tizilmalari hamkorlikda ish olib borsa, ko’zlangan maqsadga erishiladi. Bu jarayonda Vatan, xalq, millat manfaatlarini do’stlik va birodarlikni, o’zaro hurmat va diniy bag’rikenglikni ulug’lovchi hadislardan, ertak, doston, qo’shiq, raqs va boshqa madaniy-ma'naviy qadriyatlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Xulosa qilib aytganda, mustaqil O’zbekistonda voyaga etayotgan har bir yoshni diniy ekstremistik va terroristik g'oyalarga qarshi kurashda va ularni g'oyaviy himoyalashda ma'naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun, milliy istiqlol g'oyasi bilan qurollangan kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish hamda uni himoya qilishning asosiy shart-sharoitlaridan biri bo’lib hizmat qiladi.

Prezident I.Karimov Oliy Majlis Qonunchiligi palatasini 1- yig’ilishi 2005 yil 27 yanvardagi «Parlament - jamiyat hayotining ko’zgusi» nomli nutqida ta'kidlaganidek, mamlakatimizda hokimiyat tarmoqlarini va xalq ommasini «birlashtiradigan narsa bu - milliy g'oya. Buni barchamiz yaxshi tushunib olishimiz kerak. Bizning milliy g'oyamiz esa yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq forovonligi kabi yuksak tushunchalarni o’z ichiga olishi» ekan, bu borada hamjihat bo’lib, har bir kishi har qanday ekstremistik va bizga yot g'oyalarga qarshi kurashmog’i lozim bo’ladi.




Download 6,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish