O`quv ishlari bo`yicha prorektor D. Q. Durdiev


Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.04.00.00 Жамият хавфсизлиги / 16.04.10.00 Терроризм ва диний экстремизмга қарши кураш]



Download 6,6 Mb.
bet105/112
Sana31.12.2021
Hajmi6,6 Mb.
#204447
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   112
Bog'liq
Diniy ekstremizm majmua 2018(0)

1.16.00.00.00 Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.04.00.00 Жамият хавфсизлиги / 16.04.10.00 Терроризм ва диний экстремизмга қарши кураш]

[ТСЗ:



1.Мудофаа ва миллий хавфсизлик / Терроризм ва диний экстремизм билан кураш]

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO‘G‘RISIDA

I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari

Ushbu Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta’minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.

2-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

[СПиТ:



1.Терроризм / Гаровга ушлаб турилган шахс]

garovga ushlab turilgan shaxs — qo‘lga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, xalqaro tashkilotlarni, shuningdek ayrim shaxslarni biron-bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo‘lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shaxs;

[СПиТ:

1.Терроризм / Терроризм]

terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarning yo‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar;

[СПиТ:

1.Жиноят турлари / Терроризмни молиялаштириш]

terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, faoliyat ko‘rsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni ta’minlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni berishga yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat;

(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)

[СПиТ:



1.Терроризм / Террорчи]

terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs;

(2-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)

[СПиТ:



1.Терроризм / Террорчилик гуруҳи]

terrorchilik guruhi — oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko‘rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi;

[СПиТ:

1.Терроризм / Террорчилик ташкилоти]

terrorchilik tashkiloti — ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi;

[СПиТ:

1.Терроризм / Террорчиликка қарши операция]

terrorchilikka qarshi operatsiya — terrorchilik harakatiga chek qo‘yish va uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek jismoniy shaxslarning xavfsizligini ta’minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan, kelishilgan va o‘zaro bog‘liq maxsus tadbirlar majmui;

[СПиТ:

1.Терроризм / Террорчиликка қарши операция ўтказиладиган зона]

terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkaziladigan zona — joyning yoki akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo‘shlig‘i, transport vositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, xonalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkaziladigan doiradagi ularga tutash hududlar;

[СПиТ:

1.Терроризм / Террорчилик фаолияти]

terrorchilik faoliyati — terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirishdan, terrorchilik harakatiga undashdan, terrorchilik tashkilotini tuzishdan, terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan ta’minlashdan iborat bo‘lgan faoliyat;

[СПиТ:

1.Терроризм / Террорчилик ҳаракати]

terrorchilik harakati — garovda ushlab turish uchun shaxslarni qo‘lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamoat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik ob’ektlarni shu jumladan kontinental shelfda joylashgan statsionar platformalarni bosib olish, shikastlantirish, yo‘q qilish, portlatishlar, o‘t qo‘yishlar, portlatish qurilmalarini, radioaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy, boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qo‘rqitish, er usti, suv va havo transporti vositalarini qo‘lga olish, olib qochish, shikastlantirish, yo‘q qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotganda vahima ko‘tarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslar mol-mulkiga avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yo‘li bilan zarar etkazish yoki xavf tug‘dirish, tahdidni har qanday vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish;

(2-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)

[СПиТ:



1.Терроризм / Халқаро терроризм]

xalqaro terrorizm — bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm.

3-modda. Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

4-modda. Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari

Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

shaxs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;

jazoning muqarrarligi;

terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining uyg‘unligi;

jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o‘tkaziladigan operatsiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.

5-modda. Terrorchilik faoliyatining oldini olish

Terrorchilik faoliyatining oldini olish davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa profilaktik choralar majmuini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Quyidagilar taqiqlanadi:

terrorizmni targ‘ib qilish;

terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi;

terrorchilik faoliyatiga daxldor yuridik shaxslarni, ularning bo‘linmalari (filiallari) va vakolatxonalarini (shu jumladan chet el va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini) akkreditatsiya qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyat ko‘rsatishi;

terrorchilik faoliyatiga daxldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kirishi;

tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid ma’lumotlar va faktlarni yashirish.

6-modda. Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlariga ko‘maklashish

Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, shuningdek fuqarolar terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlariga ko‘maklashadilar va zarur yordam beradilar.

7-modda. O‘zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorligi

Terrorizmga qarshi kurash sohasida O‘zbekiston Respublikasining chet el davlatlari bilan, ularning huquqni muhofaza qiluvchi organlari, maxsus xizmatlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

II. DAVLAT ORGANLARINING TERRORIZMGA QARSHI KURASH SOHASIDAGI VAKOLATLARI

8-modda. Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha davlat organlari

Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

(8-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 apreldagi 621-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 25-son, 287-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti;

(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan ettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)

Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo‘yish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida hamkorlikda harakat qilishlarini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.

[ОКОЗ:



1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.03.00.00 Республика давлат бошқаруви органлари ва хўжалик бошқаруви органлари / 02.03.04.00 Агентликлар, инспекциялар ва бошқа идоралар;

2.16.00.00.00 Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.02.00.00 Хавфсизликни таъминлаш кучлари / 16.02.03.00 Миллий хавфсизлик хизмати органлари]

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati:

terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish yo‘li bilan terrorizmga, shu jumladan xalqaro terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;

terrorchilar, terrorchilik guruhlari va terrorchilik tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni to‘playdi hamda tahlil qiladi, ulardan kelib chiqayotgan tahdidning milliy xavfsizlikka qay darajada xavfli ekanligini baholaydi, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga zarur axborotlar taqdim etadi;

terrorchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishidan Davlat chegarasining himoya qilinishi va qo‘riqlanishini ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali qurol, o‘q-dorilar, portlovchi, radioaktiv, biologik, shuningdek kimyoviy yoki boshqa zaharlovchi moddalarning, terrorchilik harakatini sodir etish maqsadida ishlatilishi mumkin bo‘lgan predmet yoki materiallarning noqonuniy olib o‘tilishi oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;

chegara oldi mintaqasida va chegara oldi zonasida terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlaydi, zararsizlantiradi, qarshilik ko‘rsatilgan taqdirda esa ularni yo‘q qilish choralarini ko‘radi;

O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va kategoriyalangan ob’ektlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat muassasalarini, ushbu muassasalarning xodimlari hamda ularning oila a’zolarini himoya qilishni ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, shuningdek chet el davlatlari, hukumatlari boshliqlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan davrda mazkur davlat (hukumat) boshliqlari va xalqaro tashkilot rahbarlarining xavfsizligi hamda qo‘riqlanishini ta’minlaydi;

xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida chet el davlatlarining tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

terrorchilikka qarshi kurashuvchi bo‘linmalarning terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlash, zararsizlantirish va yo‘q qilish hamda terrorchilik tashkilotlarini tugatish ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 25-son, 287-modda)

[ОКОЗ:


Download 6,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish