1.O‘tilgan mavzuni takrorlash. “Eng… eng…eng…” usuli bilan.
Guruhlarga savollar yozilgan plakatlar beriladi.
№ ENG….ENG….ENG
|
1
|
O‘zbek nasriy adabiyotining eng birinchi
yirik namunasi kim
tomonidan yaratilgan?
|
Nosiruddin Burhoniddin o‘g‘li
Rabg‘uziy
|
2
|
Mirtemirning ilk she’riy to`plamini belgilang.
|
“Shu’lalar qo`ynida”
|
3
|
Eng birinchi bo‘lib
«Xamsa» yozgan
adib?
|
Nizomiy Ganjaviy
|
4
|
Eng birinchi turkiy tilda
«Xamsa» yaratgan
adib?
|
Alisher Navoiy
|
5
|
Eng ko‘p mumtoz
adabiyot janrlarida ijod
qilgan shoir?
|
Muhammad Rizo Ogahiy
|
6
|
Eng birinchi o‘zbek
jurlanalisti?
|
Zokirjon Xolmuhammad
o‘g‘li Furqat
|
7
|
Eng birinchi yozilgan
o‘zbek romani muallifi?
|
Abdulla Qodiriy
|
8
|
O‘zbek adabiyotida
yozilgan eng birinchi
roman-dilogiya mual
lifi ?
|
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li
Cho‘lpon
|
9
|
Noma janrining asos
chisi?
|
Xorazmiy
|
10
|
Alisher Navoiy «Xam
sa»sining eng birinchi
dostoni?
|
«Hayrat ul-abror»
|
11
|
O. Sharafiddinov tomonidan asos solingan va 100 ta sonini tashkil etgan jurnal nomini yozing.
|
“Jahon adabiyoti”
|
12
|
A.Muxtorning madbuotdagi birinchi she’rini ayting
|
“Bizning avlod”
|
13
|
Ch.Aytmatovning butun dunyoni hayratga solgan birinchi romani
|
“Asrga tatigulik kun”
|
14
|
O`zbek adabiyotida birinchi voqeiy-tarixiy doston qaysi?
|
“Shayboniynoma”
|
|
№
|
ENG….ENG….ENG
|
|
Zamonaviy o`zbek qo`shiqchilik san’atiga salmoqli hissa qo`shgan ijodkorni belgilang
|
T. To`la
|
|
Jahon adabiyotida zamonaviy ertakchilik an’anasiga katta hissa qo`shgan adib?
|
J. Rodari
|
|
O`zbek adabiyotida mukammal ko`rinishga aylangan “Sayohatnoma” asoschisini ayting.
|
Muqimiy
|
|
Mirtemirning Qaysi asarida ona oldida farzandlik burchini o`tay olmagan kishining afsuslari ifodalangan?
|
“Onaginam” she’ri
|
|
Qaysi avtobiografik asarda Movarounnahr, Xuroson, Afg`oniston, Hindiston kabi mamla katlarda muallifning o`zi qatnashgan voqealar hikoya qilinadi?
|
“Boburnoma”
|
|
Qaysi asar “Sharq va G`arb nasrchiligi sintezidan tug`ilgan badiiy tafakkurning yorqin namunasidir”deya ataldi…
|
G`.G`ulomning “Yodgor” qissasi
|
|
O`zbek nasrining, ayniqsa, hikoyachiligining ravnaqiga katta hissa qo`shgan adib?
|
Qahhor
|
|
O`zbek komediyasi asoschisi sifatida e’tirof etiladigan ijodkorni aniqlang
|
H. H. Niyoziy
|
|
Turkiy adabiyotda g‘azalning ilk namunasi
qaysi asarda uchraydi?
|
«Qisasi Rabg‘uziy»
|
|
E. Vohidovning qaysi dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o`rtasidagi nizolar insoniyatga katta falokatlar olib kelishi tasvirlangan?
|
“Ruhlar isyoni”
|
|
Lirik qahramon tushunchasini 1-kim fanga kitingan ?
|
1921. Tinyanov
|
|
O`zbek adabiyotida “xat” shaklda yozilgan she’rlar qaysi shoir tasirida yuzaga kelgan.
|
S. Yesenin
|
|
“Rohati dil”, “Ibrahim Adham” dostonlari muallifini aniqlang.
|
Huvaydo
|
|
Muxtorning ilk romanini ayting
|
1955. “Opa-singillar”
|
№
|
ENG….ENG….ENG
|
1
|
“Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa”ni belgilang.(L. Aragon)
|
Jamila
|
2
|
O`zbek adabiyotidagi roman epopeyalarga misol keltiring.
|
“Navoiy” romani. “Ulug` saltanat” romani, “Qullar” romani
|
3
|
O`zbek adabiy tilining hozirgi shakllanishini bunyod etishda qaysi ijodkorning o`rni katta?
|
Qodiriy
|
4
|
A.Navoiyning “Chor devon”ida qaysi janrda nasriy sarlavha qo`llangan?
|
Qit’a
|
5
|
Qaysi o`zbek xalq dostoniga XX asrning 50-yillarida mehnatksh xalq ommasini emas, yuqori tabaqa manfaatlarini aks ettiradi degan soxta ayblar qo`yildi?
|
“Alpomish”
|
6
|
Milliy istiqlol davri o`zbek nasriga yangi ohang ohang olib kira olgan, jahon prozasining eng ilg`or tajribalariga tayanib, chinakam milliy obzarlar yaratgan ijodkorni belgilang.
|
N. Eshoqul
|
7
|
A. Navoiyning qaysi asari umri davomida hayotda ko`rgan-kuzatganlaridan xulosa chiaqargan donishmand adibning kelajak avlodlarga qoldirgan buyuk ma’naviy merosi hisoblanadi?
|
“Mahbub ul-qulub”
|
8
|
Turkcha, arabcha lug`atning birinchi namunasi kimning nomi bilan bog`liq?
|
M. Qoshg`ariy
|
9
|
“U 100 dan ortiq dostonlardan tashkil topgan bo`lib, mingdan ziyod bir-biriga o`xshamagan obraz va personajlar tasvirlangan”, gap qaysi asar haqida?
|
“Shohnoma”
|
10
|
O`zbek xalq maqollarining ko`plab namunalarining bizgacha yeib kelishiga ulkan hisssa qo`shgan ijodkorni yozing.
|
Gulxaniy
|
11
|
“O`zbekiston Qahramoni” unvoni bilan mukofotlangan adiblarni ayting.
|
O.Sharafiddinov, S.Ahmad, A.Oripov, I. Yusupov
|
12
|
M.Osiyoda ilk toshbosmaxona kimning nomi bilan bog`liq?
|
M.R. Feruz
|
13
|
O`zbek adabiyotida ayollar qismatiga bag’ishlangan ilk asar qaysi?
|
“Qarorlar shajarasi”
|
14
|
A.Muxtorning ilk qissasiyozing.
|
1950. “Daryolar tutashgan joyda”
|
2.Yangi mavzu bayoni
YANGI MAVZU BAYONI DAVOMIDA
“QULF KALIT” METODIDAN HAM FOYDALANILADI.
SAVOLLAR YOZMA GURUHLAR ORASIDA BERILADI.
BIR GURUHNING SAVOLIGA IKKINCHI GURUH JAVOB BERADI.
O`TILGAN MAVZU “DEDUKTIV” METODIDAN FOYDALANAMIZ
JIZZAX
“YO‘L”
AKBARALI
“PO`LAT QUYUVCHI”
ALISHER
JUMA
SESHANBA
PAYSHANBA
BAHRAMOV
GANG
HOJI BOBO
DUSHANBA
BEKTEMIR
SHAROFAT XOLA
AKBAROBOD
OCHIL BOBO
“CHINOR” ROMANI YUZASIDAN “DEBAT”
USULI O`TKAZILADI.
(O`QUVCHILAR O`Z MUSTAQIL FIKRINI BAYON ETADI)
1.“CHINOR” ROMANIDAGI AKBARALI OBRAZI SIZDA QANDAY TAASSUROT QOLDIRDI? UNGA ACHINDINGIZMI?
2.KONDA AKBARALINING O`RNIGA SIZ BO`LSANGIZ NIMA QILAR EDINGIZ?
3.BEKTEMIRNING ORZULARI NIMA EDI?
4.O`Z QILMISHIDAN UYALAYOTGAN AKBARALI NEGA O`Z DARDINI DO`STLARIGA YOKI ONASIGA AYTA OLMADI? BU HAM QO`RQOQLIKMI YOKI BOSHQA BIR SABAB BORMI?
5.OCHIL BOBO NEGA UNI “BIR MO`RT BARG” DEB ATADI?
«Chinor» romanidagi fojiali qismat egalaridan biri — Akbarali obrazi to‘g‘risida ham shunday deyish mumkin. Ko‘rganimizdek Akbarali tuppa-tuzuk yigit. Onasini yaxshi ko‘radi, urushda o‘lgan otasining xotirasiga hurmatni yo‘qotmagan.
U «bersang - yeyman, ursang - o‘laman» deydigan odamlar xilidan ham emas. Konda, og‘ir sharoitda halol mehnat qiladi yaxshi ishlagani uchun hatto faxriy yorliqlar bilan ham taqdirlanadi. Uning qalbi ham insoniy tuyg‘ularga to‘la. Darslikda berilgan parchanigina emas, romanning to‘liq matnini o‘qisangiz, Akbarali va u bilan birga ishlaydigan go‘zal bir qiz o‘rtasida qanchalar haroratli muhabbat kechganiga guvoh bo‘lasiz...
Bir qarashda, bunday yigitning hayotdan baxt talab qilishga, umrini tinch-xotirjamlikda o‘tkazishga to‘liq haqqi bor. Lekin...
Lekin yozuvchi inson bolasidan kutiladigan vazifa, uning dunyoga berishi lozim bo‘lgan hissasi bu bilan cheklanmasligini qat’iy turib isbotlaydi. Dunyoda faqat yaxshi bo‘lishning, odobli, itoatli, yumshoq tabiat bo‘lishning o‘zi yetmasligini uqtiradi. Zero, hayot shunchalar shafqatsiz, uning kutilmagan zarbalari, sinovlari shu qadar ko‘pki, inson ularga doimiy tayyor turmog‘i lozim.
«Hayotim bir tekis, avvaldan rejalashtirganimdek, ortiqcha g‘avg‘olarsiz o‘tadi», degan kimsa aksariyat holda adashadi. Agar hayot rejaga, bir chiziqqa doimo bo‘ysunganida edi, insoniyat allaqachon o‘ziga jannatlarni qurib olgan bo‘lardi. Afsuski, o‘zbek xalqi topib aytganidek, «Uyning gapi ko‘chaga to‘g‘ri kelmaydi!» Ancha paytga qadar Akbaralining hayoti bir tekis, ortiqcha tashvishlarsiz kechayotgan, u o‘zi sevgan kasbni qilib, tirikchiligini o‘tkazib yurgan edi. Agar yarim kechada uning uyiga otasining quroldosh do‘sti Bektemir kirib kelmaganida, balki bu sokin hayot yana uzoq davom etgan ham bo‘lardi...
Taqdir deganlari o‘z aytganidan qolmadi — Akbaralini bir necha daqiqalik sinovga soldi va... shafqatsizlarcha sindirdi!
O‘sha mash’um daqiqada Akbaralining ichida kamida ikki his bir-biri bilan ayovsiz olishdi. Ulardan biri «Yur, Bektemirga yordam ber, agar ikki kishi bo‘lsalaring, ulgurasizlar! Axir Bektemir otang bilan birga bunaqa xavflarning nechtasini yengib kelishgan. Ular cho‘chimagan-ku!» deb uni oldinga chorlasa, ikkinchisi: «Borma, xavfli, oldinda o‘lim turibdi, yosh joning juvonmarg bo‘lib ketadi-Yaxshisi - qoch! Joningni, hayotingni saqla!» der edi.
Agar fursat salgina ko‘proq bo‘lganida, ozgina o‘ylab - keyin bir qarorga kelishga imkon berganida edi...
Afsuski, bu gal ham alloma G‘afur G‘ulom aytgan haqiqat isbotlandi:
Ba’zida bir nafas olgulik muddat
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik...
Ming yulduzni so‘ndirishga qudrati yetadigan hal qiluvchi lahzalar Akbarali yulduzini ham so‘ndirdi. Endi uning ko‘rgan kuni - kun emas. Azob-uqubat, vijdon qiynog‘i, qalb so‘rog‘i...
Bu qiynoq kundan-kunga kuchaysa-kuchayadiki, aslo ozaymaydi. Uning kuchayishiga esa sabablar ko‘p. Ular ichida bir sabab borki, uni aslo unutib, yoddan chiqazib bo‘lmaydi. Garchi romanda bu haqda alohida aytilmasa-da, Siz bilan biz bu sababni, bu holatni sezmasligimiz mumkin emas.
Bektemir bir emas, bir necha yillar davomida dahshatli urushni kechib kelgan. O‘nlab, balki yuzlab marotaba ajalga ro‘para kelib, uning changalidan qutulishga o‘zida kuch topgan. Uni fashist degan yovuz hayot kushandasi ham mahv qila olmagan. Bektemir ne-ne o‘limlarni dog‘da qoldirib, «Endi yashayman, urushda ko‘rgan azoblarimning hammasi evaziga ham endi yashayman!» deb yurtiga qaytgan odam edi! Uning orzulari — oilasi, go‘zal qizchasi suyunishi uchun ham ro‘yobga chiqarmoqchi bo‘lgan orzulari ko‘p edi. U tun-u kun charchoqni bilmay ishlashga, ishlab urush ko‘rgiliklarini unutishga, endi hayotdan faqat va faqat baxt topishga talpingan va bunga to‘la haqqi bor bir jon edi - inson edi!
Shunday insonning umriga... Akbarali zomin bo‘ldi!
Yo‘q, u Bektemirni bo‘g‘ib, osib, urib o‘ldirmadi. Hatto haqorat ham qilgani yo‘q. Bor-yo‘g‘i... hech nima qilmadi, xolos...
Unga yigitlik umrida bir marotaba inson bolasi, HAYOT atalmish ne’mat najot qo‘llarini cho‘zgan edi. Bir marotaba undan o‘zining ham INSON EKANLIGINI ISBOTLASHNI so‘ragan edi. Akbarali mana shu HAYOTning qo‘llarini tutmadi, yordamga muhtoj insonning yoniga bormadi!..
Bu yog‘i — o‘zingizga ma’lum - azob, azob, azob...
Yozuvchi Akbaralini qurshab olgan mana shu azobni bor bo‘y-basti bilan tasvirlaydi, qahramonga qo‘shib o‘quvchini ham shu azob orasidan olib o‘tadi. Akbarali o‘zini chalg‘itishga, o‘sha mash’um lahzani unutishga har qancha urinmasin - foydasi yo‘q!
Bektemirning yordam so‘rab qilgan chaqirig‘i quloqlari ostida jaranglayveradi, tushlariga kiraveradi.
«Chinor» romanidan joy olgan bu mungli qissa hali ko‘p zamonlar ko‘plab avlodlarni o‘yga toldiradi, ularni ham birrov o‘z umriga, hayotiy a’moliga jiddiy nazar tashlab, o‘zini taftish qilishga undayveradi. Bu avlodlar orasida Siz-u biz ham bormiz, albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: |