1.2 Kuchli nafrat va samimiy muhabbat uygʻotadigan obrazlar.
Adabiy asarda tasvirlangan qahramonlarning hayoti, taqdiri misolida
o`quvchi(talaba)larni jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash ishlari amalga
oshiriladi. O`zbekni tushunish, uni anglash ham rusiyzabonlar uchun ijtimoiy
munosabatlarning yana bir jabhasi hisoblanadi. Lekin turli hayotdagi turli tuman
shaxslar bilan bo`ladigan muloqot tavsifi har bir insonga xos fazilatlar umumlashmasi
tariqasida badiiy adabiyotda o`z aksini topib kelmoqda, bundan keyin ham qanchadan-
qancha asarlar ana shu masalalarga bag`ishlanadiki, bu narsa odamlarga xos
xislatlarning nihoyatda rang-barang ekanligidan dalolatdir. Asar qahramonlari
obrazlari misolida yoshlarni ijtimoiy munosabatlar mazmuni, chunonchi, yaxshilik va
yomonlik, ezgulik va qabohat kabi talay tushunchalarning mohiyati bilan tanishtirish
jarayoni amalga oshadi.
O`zbek adabiyotini o`qitish metodikasi sohasida yaratilgan metodik adabiyotlar,
tadqiqot ishlarining deyarli barchasida (masalan, Q.Yo`ldoshev, M.Mirqosimova,
S.Matchonov, T.Boboev va boshqalar) asar qahramonlarini o`rganish xususida so`z
yuritilib kelmoqda. Shuning uchun ulardan ijodiy foydalangan holda rusiyzabon
o`quvchi(talaba)larning asar qahramonlari fazilatlarini anglash xususiyatlarini yoritish
imkoniyatlarimiz ham katta. Lekin biz tilga olmoqchi masalaning qamrovi unchalik
keng emas. Chunki bu masalaga maxsus tarzda atroflicha to`xtalish tadqiqot
ishimizning asosiy maqsadlari sirasiga kirmaydi.
Shaxsning axloqiy, intellektual fazilatlarini anglash, aniqlash, farqlash, mos so`z
topib atash, odatda, katta qiyinchiliklar tug`diradi. Shaxsning xislatlarini ochuvchi
so`zlarni bilib olish hali shu so`zlar anglatgan tushunchalarni bilish degan gap emas.
Ayniqsa, kichik yoshdagi o`quvchilarning bunday so`z boyligi chegaralangan.
Qolaversa, maktabda bunday tushunchalar maxsus o`rganilmaydi ham. O`quvchi asar
qahramonining fazilati misolida shu asar munosabati bilan xislat bildiruvchi
tushunchadan xabar topadi. Rusiyzabon o`quvchiga asar qahramonining fazilatini
aytib tegishli so`zni to`g`ridan-to`g`ri atash, talaffuzini mashq qildirish, uni yod
oldirish mumkin. Hatto o`quv matniga, asar haqidagi maqolaga (o`qituvchining kirish
va yakuniy so`ziga) kiritib, mashqda biror bir o`quvchi, ishchi va boshqa kishi
shunday fazilatga ega degan gapni o`qitish mumkin. Lekin bu gaplar sabab-natija
munosabatlari orqali faoliyatga ishora qilmagani uchun so`z (tushuncha) shunchaki qabul
qilinadi, his-tuyg`u uyg`otmaydi. L.N.Rojinaning haqli ravishda ogohlantirishiga ko`ra, “Shaxsning intellektual xislatlarini anglab etish katta
qiyinchiliklar tug`diradi. Ko`pchiligining mazmuni ushbu yoshdagi bolalar uchun kam
tanish. Shu sababdan ham kichik yoshdagi o`quvchilar emotsional sifatlarni kamdan-
kam ajratadilar...
Do'stlaringiz bilan baham: |