3.3. Fan boyicha kurs ishi (loyihasi)
Fan boyicha labaratoriya ishlari namunaviy o`quv rejada ko`zda tutilmagan.Kurs ishini tashkil etish. Fan bo`yicha kurs ishi namunaviy o`quv rejada rejalashtirilmagan.
3.4. Mustaqil ta’lim mavzulari ularga ajratilgan soat.
Talaba “Perspektiba” o`quv fanidan mustaqil ta`limni tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlarini xisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholaniladi.
-mavzular bo`yicha chizmalar (grafik topshiriqlar) tayyorlash. Nazariy materialni puxta o`zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o`quv materialiga diqqatni ko`piroq jalb etishga yordam beradi. Talaba chizma topshiriq ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi;
-o`qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Talabalar ma`ruza va amaliy mashg`ulotlardavomida olgan bilimlarini o`zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko`rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovatsion dars loyixasi namunalari, o`z-o`zini nazorat qilish uchun test topshiriqlari va boshqalar;
-fan bo`yicha qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil o`rganish uchun berilgan mavzular bo`yicha talabalarga tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo`shimcha o`quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda rus va xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag`batlantiriladi;
- INTERNET tarmog`idan foydalanish. Fan mavzularini o`zlashtirish, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarini yozishda mavzu bo`yicha INTERNET manbalarini topish, ular bilan ishlash nazorat tirlarining barchasida qo`shimcha reyting ballari bilan rag`batlantiriladi;
- mavzuga oid masalalar, keyslar va o`quv loyihalarni ishlab chiqish va ishtirok etish;
- amaliyot turlariga asosan material yig`ish, amaliyotdagi mavjud muommolarning yechimini topish, hisobotlar tayyorlash;
- ilmiy seminar va anjumonlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish;
- mavjud laboratoriya ishlarini takomillashtirish, masofaviy (distansion) ta`lim asosida mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yich metodik korsatmalar tayyorlash va xakoza.
Plani berilgan to‘g‘ri chiziq kesmasining perspektivasini qurish, tushish nuqtasi va kartina izini aniqlash.
Plani berilgan uchburchak tekisligining perspektivasini qurish
Pozitsion masalalar echish:
a) ikki tekislikning kesishish chizig‘ini yasash va ularda yotgan geometrik shakllarning ko‘rinar-ko‘rinmas qismlarini aniqlash;
b) to‘g‘ri chiziqning tekislik bilan kesishgan nuqtasini yasash va uning ko‘rinar-ko‘rinmas qismini aniqlash;
v) to‘g‘ri chiziq kemasini berilgan yoki teng nisbatlarda bo‘lish;
g) tekislikka perpendikulyar to‘g‘ri chiziq o‘tkazish
Metrik masalalar echish:
ikki to‘g‘ri chiziq orasidagi burchakni aniqlash;
ikki parallel to‘g‘ri chiziq orasidagi masofani aniqlash;
v) ikki ayqash to‘g‘ri chiziq orasidagi masofani aniqlash;
g) to‘g‘ri chiziq kesmasining haqiqiy uzunligini aniqlash;
d) to‘g‘ri chiziq bilan tekislik orasidagi burchakni aniqlash;
e) ikki tekislik orasidagi burchakni aniqlash;
i) to‘g‘ri chiziqni kartina va narsalar tekisliklari bilan hosil qilgan burchagini aniqlash;
Qopqog‘i ma’lum burchakka ochilgan prizmatik va tsilindrik qutichalarning perspektivasini qurish.
Bino va ob’ektlarning perspektivalarini qurish; a) bino perspektivasini arxitektorlar usulida qurish (ushbu misolda plani pastga tushirilgan va yon devor usullarini tadbiq qilish);
radial usulda bino perspektivasini qurish;
koordinatalar usulida geometrik sirtlarning perspektivasini qurish;
binoning relefli perspektivasini bajarish;
binoning panoramali perspektivasini bajarish.
Interer perspektivasini bajarish:a) rejasida kamida to‘rtta uy jihozi berilgan burchakli intererning perspektivasini qurish;
rejasida kamida to‘rtta uy jihozi berilgan frontal intererning perspektivasini qurish;
Perspektivada soya bajarish:
a) markaziy yoritishda geometrik sirtlarning shaxsiy va tushgan soyalarini aniqlash;
b) tabiiy (parallel) yoritishda binoning shaxsiy va tushgan soyasini aniqlash.
Aks tasvir yasash:
suv bo‘yidagi ob’ektlarning suvdagi aks tasvirini yasash;
Berilgan san’at asarini perspektiv jihatdan tahlil qilish
V.Asosiy va qo`shimcha o`quv adabiyotlar hamda axborot manbalari:
Do'stlaringiz bilan baham: |