O‘quv dasturi (XI sinf) tadbirkorlik asoslari toshkent – 2018 tushuntirish xati



Download 316 Kb.
bet1/15
Sana29.12.2021
Hajmi316 Kb.
#76774
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
tadbirkorlik asoslari 11 dastur


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI


TABIIY VA IQTISODIY FANLAR BLOK MODULI

BO‘YICHA UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING

O‘QUV DASTURI

(XI SINF)
TADBIRKORLIK

ASOSLARI



Toshkent – 2018

TUSHUNTIRISH XATI
Bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib bormoqda. Bu davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillar 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida o‘z aksini topdi. Bu mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berildi. Ko‘plab insonlar aynan mana shu sohada o‘zlarining daromadlarini oshirishga erishmoqdalar. Bu esa, yoshlarni kichik biznesga jalb qilish, hamda ko‘plab salmoqli ishlarni amalga oshirilishda muhim ahamiyatga ega.

Ushbu fan tadbirkorlik asoslari mohiyatini tushuntirish, uning bugungi kundagi ahamiyatini ochib berish, uning yordamida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, milliy istiqlol g’oyasini o‘quvchi yoshlar ongiga singdirish, ularni millat manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko‘paytirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida xaridorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko‘tarish ruhida tarbiyalay olishi orqali o‘zining beqiyos rolini namoyon etadi.

Shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish, bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash vazifalari ham alohida ta’kidlanib, bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Shu ma’noda o‘sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlashda Tadbirkorlik asoslari fanining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.

Tadbirkorlik asoslari fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarda iqtisodiy savodxonlikni va iqtisodiy madaniyatni shakllantirish, o‘quvchilarda tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, iqtisodiy faollik, jumladan, o‘z shaxsiy biznesini tashkil etishga harakat qilishga rag‘batlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hayotiy vaziyatlarda eng maqbul yechim topa olish va to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatishdan iboratdir.




Download 316 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish