Axborot manbaalari
1. www.ziyonet.uz.
2. www.edu.uz.
3. www.google.uz.
4. www.gov.uz.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS TEXNIKUM
PROFESSIONAL TA’LIMNING
5.53.07.01 - Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) kasbi bo‘yicha
Biznesni tashkil etish va yuritish fanidan
O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya nomi:
|
Bosh texnik
|
O‘quv rejadagi tartib raqami:
|
1.08
|
Ajratilgan soat:
|
40
|
Toshkent – 2020
O‘quv dasturi Buxoro neft va gaz sanoati kolleji Ilmiy-pedagogik Kengashining 2020 yil 28 sentyabrdagi 1-son majlis bayoni bilan ma’qullangan va kollejning 2020 yil 29 sentyabrdagi 122-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
|
S.G‘. Siddiqova
F.S Sodiqova
|
Buxoro neft va gaz kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji informatika va axborot texnologiyalari maxsus fan o‘qituvchisi
|
|
|
Taqrizchilar:
|
SH.S.Yo‘ldoshev
|
Buxoro muhandislik texnologiya instituti“Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri
|
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
1. O‘quv dasturi umumiy talablari Dastur nomi
|
Biznesni tashkil etish va yuritish
|
Ajratilgan soat
|
40
|
Mavzular soni
|
10
|
Dasturning maqsadi
|
Bozor munosabatlari sharoitida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quvchilariga tadbirkorlik asoslari, bitiruvchilarni ishga joylashtirish tizimini rivojlantirish va ularni mehnat bozoriga moslashtirish, ishga joylashtirishda va kasbiy muvaffaqiyatlarga erishishda o‘quvchilarning shaxsiy bilim, ko‘nikma hamda malakasini shakllantirish, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi vakolatlarini bilishi, o‘z kasbi va mutaxassisligi bo‘yicha raqobatbardosh hodim sifatida tayyorlash, muzokaralar olib borishni o‘rgatish ko‘nikmalarini o‘rganishlari uchun amaliy bilimlar majmuasini berishdan iboratdir.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
•talabalarning tadbirkorlik sohasidagi ma’naviyatini shakllantirish va huquqiy tarbiyasini tarkib toptirish, ko‘nikmalarini o‘rgatish;
•tadbirkorlikni rivojlantirish, rag‘batlantirish, unga keng yo‘l berish, tadbirkorlik faoliyatini kafolatlash to‘g‘risidagi ko‘pgina qonun va farmonlarni, ya’ni tadbirkorlikning huquqiy, me’yoriy va tashkiliy asoslarini;
•kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish jarayonlarini, biznesni amalga oshirish bosqichlari, biznesdagi axloq madaniyati, biznes-rejani tuzish qoidalarini mukammal bilish;
•tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish tartibi, soliqlarning iqtisodiy mohiti va amal qilish xususiyatlari, soliq tizimi va uning tarkibiy tuzilishi;
•inson resurslarini boshqarish tizimi jarayonida ishga joylashtirishning zamonaviy usul va texnologiyalarini o‘rgatish;
•bitiruvchilarning yuqori darajada raqobatbardoshligini ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish;
•kelgusidagi kasbini rejalashtirishni o‘rgatish, ish izlashda aniq maqsad va rejalarni belgilay olishi;
•axborot izlash ko‘nikmalarini; ish beruvchi bilan bo‘ladigan suhbatda o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatib bera olishiga; tarjimai xol va yo‘llanma xatlarni yaratishga o‘rgatish;
•suhbat davomida yaxshi taasurot qoldirish, ish joyiga muvaffaqiyatli joylashish bilan bog‘liq psixologik usullarni o‘rgatish;
•jahon andozalari darajasida olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay bilish.
|
Bilimlar
|
•tadbirkorlik va biznes bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lish;
•tadbirkorlik va biznes faoliyatida sodir bo‘layotgan jarayonlarni muhim belgilari bo‘yicha o‘rganish;
• tadbirkorlik va biznes faoliyatiga daxldor ma’lumotlar bilan ishlash, ularni tashkil qilish asosida xulosa chiqarish usullarini o‘zlariga singdirish.
•mehnat bozori kon’yunkturasini va ish izlash usullarni;
•o‘zining kelgusidagi kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini;
•ish beruvchi tomonidan ishchiga qo‘yiladigan odatiy va o‘ziga xos talablarni va ish beruvchi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat usullari va qoidalarini;
•taqdimotning eng maqbul uslublarini tanlay olish; test o‘tkazish usullari;
•shaxsiy tarjimai xol, yo‘llanma xat shakllarini va uni yozish qoidalarini bilish, suhbat jarayonida kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujjatlarni (original va nusxalari) tayyorlay olishi;
•ijobiy imidj hosil qilish qoidalari va usullarini bilishi.
|
Ko‘nikmalar
|
•fanning mazmun-mohiyatini ta’riflay olish;
•tadbirkorlik va biznesda sodir bo‘layotgan jarayonlar bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganish;
•tadbirkorlik va biznesning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
•kelgusidagi kasbini rejalashtira olishi;
•ish izlay olishi va ishga joylashishda o‘zini-o‘zi namoyish qila olishi.
•axborotlar izlay olishi;
•suhbatdan o‘ta olishi;
•o‘z uslubini yarata olishi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |