O’quv darslik


) zaharlovchi moddaning qonga o‘tishiga to‘sqinlik qilish



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

1) zaharlovchi moddaning qonga o‘tishiga to‘sqinlik qilish 
Ko‘pchilik holatlarda o‘tkir zaharlanish dori moddalarini ichish orqali 
qabul qilishda kuzatiladi. Bunday paytda asosiy e’tibor oshqozonni zaharlovchi 
moddadan tozalashga qaratilishi lozim. Buning uchun yoki bemor qusdiriladi, 


- 71 -
yoki uning oshqozoni yuviladi. Qusish mexanik harakat yordamida (barmoqni 
halqumning pastki qismiga tekkizish orqali) yoki qusdiruvchi vositalarni 
qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Qusdiruvchi vosita sifatida natriy xloridining 
yoki natriy sulfatining yuqori konsentratsiyadagi eritmasi ichishga, apomorfin 
gidroxloridi eritmasi esa in’eksiya yo‘li bilan kiritiladi. Oshqozon shilliq qavati 
butunligini shikastlovchi vositalar (kislotalar, ishqorlar, og‘ir metall tuzlari) 
bilan zaharlangan paytlarda bemorni qusishga majbur qilish mumkin emas, 
Chunki aytib o‘tilgan vositalar oshqozon shilliq qavatini battar shikastlab 
qo‘yishlari mumkin. Hattoki, og‘ir hollarda oshqozon devori teshilib ketishi ham 
mumkin. Ba’zan qayt mahsulotlarining nafas yo‘llariga tushishi natijasida nafas 
yo‘llari shilliq qavatining kuyishi kuzatilishi ehtimoli ham mavjud. Shuning 
uchun bunday paytlarda eng xavfsiz va samarali chora – oshqozonni zond 
yordamida yuvish hisoblanadi. Bunda oshqozonni iliq suv, osh tuzining izotonik 
eritmasi yoki kaliy permanganatining past konsentratsiyali eritmasi bilan 
yuviladi. Hattoki yuvish jarayonida ularga faollashtirilgan ko‘mir yoki ziddi 
zaharlar ham qo‘shish mumkin. Bunda oshqozonni zaharlovchi moddadan to‘liq 
tozalangunigaqadar bir necha marotaba yuvish lozim. 
Zaharlovchi moddaning ingichka ichakdan so‘rilishini kamaytirish yoki 
bartaraf etish uchun asosan faollashtirilgan ko‘mirdan va tuzli surgi vositalardan 
hamda vazelin moyidan foydalaniladi. Zarur bo‘lgan paytlarda tozalovchi va 
sifon ho‘qnalar qilish mumkin. 
Agarda zaharlovchi modda teriga yoki shilliq qavatlarga tushgan bo‘lsa, u 
holda shu joylarni jo‘mrakdan oqib turgan suv bilan yaxshilab yuvish lozim. 
Agarda nafas yo‘llari orqali tushgan bo‘lsa, darhol preparatni kiritishni to‘xtatish 
va bemorni bu joydan boshqa yerga olib o‘tish hamda gazlarga qarshi niqob 
(protivogaz) kiygizish lozim.
Agarda zaharlovchi modda teriostiga kiritilgan bo‘lsa, u holda kiritilgan 
joyning atroflariga adrenalin gidroxloridi eritmasini kiritish yoki o‘sha joyning 
ustiga muzli xaltachalar qo‘yish orqali uning so‘rilishini kamaytirish mumkin. 


- 72 -
Ba’zi holatlarda (agarda iloji bo‘lsa) o‘sha joyni jgut bilan qisib bog‘lash orqali 
venoz qon oqimi pasay tiriladi va zaharning organizmda tarqalib ketishi 
kamaytiriladi. Keltirib o‘tilganlarning barchasi zaharlovchi moddaning butun 
organizm bo‘ylab tarqalib ketishini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlardir. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish