o‘rganib qolish (tolerantlik
14
)
deyiladi. O‘rganib qolish juda ko‘p
preparatlar ta’sirida yuzaga chiqadi va unda dori preparatining kundalik kiritilib
turilgan dozasi ta’sirida oldingi samaraning yuzaga chiqmasligi kuzatiladi.
Oldingi samaraning yuzaga chiqishi uchun preparatning dozasini oshirish lozim
bo‘ladi. O‘rganib qolish moddalar so‘rilishining kamayishi, parchalanishing
oshishi yoki chiqarilishining tezlashishi hisobiga sodir bo‘lishi mumkin. Ayrim
preparatlarda esa ularga sezgir bo‘lgan retseptorlar sezuvchanligining pasayishi
ham muhim ahamiyatga ega.
Ba’zi bir guruh preparatlarida boshqa guruh preparatlari bilan, ayrim
hollarda esa guruh ichidagi preparatlarda
kesishuvchi o‘rganib qolish
yuzaga
chiqishi mumkin. Bunda har ikkita preparat ham o‘zaro ta’sirlashuvchi bir xil
retseptorlarga yoki ularning substratlariga ta’sir qiladi. Bunday holatlar yuzaga
chiqishi ehtimolini o‘rganib qolish yuzaga chiqqan preparatni boshqasiga
almashtirishda inobatga olish lozim.
14
Lotinchadan
tolerantia
– sabr, bardosh
- 58 -
O‘rganib qolishning o‘ziga xos turi –
taxifilaksiya
15
deb yuritiladi. Bunda
prepratga nisbatan o‘rganib qolish juda qisqa vaqt mobaynida yuzaga chiqishi
mumkin, hatto ayrim paytlarda preparatni ikkinchi marta kiritganda ham.
Masalan, efedrin gidroxloridini 10-20 daqiqalik interval bilan qayta-qayta
kiritilganda u arterial qon bosimini dastlabkisiga nisbatan kamroq darajada
ko‘taradi. 30-40 daqiqadan keyin esa arterial qon bosimiga umuman ta’sir
qilmay qo‘yadi.
Ayrim dori moddalar organizmga qayta kiritilganda ularga nisbatan
qaramlik
paydo bo‘ladi. Mazkur holat bemor tomonidan vaqti-vaqti bilan
o‘zining kayfiyatini ko‘tarish, nohush kechinmalarini bartaraf etish va boshqa
maqsadlarda dori moddasini qayerdan, qanday qilib bo‘lsa ham topib, qabul
qilishga intilish hissi orqali namoyon bo‘ladi. Ikki xil turi farqlanadi: ruhiy va
jismoniy.
1) Ruhiy qaramlikda
dori moddasining bemor organizmiga vaqtida
tushmasligi unda faqat emotsional diskomfort keltirib chiqaradi xolos. Bunday
dori vositalariga kofein, nikotin, kokain, Hindiston kandiri (marixuana, gashish),
LSD-25 (lizergin kislotasining dietilamidi) kabi moddalar kiradi.
2) Jismoniy qaramlik
o‘ziga xos og‘ir darajada kechadi. Unda bemorga
kiritilayotgan modda uning organizmiga o‘z vaqtida tushmasa yoki prepartni
kiritish birdaniga bekor qilinsa, u holda o‘ta og‘ir kechuvchi bekor qilish –
abstinensiya
16
sindromi
yuzaga chiqadi. Bunda bemorning umumiy ahvoli o‘ta
og‘ir, kuchli ruhiy buzilishlar, ko‘pchilik a’zo va tizimlar faoliyatining keskin
izdan chiqishi bilan kechuvchi har xildagi va jiddiy somatik buzilishlar hatto
o‘limga ham olib kelishi mumkin. Jismoniy qaramlik ko‘pincha narkotik
analgetiklar (morfin, kodein, promedol va b.), gerain, qoradori (afyun), narkotik
turdagi uxlatuvchi vositalar (fenobarbital, barbital, barbamil va b.) kabi
moddalar ta’sirida tez yuzaga chiqadi.
15
Yunonchadan
tachys
– tez,
phylaxis
– xushyorlik, qo‘riqlash
16
Lotinchadan
abstinentia
– nafsni tiyish, saqlanish
- 59 -
Hozirgi kunda butun yer yuzida dorilarga nisbatan kelib chiqadigan
qaramlikning oldini olish va davolash o‘ta murakkab tibbiy va ijtimoiy muammo
hisoblanadi.
G) Dori vositalarining o‘zaro ta’sirlari
Amaliy tibbiyotda bemorlarni davolashda ko‘pincha bir nechta preparat
birdaniga qo‘llaniladi. Bunda ular bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashishlari, bir-
birlarining ta’sir davomiyligini oshirishlari yoki kamaytirishlari, farmakologik
samaralarini kuchaytirishlari yoki pasaytirishlari, nojo‘ya va zaharli ta’sirlarini
oshirishlari yoki kamaytirishlari ehtimoli yuzaga chiqadi.
Shularga asoslangan holda dori vositalarining o‘zaro ta’sirlarini
quyidagicha tasniflash mumkin:
I. Farmakologik o‘zaro ta’sir (dori vositalarining inson organizmiga
tushgandan keyingi o‘zaro ta’siri):
1. Dori vositalarining farmakokinetikasidagi o‘zgarishlarga asoslangan
o‘zaro ta’sir yoki farmakokinetik o‘zaro ta’sir;
2. Dori vositalarining farmakodinamikasidagi o‘zgarishlarga asoslangan
o‘zaro ta’sir yoki farmakodinamik o‘zaro ta’sir;
3. Dori vositalarining kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalariga asoslangan
o‘zaro ta’sir.
II. Farmatsevtik o‘zaro ta’sir (dori vositalarining inson organizmiga
tushguniga qadar bo‘ladigan o‘zaro ta’siri).
Turli xil dori vositalarini birgalikda qo‘llash tibbiyot amaliyotida ularning
foydali ta’sirlarini oshirishga qaratilgan holda samaralarini kuchaytirish yoki
qo‘shish uchun ishlatiladi. ammo , har doim ham ijobiy samaralar kelib
chiqavermaydi. Ba’zan dorilarning o‘zaro ta’siri natijasida kutilmagan samaralar
kelib chiqishi mumkin va buni
dorilarga nisbatan nomutanosiblik
deb yuritiladi.
Odatda nomutanosiblik dori ta’sir samarasining pasayishi, to‘liq yuzaga
chiqmasligi yoki farmakoterapevtik samaraning mutlaqo boshqachaga o‘zgarib
yohud nojo‘ya va toksik ta’sirlarining ortib ketishi bilan kechishi mumkin. Buni
- 60 -
farmakologik nomutanosiblik
deyiladi. Bunday holat bir paytning o‘zida ikkita
yoki undan ko‘proq preparatlarni bir paytning o‘zida qo‘llash oqibatida yuzaga
chiqishi mumkin. Ayrim hollarda esa dorilarning nomutanosibligi ularni
tayyorlash, saqlash va tranportirovka qilish jarayonlarida ham yuzaga chiqishi
mumkin. Bunda uni
farmatsevtik nomutanosiblik
deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |