O’quv darslik


Dori vositalarining quyidagi ta’sir turlari tafovut qilinadi



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

Dori vositalarining quyidagi ta’sir turlari tafovut qilinadi:
1. Mahalliy yoki chegaralangan ta’sir
– Dori vositasining ta’sir qiluvchi 
moddasi faqat ishlatilgan joygagina mahalliy ta’sir qiladi. Masalan, mahalliy 
anestetiklarning yoki o‘rab oluvchi vositalar sezuvchi – afferent nerv oxirlariga 
ta’sir qilib, ularning sezuvchanligini susaytirib qo‘yishi hisobiga faqat 
chegaralangan yoki mahalliy samara yuzaga chiqaradi. 
2. Umumiy yoki rezorbtiv
5
ta’sir
– katta ko‘pchilik dori vositalari 
organizmga so‘rilganidan keyin qonga tushib, barcha a’zo va to‘qimalarga 
umumiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur ta’sir dori moddalarining organizmga kiritish 
yo‘llariga hamda biologik to‘siqlar orqali o‘ta olish qobiliyatiga bog‘liq holda 
yuzaga chiqadi.
5
Lotinchadan 
resorbeo
– yutaman 


- 50 -
3. Asosiy ta’sir
– Dori vositasi qaysi maqsadni amalga oshirish uchun 
qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘sha ta’siri asosiy hisoblanadi. Masalan, dimedrol 
preparatini allergiyaga qarshi vosita sifatida qo‘llanilganda uning H
1
-
retseptorlarni bloklashini asosiy ta’sir deb hisoblanadi, ammo , u uxlatuvchi 
vosita sifatida qo‘llaniladigan bo‘lsa, unda MNSni susaytiruvchi xossasini 
asosiy ta’sir deb hisoblanadi.
 
4. Nojo‘ya yoki noxush ta’sir
– Dori vositasining asosiy ta’siridan tashqari 
yuzaga chiqadigan barcha boshqa keraksiz ta’sirlari nojo‘ya yoki noxush ta’sir 
deyiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST, VOZ) ekspertlari tomonidan 
e’tirof etilishicha, kasalliklarning oldini olish, ularni diagnostika qilish yoki 
davolash maqsadida qo‘llanilgan dori preparatlari ta’sirida kelib chiqadigan 
barcha keraksiz samaralari nojo‘ya ta’sir deb yuritiladi. 
5. Bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir
bunda dori preparatining 
samarasi bevosita sezuvchi a’zoning yoki nishon hujayraning ma’lum bir 
substrati bilan o‘zaro birikishi orqali yuzaga chiqadi. 
6. Bilvosita yoki biror narsa orqali ta’sir qilish
– bunda dori preparati 
sezuvchi a’zoning yoki nishon hujayraning ma’lum bir substrati bilan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirlasha olmaydi, buning uchun u boshqa birorta substratga 
ta’sir qiladi va shundan keyin u orqali asosiy ta’sirlashishi lozim bo‘lgan nishon 
hujayra bilan o‘zaro ta’sirlashadi. 
7. Reflektor ta’sir
– mazkur ta’sir turida dori vositasi ekstero- yoki intero 
retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi orqali samara yoki tegishli nerv 
markazlarining, yoki ijro a’zosining holatida o‘zgarishlarga olib keladi. 
Masalan, validolning tilostidagi sovuqni sezuvchi retseptorlarini qo‘zg‘atishi 
orqali reflektor ravishda koronar qon tomirlardagi spazm bartaraf etiladi. 
8. Ta’sir mexanizmi 
deb dori moddaning organizmdagi maxsus retseptorlar 
yoki ularning qaysidir substratlari bilan qanday qilib birikishiga aytiladi. 
Masalan, pilokarpin gidroxlorid m-xolinoretseptorlar bilan bevosita birikadi, 
atropin sulfati esa m-xolinoretseptorlarni bevosita bloklaydi. Yurak glikozidlari 


- 51 -
kardiomiotsitlardagi Na
+
K
+
-ATF-aza bilan birikishi natijasida ularning 
kardiotonik samarasi yuzaga chiqadi va h. 
9. Spetsifik ta’sir
– dori moddalarning organizmdagi spetsifik retseptorlar 
bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida paydo bo‘ladigan, qo‘llanilayotgan dori 
moddasigagina xos bo‘lgan samaralarning yuzaga chiqishi. 
10. Tanlab ta’sir qilish 
deb dori moddasining faqat ma’lum a’zo yoki 
to‘qimalardagi bir xildagi retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishiga va boshqa 
birorta ham retseptorga ta’sir ko‘rsatmasligiga aytiladi. Masalan kuraresimon 
vositalar asosan tanlab xolinoretseptorlarning oxirgi plastinkalarini bloklashlari 
hisobiga skelet mushaklarining bo‘shashishiga sabab bo‘ladilar. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish