SUN`İY NAFAS BERİSh USULLARİ
Nafas yullari utkazuvchanligini tiklash, nafas - tovush boylamlarininig spazmi, nafas yullariga kusuk massasininig tikilishi, intubatsion naychaninig buralib ketishi ,tilning xalqumga ketib qolishi va shu kabilar oqibatida nafas faoliyati tuxtashi mumkin.
Nafas yullari tulik yoki qisman bekilishi mumkin. Bexush holatda yotgan odamda nafas yullari erkin wtkazuvchanligini tiklash uchun tez va izchillik bilan qwyidagi tadbirlarin wtkaaizsh zarur:
1) Bemorni qattiq yuzaga chalqancha yoyqizish.
2) boshini orqaga engashtirish.
3) Pastki jag`ini oldinga va yuqori surish va og`zini och.
4) Og`iz va tomoqni shilimshiq va boshqalardan tozalash.
5) bemorni og`ziga xavo yuborib, kukrak qafasi ekskursiyasi va nafas chiqarishni kuzatib turish mumkin.
Og`izdan- og`izga yoki og`izdan-burunga nafas berish usuli nafas oldirishninig eng ta`sirchan va oddiy usulidir. bemor boshini orqaga kwproq engashtirib, chalqancha yotqiziladi. Buning uchun
bemorning kuraklari ostiga bolishga uxshatib yumoloqlangan adyol qwyiladi. Bemorninig burni barmoqlar bilan qisiladi, Og`ziga doka yoki rwmolcha yopiladi va chuqur nafas olib xavo bemorninig og`ziga puflanadi. Nafas chiqarish susut bwladi, bir minutda taxminan 12-16 marta puflanadi. Bemorning jag`lari maxkam qisilgan xollarda og`izdan burunga sun`iy nafas oldirish ususli foydali hisoblanadi. bu maqsadda bir qul bilan bemorninig boshi manglayidan orqaga oqaga engashtiriladi. 2-kul bilan iyagidan ushlanadi va pastki jag`ini yuqoriga kutarilib, og`zi berkitiladi. Swngra chuqur nafas olib lablar bilan burnini kamrab olib jadallik bilan nafas puflanadi.
|
Qon tuflash va o‘pkadan qon ketishi
Shifoxonagacha bo‘lgan yordam bosqichida ko‘pgina bemorlar qon
tuflashdan shikoyat qilishadi, vaholanki, o‘pkadan qon ketishi hamma vaqt
ham bu narsaning tashxisi bo‘lavermaydi.
Bemor tupugiga (balg‘amda) qon aralashgan bo‘lsa, buni yuqori nafas
yo‘llaridan (eng oldin burundan) yoki oshqozon ichak yo‘llaridan
(oshqozondan qon ketishi) ketayotgan «qon tuflash»dan farqlash kerak.
Haqiqiy qon tuflash ko‘pincha qonning diapedez sizib chiqishi, kichik qon
aylanish doirasida gipertenziya (yurak poroklari, birlamchi o‘pka
gipertenziyasi) bo‘lganda, o‘pka silida, o‘pka o‘smasida va pnev-
mosklerozda kuzatiladi.
Arzimas qon tuflash keyinchalik odam hayotiga xavf soluvchi
o‘pkadan birdaniga ko‘p miqdorda qon ketishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun bunday holatda bemorni davolash va kuzatish talab
qilinadi. O‘pkadan qon ketishida qisqa vaqt ichida ko‘p miqdorda (10 ml
dan ko‘p) yo‘tal turtkilari ta’sirida och ko‘piksimon ajralmaning og‘iz
orqali chiqishi xosdir.
O‘pkadan qon ketishini oshqozondan va burun-tomoqdan qon keti-
shidan farqlash zarur. Burun-tomoqdan qon ketganda qon ko‘piksimon
aralashmasiz va to‘q rangda bo‘ladi, ko‘pincha, burunga tampon
tiqilganda u to‘xtaydi. Oshqozondan qon ketganda qon to‘q xira rangda
bo‘lib (gemoglobin bilan xlorid kislotasining o‘zaro ta’siri natijasida),
ovqat massasi bilan aralashgan bo‘ladi hamda qusish vaqtida ajraladi.
O‘pkadan qon ketishining asosiy sabablariga: o‘pka sili, bronxoektaz
146
kasalligi, o‘pka gangrenasi va abssessi, o‘pka o‘smasi, pnevmoskleroz,
ba’zan yurak kasalliklari (mitral va aortal poroklar) va aorta anev-
rizmasining yorilishi kiradi.
Shifoxonagacha bo‘lgan yordam bosqichida o‘pkadan qon ketishini
aniqlash ancha qiyin.
Shifoxonaga yotqizishda bemorga o‘pka sili tashxisini o‘z vaqtida
qo‘yish katta ahamiyatga egadir. O‘pka sili tashxisi shifoxonagacha
bo‘lgan yordam bosqichida bemorning kasallik tarixi (sil kasali bor
bemorlar bilan kontakt), yo‘tal borligi, nafas qisishi, harorat ko‘tarilishi
(subfebril), terlash, ishtaha pasayishi, ozish va boshqalarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |