Texnika xavfsizligi
Har bir tashkilot yoki korxonada texnika xavfsizligi muhim ahamiyatga ega.
1. Ushbu Nizom “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilar (keyingi o‘rinlarda ishlab chiqaruvchilar deb ataladi), shuningdek dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar deb ataladi) uchun majburiydir.
3. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar hamda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. Ishlab chiqaruvchilar faqat o‘zlari ishlab chiqargan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish huquqiga ega, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno.
5. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi boshqa tashkilotlardan, shuningdek dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chet ellik ishlab chiqaruvchilardan hamda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlardan xarid qilish huquqiga ega.
Chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji sotish, ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi.
6. Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qo‘llash maqsadida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga realizatsiya qilish huquqiga ega.
7. O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |