O‘quv amaliyot mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Konstruktor yordamida jadval yaratish



Download 185 Kb.
bet3/9
Sana23.09.2021
Hajmi185 Kb.
#182961
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
24 mavzьбul

1. Konstruktor yordamida jadval yaratish.


2. «конструктор таблиц» muloqot darchasi.

3. «конструктор таблиц»da ma’lumot toifalari.
«Конструктор таблиц» yordamida jadvallar yaratish.

«конструктор таблиц» yordamida jadvallar yaratish uchun qu- yidagi amallarni bajarish zarur:

  • kompyuterni ishga tushirish va WINDOWS hamda MS ACCESS dasturiy ta’minotlarini yuklash;

  • ACCESS yuklangandan so‘ng paydo bo‘lgan muloqot dar-

chasida «Файл» menyusida ikki marta sichqonchani bosish va

«Создать» komandasini tanlash kerak;



  • paydo bo‘lgan «Создание» muloqot darchasida «База данных» tugmasi faollashtirilib, so‘ngra sichqoncha bilan

«Создать» tugmasini chertamiz;

  • keyingi paydo bo‘lgan «Файл новой базы данных» muloqot darchasida faylga nom tayinlash va ma’lumot bazasi saqlanadigan direktoriya nomi ko‘rsatiladi va «Создать» tugmasi bosiladi.

Muloqot darchalar (3.1.1-rasm … 3.1.5-rasmlarda) ko‘rsatil- gan.

Keyin paydo bo‘lgan «База данных» muloqot darchasida

«Таблица» vkladkasi faollashtiriladi va «Создать в режиме конструктора» komandasi tanlab olinadi.

Paydo bo‘lgan «конструктор таблиц» muloqot darchasida maydonlarning o‘rnatilgan xarakteristikasi va tarkibiga mos qilib jadval strukturasini tuzamiz:



  • maydon nomi;

  • ma’lumot toifasi;

  • tavsifi;

  • maydon xossalari.

«Свойства поля» blokida ikkita darcha (закладки): «Общие» va «Подстановка свойства поля»dagi «Общие» albatta to‘ldiri- ladi. «Подстановка» darchasida jadval bevosita kiritilayotgan ma’lumotlarni akslantirib turadigan qiymatlar ro‘yxatini berishi mumkin. foydalanuvchi bu holda kerakli qiymatda sichqonchani bosishi yetarlidir. Bunday maydonlar ro‘yxatli maydonlar deyi- ladi.

Jadval maydonlariga nom berishda quyidagi tavsiyalarga e’tibor berish zarur:



  • maydon nomi probel (oraliq) bilan boshlanmasligi kerak;

  • maydon nomida tinish belgilar, qavs, undov belgisini ish- latish mumkin emas;

  • jadval maydon nomlarida takrorlanuvchi nomlarni ishlatish

mumkin emas;

maydon nomlarining uzunligi 255 simvolgacha (belgiga- cha) bo‘lishi mumkin. Nomlarni minimal sondagi belgilar bi lan berish tavsiya etiladi (bu axborotlarni qidirish vaqti va xotira hajmini minimallashtirish uchun zarur). Maydon nomlari, may- don yacheykalariga kiritilayotgan obyekt belgilarining nomlari abbreviaturasiga mazmunan yaqin bo‘lishi kerak. «конструктор таблиц» axborot blokining satrlarini to‘ldirish texnologiyasi xud- di word matn tahririyatida jadvallar bilan ishlash texnologiyasiga o‘xshaydi.



Axborot blokini to‘ldirishni har bir maydon uchun ketma-ket amalga oshirish kerak. Axborot blokini to‘ldirishning quyidagi tartibi tavsiya etiladi:

    • maydon nomini kiritish;

    • ma’lumot toifasini tanlash;

    • «Описание» satriga maydon yacheykasiga kiritilayotgan qiy- matning mazmunini tushuntiruvchi izohni kiritish kerak (ke- yinchalik bu izoh jadvalni to‘ldirish jarayonida ekranning pastiga chiqariladi);

    • maydon xossalarini berish.

Sanab o‘tilgan amallarni jadvalning qolgan barcha maydon- lari uchun bajarish kerak. Maydon nomi yuqoridagi tavsiyalarga ko‘ra kiritilganidan so‘ng ma’lumotlar toifasi tanlab olinadi.

«конструктор таблиц»da ma’lumot toifalarini ro‘yxatdan foydalanib tanlab olish yo‘li bilan amalga oshirish qulay. Ro‘yxatga quyidagi ma’lumot toifalari kiritilgan.


Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish