«Логический» – mantiqiy. Bu maydon toifasi ikkita qiymat qabul qilishi mumkin. Ular xuddi ДА (ha) yoki НЕТ (yo‘q) (ДА/ НЕТ, Истина/лож, Включено/Выключено) kabi talqin qilinadi. Mantiqiy toifali maydon kalit maydon bo‘la olmaydi, lekin indeks maydoni bo‘lishi mumkin.
«OLE» (olE – obyekt). Bu toifa maydonlar yacheykasiga WINDOWS uchun ishlab chiqilgan, ilovalarga murojaatlar kiritiladi. Bular matnli, grafik yoki multimediali fayllar bo‘lishi mumkin. Bu maydon yacheykalarida saqlanadigan ma’lumot haj- mi faqat kompyuterning disk hajmi (sohasi) bilan cheklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |