1.Corel draw dasturi haqida Corel Draw — bu illyustratsiyalarni vektor grafikasi printsipiga asoslangan holda yaratuvchi va tahrirlovchi dastur hisoblanadi. Corel Draw dasturining imkoniyatlari unda turli hil grafik kompozitsiyalarni yaratishga yordam beradi. Ayniqsa dinamik interaktiv instrumentlar, turli hil effektlar va grafik ma`lumotlarni HTML va PDF formatlarida tayyorlash imkoniyatlari yaratilgan. Bundan tashqari Corel Draw grafik muharririda ranglar palitralarida turli hil ranglarni tanlash mumkin. Shuningdek turli formatlar bilan ishlashda yordam beruvchi turli instrumentlar, import va eksport uchun zarur bo`lgan ko`plagan filtrlar, tasvirni nashr qiluvchi vositalar ijodkor uchun eng yuqori ijodiy muhit yaratib beradi
Corel Draw dasturini o`rganish jarayonida, talabalar tasvirlarni yaratish va qayta ishlashning keng imkoniyatlariga ega bo`lgan grafik muharrirlar bilan ilk marotaba tanishadi. Corel Draw dasturi yordamida turli grafik ko`rinishlarni loyihalash, fotomatn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy ko`rinishdagi kompozitsiyalarni tahrir qilish bilan bog`liq amallarni bajarish mumkin. Bu grafik paket har xil shriftlarning katta jamdagi to`plamiga ega bo`lib, umumiy matndagi biror yozuvni belgilash uchun maxsus effektlarni ularga qo`llash mumkin. Dasturning oxirgi versiyasi rastrli tasvirlarni qayta ishlash bo`yicha birqancha imkoniyatlarga ega bo`lib, bu paket ichida shuningdel rastrli tasvirni vektorli tasvirga aylantirish dasturi ham kiritilgan. Corel Draw dasturining afzalliklarining biri — bu qulay va tushunarli interfeysi bo`lib, bu esa o`z navbatida o`rganish jarayonini oson va ravon tushunishga imkon beradi. Corel Draw paketi dizaynerlar, veb-sayt yaratuvchilari orasida keng tarqalgan bo`lib, reklamalar yaratishda, poligrafiyada qo`llaniladi. Ish beruvchi uchun rassom-dizaynerlarni tanlab olishning eng asosiy kriteriyalarining biri kompyuter grafikasi dasturlarida ishlash uchun yetarli bilimga ega bo`lishi hisoblanadi. Bu yerda kelib chiquvchi raqobatga faqat o`z ishida mazkur dasturlarning imkoniyatlaridan erkin foydalana oladigan oliy ta`lim muassasasi bitiruvchisigina bardosh bera oladi. Shu sababdan, raqobatga bardosh berish uchun va o`z ishida tashabbuskor bo`lish uchun bitiruvchi (dizayner, poligrafist va h. z.) vektorli grafika paketlarining biridan foydalanishni bilishi zarur. Corel Draw dasturini o`rganish jarayonida talaba laboratoriya mashg`ulotlarini bajarishi zarur bo`ladi, bunda u metodik qo`llanmadan foydalanadi. Buning natijasida talaba dasturning asosiy asboblari, palitralarning joylashishi bilan ketma-ket tanishadi, faol asbobning xossalarini o`zgartirish va sozlashni, matnlar bilan ishlashni o`rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |