O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi Mavzu: Sanoat korxonasining sanitariya pasporti bilan tanishish



Download 345,12 Kb.
bet62/73
Sana17.05.2023
Hajmi345,12 Kb.
#939966
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   73
Bog'liq
MEHNAT GIG. AMALIY dars reja 5 semestr (1)

7-ilova

Uyga vazifa: B.A.Duschanov “Umumiy gigiyena” , 330-334 betlar, tarqatma materiallari, o’tilgan mavzuni o’zlashtirib, yangi mavzuga tayyorlanib kelish.



7 amaliy mashg’ulot: Tibbiy profilaktika yo’nalishida mehnat gigiyenasi sohasida sanitary – oqartuv ishlarining olib borilishi.
O’BK: 1. Ishchilar kasb kasalliklari haqida ma’lumot berish.
2. Ishchilar o’rtasidagi har-xil mavzularda suhbatlar olib borish
3. Sanitariya varaqalarini chiqarish
Mehnat gigienasi vrachlari profpatologlar-sex terapevtlari ish turlarini yaxshi bilishga ega bo‘lishlari shart, hisobga olish, kasb kasalliklarini va zaharlanish sababini aniqlash, oldini olish bo‘yicha qonun va qoidalarni hammasini bilishlari va ularni amaliy ishga tadbiq qilmoqlari kerak.
―Kasb kasalliklarni tahlil qilish va hisobga olish jaraѐnida avtomatlashtirishni joriy qilish xaqidagi‖ sog‘liqni saqlash vazirligini 2.07.87 yilgi 866-sonli buyrug‘iga yuqoridagi qo‘shimcha buyruqqa qo‘shimcha berilgan. Bu hujjatga binoan hisobga olishni va hisobotning yangi formalari kiritilgan. (151/x – surunkali kasb kasalliklari xaqida xabarnoma, 152/x – kasb kasalliklarini hisobga olish kartasi (varaqasi) va ayrim avvalgi formadagi birlamchi tibbiy hujjatlarning mazmunini o‘zgarishi (362/x – 86 – kasb kasalliklar (zaharlanish) qaydnomasi, 363/x – 85- kasb kasalliklarini hisobga olish qayd daftari).
Kasb kasalliklarini hisobga olish majmuida ayrim terminlar aniq tasdiqlangan:
 Kasb kasalligi – ish sharoitini zararli ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar:
 O‘tkir kasb kasalligi – ishlab chiqarishdagi zararli omillarni bir marotaba (bir ish kuni mobaynida) ta’sirida kelib chiqadigan kasallik:
 Surunkali kasb kasalligi – ishlab chiqarishdagi zararli omillarni ko‘p marotaba va uzoq muddaligida ta’sir oqibatida kelib chiqadigan kasallik:
 O‘tkir va surunkali kasb bilan bog‘liq zaharlanishlar kasb kasalliklarining xususiy ko‘rinishidir.
 Ishlovchilar orasida kasb kasalliklari – shu yil ichida birinchi marotaba kasb kasalliklariga mubtalo bo‘lganlar sonining korxonada ishlovchi umumiy ishchilarning soniga nisbati.
 Maxsus taftish – kasb kasalliklarini sabablari va ularni vujudga keltiruvchi sharoitlarni aniqlash (mehnat gigienasi tomonidan korxonada, davolash profilaktik ishlari olib boruvchi muassasada vakili hamda korxona ma’muriyati va kasaba uyushmasi vakillari bilan birgalikda olib boriladi. Bir necha kishi shikastlanishi – bir vaqt mobaynida ikki va undan ortiq kishilarning kasallanishi.
Kasb kasalliklar xaqida ogohlantirish tartibi.
O‘tkir kasb kasalliklari (zaharlanishlari) hamma davolash profilaktik muassasalarida shu jumladan mehnat gigienasi va kasb kasalliklari ilmiy tekshirish institutlari Toshkent tibbiѐt akademiyasi kasb kasalliklari kafedrasi. Har bir hodisa aniqlangandan so‘ng ѐki unga shubha tug‘ilgandan so‘ng kasallikni aniqlovchi muassasa tomonidan 12 soat ichida tuman DSENMiga shoshilinch xabar berish lozim (058/x. 1-ilova).
Agar kasallikka (zaharlanishga) ikki va undan ortiq kishi duchor bo‘lgan bo‘lsa, u holda DSENMga shoshilinch xabar har bir kishi to‘g‘risida alohida ma’lum etiladi.
SHoshilinch xabarda kasallik tashxisi (gumon etilgan ѐki aniqlangan) va kasallikni keltirib chiqargan omil xaqida (taxmin etilgan) ma’lumot bo‘ladi. Agar shoshilinch xabar jo‘natilgandan so‘ng kasallanish tashxisi o‘zgarsa ѐki aniqliklar kiritilsa, bu xaqda DSENMga 24 soat ichida xabar beriladi. DPM (Davolash profilaktik muassasi) shoshilinch xabardan (f 58/u) tashqari DSENMga xabar, telefon ѐki telegraf orqali darhol quyidagilarni hollarda berilishi lozim:
 kasb kasalligiga (zaharlanish) ikki va undan ortiq kishi duchor bo‘ladigan hollarda;
 og‘ir zaharlanish (kasallannish) o‘limga sabab bo‘lganda;
 kuydirgi, qora oqsoq kasalligi, qoqshol, qutirish kasalliklari bemorning kasbiy faoliyati bilan bog‘liqligi aniqlangandan keyin.
O‘lim bilan tugagan ѐki ikki va undan ortiq kishi shikastlangan hollar to’g‘risida o‘z navbatida tuman DSENMi o‘zidan yuqori DSENMga va respublika bosh sanitariya vrachiga shoshilinch xabar yuborishi lozim. DSENMda olingan shoshilinch xabarnoma (f-058-u) – 361/u formadagi shoshilinch
xabarnomalar qayd daftariga ѐziladi, 2-ilova. 058/u-da esa shoshilinch xabarnomasini ro‘yxat tartib raqami, kuni, birinchi xabar vaqti, xabar qilgan va uni qabul qilgan kishini familiyasi ko‘rsatiladi.
Surunkali kasb kasalligini tashxisi sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bo‘yicha bu xuquqga ega kasb kasalliklar ilmiy tekshirish va tibbiѐt oliygohlarida, vrachlarning malaka oshirish oliygohida, hamda davolash profilaktik muassasalarida aniqlanadi.
Surunkali kasb kasalligi (zaharlanish)ni aniq tashxisi qo‘yilgandan so‘ng, davolash muassasasi tomonidan kasal ishlaydigan korxonada davlat sanitariya nazoratini olib boruvchi DSENM 3 kun ichida 151/u formadagi surunkali kasb kasalligi (zaharlanish) xaqida xabarnoma (3-ilova) yuborilishi kerak.
Kasallik sabablarini aniqlash jaraѐnida quyidagi ishlar bajariladi:
 lozim bo‘lsa maxsus laboratoriya tadqiqotlari o‘tkaziladi;
 kasb kasalligini (zaharlanishi) vujudga keltirilgan sabablar va vaziyatlar aniqlaniladi;
 kasallanuvchi mehnat faoliyati o‘tadigan ishlash joylari sanitariya gigienik holati talablarga javob berishi aniqlanadi.
Davlat Sanitariya Epidemiologiya Nazorati Markazi (qonunlar majmui)
Ishlab chiqaruvchi obektlarda Davlat sanitariya nazoratini olib borishda DSENM vrachi faoliyatining xuquqiy aspektlari.
Kasb kasalliklariga chalingan bemorlarni qayd qilish va ularning salomatligi va ishlash qobiliyatini kuzatib borish uchun 1.5.2. bandda ko‘rsatilgan sanitariya-epidemiologiya stansiyalarda, kasb kasalliklari klinikasida ―Kasb kasalliklarini hisobga olish jurnallari‖ tutiladi (363-sonli shakl). Jurnal DSENM ѐki davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi buyrug‘i bilan tayinlanadigan ma’sul shaxs tomonidan to‘ldirib boriladi.
Jurnal quyidagi idoralarda to‘ldiriladi: kasb kasalliklari klinikasida –statsionar bemorning ―Tibbiy kartasi‖ (003-U sonli shakl) ma’lumotlari va bemorning mehnat sharoitlarini sanitariya-gigiena tavsiyanomalari asosida. Boshqa davolash-profilaktika muassasalarida har bir tasdiqlangan kasb kasalligi (zaharlanish) hodisasi ambulator bemorning tibbiy kartasi (025-sonli shakl)ga ѐzib qo‘yiladi. DSENMlar kasb kasalliklarini tekshirish aktlari, kasb kasalliklari jurnallari asosida EVMni ishlatgan holda kasbdan kasallanishni keyinchalik hisobga olish va bir qadar chuqur tahlil
qilish uchun ―Kasb kasalligi zaharlanishni hisobga olish (152-sonli shakl) kartalarini
to‘ldiradi.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining muxim vazifalaridan biriga msxnatkashlarning sog‘ligini muhofaza qilish, havfsiz ish sharoitini yaratib berish, kasb kasalliklarini kamaytirish kiradi.
Bu vazifalarni hal etishda ko‘pgina tashkilotlar, muassasalar va idoralar shu bilan bir qatorda mehnatni muhofaza qilish va mexpat gigienasi tizimiga taalukli ishlovchilar ishtirok etadi.

Download 345,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish