Ishchilarning kasallanishi.
Ishchilar kasallanish, salomatlikning ko‘rsatkichlaridan biri sifatida, ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar asosan 4 guruhga bo‘linadi:
1 guruh – biologik (jins, yosh, irsiyat va boshqa.);
2 guruh – tibbiy ijtimoiy (ish faoliyatiga qadar salomatlik holati: oilaviy-maishiy, iqtisodiy sharoitlar va boshqalar);
3 guruh – tibby yordam uchun murojaatlarga ta’sir qiluvchi omillar (tibbiy yordamining qulayligi, uning sifati, insonning o‘z salomatligiga munosabati va boshqalar);
4 guruh – ishlab chiqarish omillari: ish sharoitlari, mehnat jarayonining xarakteri (zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining turi va darasjasi ish staji, kasbi, mehnatning og‘irligi va keskinligi va boshqalar);
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kasallnishni o‘rganish va tavsiflash muammosi murakkab va ko‘p qirraligidir.
Ishchilar kasallanishini o‘rganish va tahlil etishning asosiy vazifalari quyidagicha:
kasallanish, mehnat sharoiti va mehnat faoliyati xarakteri orasidagi sabab-natijali bog‘lanishni aniqlash;
sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Kasalanishni o‘rganish usullari:
davolash-profilaktika muassasalaridan murojaatlar bo‘yicha (bunda ishdan ozod etilmagan holda birlamchi murojaatlarni yoki vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qolishiga olib kelgan hollarni qayd etish ehtimolligi bor (VMQY);
tibbiy ko‘riklar natijasiga ko‘ra (profilaktik, dispanserizatsiya, gospitalizatsiya);
o‘lim sabablari bo‘yicha.
Ko‘pincha, o‘zining ma’lumotliligi va kasallanishiga nisbatan qisqa vaqt dinamika o‘rganish imkoniyat berganligi uchun birinchi usul keyin ikkinchi usul qo‘llaniladi. Birinchi usul murojaatlar bo‘yicha umumiy kasallanishni dinamikada o‘rganish imkonini bersa, ikkinchisi bundan tashqari kasb kasallanishini ham o‘rganish imkonini beradi. VMQY bilan bog‘liq kasallanish bemorga kasallik varaqasini bergan holda rasmiylashtiriladi va bu holat ishdan ozod bo‘lishiga asos bo‘la oladi. Kasallik varaqasi uch xil ahamiyatga ega bo‘lib (tibbiy-ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy), kasallikning turini, chastotasini va davomiyligini aniqlashni, shuningdek bemor va korxona o‘rtasidagi munosabatlarni boshqarish (ishdan ozod etish) va kasallikdan kelib chiqqan umumiy iqtisodiy zararni aniqlash imkonini beradi. Kasallik varaqasi korxonaning buxgalteriyasida saqlanadi.
Maqsadi va vazifalariga ko‘ra VMQY lik kasallanish rasmiy hisobot shakli 16-VN yoki shaxsiy hisobga olish materiallari bo‘yicha chuqur tahlil etish usuli yordamida o‘rganiladi. Birinchi usulning ma’lumotliligi chegaralangan (16-VN shakli qo‘llash). U kasallanish haqida butun korxona bo‘yicha dinamikada yoki boshqa korxona bo‘yicha dinamikada yoki boshqa korxonalar bilan taqqoslagan holda fikr yuritish imkonini beradi. Bunda hamma nozologik kasallanish shakllari hisobga olinmay, ular “boshqa kasalliklar” guruhiga kiritiladi va ko‘pincha boshqa kasalliklar orasida birinchi o‘rinda turadi. Bu guruhning echimi 16-VN shaklda yo‘qdir. 16-VN shaklda bemorlar haqidagi ma’lumotlar (jinsi,yoshi,staji,kasbi), kasallanishlar soni va boshqa ma’lumotlar keltirilgan. Kasallik sabablarini aniqlash va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun esa bu ma’lumotlar mehnat gigienasi shifokori uchun juda zarurdir. VMQlik kasalliklarni shaxsiy hisobga olishlari bo‘yicha chuqur tahlil etish usulida bu kamchiliklar kuzatilmaydi. Bu usulni kasallanish ortib borayotgan yoki uning ortish sabablarini keraklicha aniqlik bilan topish imkoni bo‘lmayotgan korxonalarda qo‘llash kerak.
CHuqur tahlil etilganda barcha kasalliklar ma’lumoti “Ishchining vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kartasi”ga kiritiladi. Ularga ma’lumotlar yil bo‘yi (“yil bo‘yi” ishlagan shaxslar uchun) kasallik varaqasidan kiritiladi: familiya, ismi, (sharifi), jinsi, yoshi, kasbi, sex, kasallik nomi, mehnatga qobiliyatsizlik kunlari soni, ish staji (umumiy va shu kasb bo‘yicha)
Do'stlaringiz bilan baham: |