O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi Mavzu: Sanoat korxonasining sanitariya pasporti bilan tanishish



Download 345,12 Kb.
bet63/73
Sana17.05.2023
Hajmi345,12 Kb.
#939966
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73
Bog'liq
MEHNAT GIG. AMALIY dars reja 5 semestr (1)

Mehnatni muhofazalash - bu Mehnat jarayonida insonning ish qobiliyatini va sog‘likni saqlashni ta’minlovchi qonunchilik xujjatlari va shunga muvofiq ijtimoiy- iqtisodiy, texnik gigienik tashkiliy chora tadbirlar tizimidir. Mehnat gigienasi Mehnatni muhofazalashda sanitar me’yor, krida va gigienik me’yorlarni xayotga tadbiq qilish uchun qonuniy asos hisoblanadi. Konstitutsiyamizda barcha fuqarolarnipg Mehnat qilish, dam olish, inson salomatligini saqlash va boshqa ijtimoiy xuquqlari mustaxkamlangan. 37-moddada har bir shaxs Mehnat qilish, erkin kasb tanlash xuquqiga ega ekanligi ko‘rsatilgan. 38-moddada yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar xak to‘lanadigan dam olish xuquqiga ega ekanligi ko‘rsatilgan. 39-moddada har bir shaxs kariganda mehnat layokatini yo‘qotganda va boshqa xollarda ijtimoiy ga’minot olish xuquqi ko‘rsatilgan. 40-moddada malakali tibbiy xizmatdan foydalanish xuquqi. 65-moddada onalik va bolalikning davlat tomonidan himoyalanganligi ko‘rsatilgan.
"Fukorolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida"gi qonun:
- bu aholining sog‘ligini saqlashga yo‘naltirilgan muxim xuquqiy harakatdir. 1996 yil 14 sentyabrdan kuchga kirgan va 3 ta asosiy vazifani uz ichiga oladi (2-modda):
- Davlat tomonidan fuqarolar sog‘ligini saqlash ta’minoti kafolati xuquqi;
- sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
- fuqarolar sog‘ligini saqlash sohasida davlat organlari boshqarmalar, tashkilotlar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar faoliyatining xuquqiy boshqarilishi.
SHu 3 ta asosiy vazifani bajarish uchun fuqarolar sog‘ligini saqlashning asosiy mezonlari ko‘rsatilgan (3-modda) har xil organlar vaqolatlari (4.5,6,7-moddalar), sog‘ligini saqlash davlat tizimida birma-bir ko‘rsatilgan (8-9-modda), shuningdek xususiy tizimlar (10-modda), aholining sanitar epidemiologik xotirjamligi (12-modda), profilaktik choralar ustivorligi (3-modda), Fuqarolar xuquqi qonun bilan mustaxkamlangan sog‘likni saqlash (13-modda), tibbiy-ijtimoiy yordam olish (16-modda), ayrim turdagi kasbda ishlovchi fuqarolarning sog‘liklarini saqlash (17-modda), infeksion va kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida.
Ishlovchilarning Mehnat gigienasi va muhofazasida katta ax,amiyatga ega bo‘lgan choralar 32-33-35 modda tibbiy ijtimoiy yordam berish, 36-modda Mehnatga vaqtinchalik layokatsizlik ekspertizasini o‘tkazish, tibbiy Mehnat ekspertizasi (37-moddalar) da ko‘rsatilgan. Qonunda O‘zbekiston Respublikasi shifokori kasamyodi matni (44-modda) shifokorlik siriga munosabat (45-modda) va fuqarolar sog‘ligiga etkazilgan zararni koplash (46-modsa) va boshqa masalalar kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosiy Mehnat xolatlarini reglamentlaydi, Mehnat munosabatlarini boshqarish, ishchi va ish beruvchilar namoyondalari, ishga joylashish, Mehnat shartnomalari, ish vaqti, dam olish va ta’til vaqti, ish xaqi, ish tartibi, Mehnat muhofazasi, alohida toifadagi ishchilar imtiyozi va davlat ijtimoiy sugo‘rtasi.
2-moddada aholining sanitariya epidemiologiya havfsizligini ta’minlash asosiy mezonlari berilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
- insonning sog‘ligini muhofaza qilish va mustaxkamlash xuquqiy kafolati;
- aholiga atrof muhitning noqulay omillari zararli ta’sirini oldini olishda OSN faoliyatining ustivorligini ta’minlash;
- aholining sanitariya madaniyat darajasini oshirish;
- sanitariya epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ijtimoiy faoliyatining qismi sifatida o‘tkazish;
- sanitariya me’yorlashga va gigienik normativlarga rioya kilmaslik va sanitariya, epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirmaslik natijasida aholining salomatligiga va atrof -muhitga etkazilgan zararni koplash;
- sanitariya me’yorlari qoydalari va gigienik normativlariga rioya etilishi va sanitariya gigienik tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan DSN ni amalga oshirish.
7-moddada davlat idoralari, korxona, tashkilot muassasa, birlashma va alohida shaxslar belgilangan tartibda tasdiklangan sanitariya meyor qoydalariga gigienik normativlariga rioya etishlari, ro‘y bergan avariyalar, sanitar epidemiologik radiaktiv vaziyati to‘g‘risida xakqoniy va to‘la tukis axborot berishlari shart(8-19 moddalar).
Davlat Sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning xuquqlari :
- yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tugatishda mansabdor shaxslardan talab qilish;
- takdim qilingan er maydoniga xulosa berish, nomuvofiq xollarda bekor qilish;
- nazorat ostidagi ob’ektlarning faoliyatida sanitariya me’yor va qoydalar, gigienik normativlar bo‘yicha baholash, nazorat qilish, to‘g‘ri kelmagan xollarda ekspluatatsiyani to‘xtatib turish yoki qurilishni to‘xtatish;
- nazorat ostidagi ob’ektlarda sanitariya qoida, meyorlar va gigienik normativlarga rioya etilishini nazorat qilish masadida borganda xizmat guvoxnomasini ko‘rsatish. O‘zbekiston Respublikasi Soglikni Saqlash Vazirligida ro‘yxatga olinmagan maxsulot, xom ashyo, texnologik jixozlar, kimyoviy moddalar va boshqalarni ishlab chiqarish, qo‘llash, realizatsiyasini ta’kiklash. 29- moddada sanitar qonunchilikni buzganligi uchun intizomiy va ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Umumdavlat me’yoriy qonunchilik xujjatlari.
Zararli va havfli omillarni gigienik reglamentlash, ishlab chiqarishda va atrof muhitni sog‘lomlashtirishda samarali yo‘l hisoblanadi. Insonning yashash muhiti va Mehnat sharoiti ustidan sanitariya tekshiruvi o‘tkazilganda sog‘likni saqlash amaliy xizmati bir qancha sanitar qoyda, me’yor, standartlar va gigienik normativlar bilan kurollanadilar. Gigienik reglamentlashda 3 ta asosiy prinsip hisobga olinadi:
- zararlilik kriteriyalariga mos ravishda busaga qonsentratsiyasi (busaga dozasi, qonsentratsiyasi) darajasi;
- boshqa turdagi ko‘rsatkichlardan tibbiyot ko‘rsatkichlarining yuqoriligi, iqtisodiy, texnologik va boshqalar;
- me’yorlashtirishdan o‘tkazish yoki normativlashtirishni OSN bosqichida ishlab chiqish.
Bu qonunchilik xujjatlari foydalanish ahamiyatiga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi:
1. Sanitar qoida va me’yorlar (San K va M) va gigienik normativlar (REM. RED). Bular sanitar qonunchilikka rioya etilishini tekshirganda Davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan o‘tkaziladigan OSN va JSN da qo‘llaniladi. Bundan tashqari bu normativlardan loyixa va qonstruktorlik tashkilotlarida, tabiat muhofazasi tashkilotlarida, eqologlar, gidromet xizmat, Mehnat vazirligi, kasaba uyushmasi organlari va boshqalar foydalanadi.
San K na M. gigienik normativlar SSV tomonidan tasdiklanib raqam beriladi va amal qilish muddati belgilanadi. Tarmoqlari qonunchilik xujjatlarida avval sanitariya epidemiologik xizmat organlari bilan kelishib, keyin shu tarmoq vazirligi tasdiklaydi. Hozirgi vaqtda juda ko‘p gigienik me’yorlar (shovqin, tebranish, elektr magnit maydon, meteomillar, kimyoviy birikmalar va boshqalar) mavjud. Juda ko‘p ishlab chiqarish tarmoqlari uchun sanitar me’yor va qoydalar ishlab chiqilgan:
-texnologik jarayonlarni tashkil etish va ishlab chiqish masalalariga bo‘lgan gigienik talablar (San Kva M №0011 -94);
-yangi texnologik jarayon, texnika, asbob uskunalar va kimyoviy moddalar ustidan ogohlantiruvchi sanitariya nazorati (SanK va M - 0013-94):
- kurib bitkazilgan ishlab chiqarishga taalukli ob’ektlarni foydalanishga topshirishda sanitariya epidemiologik stansiya vrachining qabul qilish komissiyasidagi ishi (SanK va M №0007-94);
-kompyuter va tashkiliy texnikada ishlovchilarning sanitariya qoyda va me’yorlari (San K va M № 0067-96).
Davlat Mehnat havfsizligi standartlari siste’masi (DAVST, MXSK).
Mehnat havfsizligi sohasida standartlashtirish kompleks standartlarni uz ichiga oladi. Standartlashtirish qonstruktorlar, gigienistlar va ishlab chiqaruvchilar uchun muljallangan. Ularda havfli va zararli omillarning tasnifi, me’yorlari, o‘lchash usullari, havfsizlik choralar, ishlab chiqarish jarayoniga va jixozlariga havfsizlik talablari berilgan.

Download 345,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish