O’quv adabiyoti


-rasm. Akromion-o’mrov bo’g’imi



Download 43,86 Mb.
bet60/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

43-rasm. Akromion-o’mrov bo’g’imi.
1-clavicula;
2-lig.coracoacromialis;
3-lig. trapezoideum;
4-lig. conoideum;
5-processus coracoideus;
6-cavitas glenoidalis;
7-tendo m.bicepitis brachii;
8-acromion;
9-lig.acromioclaviculare.

(lig. acromioclaviculare) mustahkamlab turadi. Bundan tashqari bu bo’g’imni mustahkamlashda bo’g’imdan tashqarida joylashgan tumshuqsimon-o’mrov boylami (lig. coracoclaviculare) ham ishtirok etadi. Bu boylam tumshuqsimon o’simtadan boshlanib ikki dastaga bo’linadi. Orqa va medial tomondagi konussimon dasta (lig. conoideum) o’mrov suyagining konussimon bo’rtig’iga birikadi. Old va lateral tomondagi trapetsiyasimon dasta (lig. trapezoideum) o’mrov suyagining trapetsiyasimon chizig’iga birikadi. Bu bo’g’imda boylamlar mustahkam bo’lgani uchun harakati chegaralangan uch o’q atrofida sodir bo’ladi.
Qo’lning erkin qismi suyaklarining birlashuvi


Yelka bo’g’imi
Yelka bo’g’imi (articulatio humeri) (44-rasm) yelka suyagi boshchasi va kurak suyagining bo’g’im chuqurchasi o’rtasida hosil bo’ladi. Yelka suyagining bo’g’im yuzasi sharsimon shaklda, bo’lib kurakning yassilashgan bo’g’im chuqurchasidan taxminan 3 barabar katta. Kurak suyagi bo’g’im chuqurchasi yelka suyagi boshchasiga mos kelmagani tufayli uning atrofini qo’shimcha tog’ay halqa lab (labrum

44-rasm O'ng yelka bo'g'mi.
1-lig.coracohumerale;
2-scapula;
3-capsula articularis;
4-tendo m.bicepitis brachii;
5-vagina synovialis intertubercularis.

glenoidale) o’raydi. Bu bo’g’im labi kurakning bo’g’im yuzasini chuqurlashtirib, yelka suyagini boshiga moslaydi. Bo’g’im xaltasi kurak suyagini bo’g’im labining tashqi yuzasi, qisman bo’g’im chuqurchasi chekkasi bo’ylab biriksa, yelka suyagini anatomik bo’yniga birikadi. Bo’g’im xaltasi yupqa va keng bo’lib, harakat vaqtida burmalar hosil qiladi. Bo’g’im xaltasining yuqori qismi tumshuqsimon o’simtadan boshlanib yelka suyagining anatomik bo’ynini yuqori qismiga yopishgan tumshuqsimon-yelka boylami (lig. coracohumerale) hisobiga qalinlashgan. Bu boylamning kengligi 3 smgacha bo’lib, ko’pincha yaxshi rivojlangan. Yelka bo’g’imining xaltasi uning atrofida joylashgan mushaklar payi tolasi hisobiga qalinlashadi. Yelka bo’g’imining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bo’g’im xaltasining ichida yelka ikki boshli mushagining uzun boshi payi o’tadi. Yelka bo’g’imida boylami kam bo’lgani uchun uning chiqishi tez-tez uchrab turadi. Bu bo’g’imni mustahkamlashda bo’g’im atrofida joylashgan yelka kamari mushaklari ishtirok etadi. Yelka bo’g’imi shakl jihatidan sharsimon bo’g’im turkumiga kiradi. Boylamlari kam va bo’g’im xaltasi keng bo’lgani uchun uning harakati erkin va uch o’q atrofida sodir bo’ladi. Sagital o’q atrofida qo’lni tanaga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish; frontal o’q atrofida bukish va yozish; vertikal o’q atrofida yelkani bilak va panja bilan birgalikda ichkariga va tashqariga burish, shuningdek, aylanma harakat sodir bo’ladi.
Rentgenoanatomiyasi. Yelka bo’g’imi sohasi rentgenogrammasida yelka suyagi boshchasidan yuqori joylashgan o’mrov-akromion bo’g’imidagi o’mrov suyagining tashqi qismi va tumshuqsimon o’simta ko’rinadi. Old to’g’ri rentgenogrammada kurakning bo’g’im chuqurchasi ikki tomoni qavariq linza shaklida bo’lib, uning ichki chegarasi nisbatan quyuq, tashqisi yupqa bo’lgani uchun bo’g’im chuqurchasida aniq yarim halqa belgisi kuzatiladi. Yelka bo’g’imi rentgenogrammasida bo’g’im yorig'i bo’g’im chuqurchasini ichki quyuq chekkasi bilan yelka suyagi boshi o’rtasida joylashgan yorug’lik shakliga ega. Uning kengligi o’rtacha 4 mm.
Yangi tug’ilgan bolada yelka bo’g’imini hosil qiluvchi suyaklarning bo’g’im yuzalari tog’ay holatida. Kurakning bo’g’im yuzasi yassi, cho’zinchoq shaklda. Bo’g’im labi yupqa va past. Bo’g’im xaltasi pishiq, tarang faqat pastki qismlari burmalar hosil qiladi. Tumshuqsimon o’simta-yelka boylami yaxshi rivojlangan. U qisqa, pishiq, yassi fibroz qatlamni hosil qilib, bo’g’im xaltasiga birikib ketadi. Bu boylam qisqa bo’lgani uchun bo’g’im harakatining hajmi chegaralangan. Bolalikning birinchi davrida bo’g’im yuzasi katta odamlarga xos shaklni oladi (45-rasm). Bo’g’im xaltasi bo’shashib, tumshuqsimon o’simta-yelka boylami uzayadi.




Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish