O’quv adabiyoti



Download 43,86 Mb.
bet35/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

Boldir suyaklari


Boldir sohasida ikkita uzun naysimon: medial tomonda katta boldir va lateral tomonda kichik boldir suyaklari joylashgan.
Katta boldir suyagida (tibia) (26-a rasm) tanasi va ikki uchi tafovut qilinadi. Uning yuqori (proksimal) uchi kengaygan bo’lib, ichki do’ngsimon o’simta (condulus medialis) va tashqi do’ngsimon o’simta (condulus lateralis) bor. Bu osimtalarning ustki tomonida son suyagini pastki uchi bilan bo’g’im hosil qiluvchi botiqroq ustki bo’g’im yuzasi (facies articularis superior) joylashgan. Katta boldir suyagining do’ngsimon o’simtalarining bo’g’im yuzsi o’zaro do’ngsimonaro tepalik (eminentia intercondularis) bilan ajralgan. Bu tepalik ikki: ichki va tashqi bo’rtiqlarga (tuberculum intercondularae medialis et lateralis) bo’linadi. Do’ngsimon o’simtalararo tepalikning oldingi yuzasida oldingi chuqurcha (area intercondularis anterior), orqasida yuzasida esa orqa chuqurcha (area intercondularis posterior) bor. Tashqi do’ngsimon o’simtaning lateral tomonida biroz orqaroqda kichik boldir suyagi birlashadigan kichik boldir bo’g’im yuzasi (facies articularis fibularis) joylashgan.
Katta boldir suyagining tanasi (corpus tibiae) uch qirrali. Oldingi qirrasi (margo anterior) o’tkir bo’lib, teri ostida bilinib turadi. U yuqori tomonda kengayib, sonning to’rt boshli mushagi birikadigan katta boldir suyagi bo’rtig’ini (tuberositas tibiae) hosil qiladi. Medial qirra (margo medialis) biroz to’mtoq. Lateral qirra kichik boldir suyagiga qaragani uchun suyaklararo qirra (margo interossea) deyiladi. Katta boldir suyagini uchta yuzasi tafovut qilinadi. Medial yuzasi (facies medialis) silliq, bevosita teri ostida joylashgan. Lateral yuza (facies lateralis) va orqa yuzasi (facies posterior) mushaklar bilan qoplangan. Orqa yuzasida tashqi do’ngsimon o’imtaning orqa chekkasidan pastga va ichkariga qiya yo’naluvchi kambalasimon mushak chizig’i (linea m. solei) bo’lib, undan shu nomli mushak boshlanadi. Bu chiziqdan pastroqda oziqlantiruvchi teshik (foramen nitricum) bor.



Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish