tomonda joylashgan kaft oldi-kaft boylamlari (ligg. tarsometatarsea dorsalia et plantaria), hamda suyaklararo ponasimon kaft boylamlari (ligg. cuneometatarsea interossea) bilan mustahkamlanadi. Bu boylamlardan medial ponasimon suyak bilan II kaft suyagi o’rtasidagisi amaliyotda ahamiyatga ega bo’lgani uchun lisfrank bo’g’imi kaliti deyiladi. Kaft oldi-kaft bo’g’imlari yassi bo’g’im turiga kirsa ham, harakat juda chegaralangan.
Kaft suyaklari asosini bir-biriga qaragan yuzalari o’rtasida kaft suyaklariaro bo’g’im (articulatio intermetatarseae) hosil bo’ladi. Bu bo’g’imlarning bo’g’im xaltasi tashqi tomondan orqa va tovon kaft boylamlari (lig. metatarsea dorsalia et plantaria) bilan mustahkamlanadi. Kaft suyaklariaro boylamlar (ligg. metatarsea interossea) kaft suyaklarini bir-biriga qaragan yuzalari o’rtasida joylashgan.
Old to’g’ri rentgenogrammada kaft oldi suyaklari va kaft suyaklari o’rtasidagi bo’g’imlar ko’rinadi. Ularning hammasi turli shakl va o’lchamli aniq chiziqli yorug’liklar shaklida ko’rinadi. Kaft suyaklarini asoslari bir-biriga qavatlanadi va ular o’rtasidagi bo’g’im yorig’i kuzatilmaydi. Barcha kaft-barmoq falangasi bo’g’imlarining rentgen bo’g’im yorig’i bir xil. Proksimal falangalarning bo’g’im chuqurchasi kaft suyaklari boshchasi bo’g’im yuzasidan kichik bo’lgani uchun ular bir-biriga mos kelmaydi.
Kaft-barmoq falangasi bo’g’imi (arttculatio metatarsophalangeae) kaft suyaklarining boshchasi bilan proksimal barmoq falangalari asosi o’rtasida hosil bo’ladi. Kaft suyaklarining boshchasi sharsimon shaklga ega. Bo’g’im xaltasi yupqa va erkin. Bo’g’imni lateral va medial tomonidan yonlama boylamlar (lig. collateralia) mustahkamlaydi. Bo’g’imni past tomonidan esa kaft boylami (lig. plantaria). Bundan tashqari barcha kaft suyaklarining boshini birlashtirib, bo’g’im xaltasiga birikib ketgan ko’ndalang yo’nalgan tizimcha shaklidagi lig. metatarseum profundum transversum ham bor. Bo’g’imda harakat ikki o’q atrofida: bukish va yozish, hamda uncha katta bo’lmagan uzoqlashtirish va yaqinlashtirish.
Barmoq falangalari o’rtasidagi bo’g’im (articulationus interphalangea). Shakl va faoliyat jihatidan bu bo’g’imlar xuddi qo’l kaftiga o’xshaydi. Ular g’altaksimon bo’g’imlar turkumiga kirib, yon tomondan yonlama boylamlar (lig. collateralia), hamda kaft boylamlari (ligg. plantaria) bilan mustahkamlanadi.
Oyoq panjasi suyaklari qo’l kafti suyaklariga nisbatan kam harakat bo’lib, tananing tayanch vazifasini bajarishga moslashgan. Oyoq panjasi suyaklari o’zaro birlashib yuqoriga qaragan gumbaz hosil qiladi. Shuning uchun oyoq panjasi yerga butun kaft bilan emas balki uchta nuqta: orqada tovon suyagi do’ngligi, oldinda I va V kaft suyaklarini boshchasi bilan tegadi.
Oyoq gumbazini hosil bo’lishida lig. plantare longum, lig. calcaneonaviculare plantare, aponevrosus plantare larni va oyoq kafti mushaklarini roli katta. Agarda bu boylamlar va mushaklar bo’shashib ketsa, oyoq gumbazi yo’qolib, yassi panja vujudga keladi. Oyoq gumbazi amortizator vazifasini bajarib, tana og’irligini oyoq panjasiga bir tekis taqsimlanishida yurganda, yugurganda va sakraganda tanani silkinishini kamaytirishda katta ahamiyatga ega.