13-mavzu.Test asosida o’quvchilarning bilimini nazorat qilish shakl va usullari (2 soat amaliy).
Darsning maqsadi
|
|
Tinglovchilarga Test asosida o’quvchilarning bilimini nazorat qilish shakl va usullari. Test turlari. Kompyuter asosida test olish haqida bilim berish va ko`nikmalarini rivojlantirish, mustahkamlash, amaliy topshiriqlar berish va ularni baholash.
|
Darsning rejasi
|
|
Reja: Test asosida o’quvchilarning bilimini nazorat qilish shakl va usullari.
Test turlari.
Kompyuter asosida test olish usulari, qo’yiladigan talablar.
|
Dars turi
|
|
Ma’ruza, amaliy, bahs-munozara.
|
Dars bosqichlari
dars taqsimoti
|
va
|
Tashkiliy qism
Yang mavzu bayoni
III.Mavzuni mustahkamlash
IV. Darsga yakun yasash
|
O`quv jarayonining mazmuni
|
Metod: hamkorlikda o`rganish, jamoada, guruhlarda.
Jihoz : Kompyuterlar, proyektor, tarqatma materiallar, flipchat.
Usul: og`zaki, Yoz ma, taqdimot.
Baholash: reyting tizimda.
|
Uyga vazifa
|
Keyingi o`tiladigan dars mavzusiga tayyorlanish.Mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishish.
|
Test (ingliz – text - tajriba) diagnostika metodi bo’lib, standartsavollar beriladi.
Test sistemasi o’quvchilarni baholashning boshqa ko’rilganmetodlariga qaraganda qanday afzallikka ega? Undan foydalanishmohiyati nimada? Bu savollarga jabov beramiz.
Barcha o’quvchilarga teng sharoit yaratiladi (vaqt hisobida ham, testsavollarini tanlash hisobida ham).
Ma’lum vaqt ichida ham o’quvchilarning keng doirasini, hammavzuning to’liq mazmunini qamrab olish mumkin.
Berilgan savollarda tasodifiylik elementlari kamayadi, bu esaimtihon oluvchining noxolisligini yo’qqa chiqaradi. 4. Imtihon oluvchi va topshiruvchi o’rtasida sub’ektiv fikrni yo’qqachiqaradi.
Tekshirishga vaqt va kuch sarflash kamayadi, shu bilan birgao’qituvchi va o’quvchi ustida nazoratni yengillashtiradi.
Test javoblariga mashina tomonidan tezda statik ishlab chiqishimkoniyatiga ega bo’ladi, chunki savol va javoblar standart shaklgaega.
Testlarni bir qancha turlari mavjud: eslash va to’ldirish uchuntestlar; tanlov testlari.
Tanlov testlari o’z navbatida alternativ, ko’ptanlovli va kesishuvchi tanlovli testlarga bo’linadi.
1– rasm. Testlarning turlari.
Birinchi turdagi testlar o’quvchilarga gapdagi yoki bog’lovchi matndagibo’shliqlarni to’ldirish vazifasini qo’yadi. Masalan:
1-test. Qolib ketgan so’zni qo’ying.
Belgili o’zgaruvchanlik -- bu .... olingan belgilar ketma-ketligi.
A. Qo’shtirnoq.
V. Qavs.
S. Dumaloq qavs.
D. Kvadrat qavs.
Muqobil test - bu o’quvchi ikkita “ha yoki yo’q” javoblarini tanlashkerak bo’lgan vazifalar.
2-test. Bayt 8 bitdan iboratmi?
A. Ha
V. Yo’q
Kesishuvchi tanlovli testlar bir qancha vazifalardan iborat bo’lib,bu vazifalar bajarilgandan so’ng o’quvchi olgan natijalar va taxminqilingan natijalar o’rtasida muvofiqni tekshiradi.
3-test. Har bir son uchun Beysik tilida yozuv toping. a) 7 1) 3E -10
b) 6,0 2) 1
v) 7,345678 3) 4.E 27
g) 0,00012 4) 87 8787.8
0,00000000003 5) 6.0
4 *1027 6) 999. Ye-11
j) 2,34455628921 7) 12. Ye-5
z) 1,000000001 8) 7
i) 878787,8 9)2.344556
k) 9,91*10 -12 10) 7. 345678
Ko’p tanlov testlari vazifa va javoblar to’plamidan (javoblardanbiri to’g’ri) iborat. O’quvchi ushbu to’plamdan uning fikriga to’g’rihisoblangan javobini tanlash kerak. 4-test. Beysik-bu:
A. Programma
V. Programmalash tili.
S. Yuqori darajali programmalash tili.
D. Ikkilangan kod tili.
Hozirgi vaqtda bir necha xil ARM “Test” lari mavjud. Ularning harbiri o’zining afzallik va kamchiliklariga ega. Ammo kompyuterda testolish ko’p jihatdan o’qituvchi va o’quvchi ishida yengillik yaratadi.
O’qitish natijalarini tekshirish ta’lim jarayonining asosiy tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi. Baholash o’qitishning hamma bosqichdarida ham o’rinli bo’lishi mumkin, ko’pincha esa, dasturning biror qismini yoki (va) o’qitishning biror bosqichi yakunida o’tkaziladi. O’qitish natijalarini tekshirishning asosiy maqsadi bu – o’quvchi tomonidan joriy dastur, fanning ta’lim standartiga mos kelishi kerak bo’lgan bilimlarni egallaganligini tekshirishdir.
Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda o’quv krslarini yaratish va ularni o’rnatishda o’quvchilar bilimini baholash masalasi asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda olinayotgan nazorat natijalari haqiqiyligini ta’minlash uchun maxsus kompyuterli test usullar qabul qilingan:
O’quv zahiralariga murojaatni maxsus parollar va identifikatorlar orqali amalga oshiriladi; testlarning o’zi va natijalari maxsus shifrlar va kodlar yordamida himoyalanadi; umumiy ma’lumotlarga murojaat maxsus vositalar yordamida amalga oshiriladi
Himoya uchun qo’shimcha qurilmalar, masalan videokamera, pin-kodlarni o’qish qurilmalarini qo’llash
Test savollari va javoblari variantlarini almashtirish va javob uchun aniq belgilangan vaqt o’rnatish
Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda testlash. O’quvchilarning IAT fanidan olgan bilimi sifatini baholash uchun maxsus tayyorlangan materiallar – testlardan foydalanishimiz kerak. Ular tajriba to’plashning har bir bosqichi bo’yicha tuzilgan bo’lishi kerak. Test – bu olingan bilimning sifati va darajasini aniqlab beruvchi vosita hisoblanadi.
Testlash jarayonida sun’iy intellekt va bilimlar injeneringidan foydalanish jarayonning mukammal bo’lishiga va natijalarning aniq chiqishiga yordam beradi.
Talimiy soatlarda ko’pincha real vaqtda ishlovchi testlarni ko’rish mumkin. Bu rejimda test topshiruvchi serverdagi dasturga to’g’ridan-to’g’ri muloqot orqali javob beradi. Testlar savollar va jabob variantlari (qoida bo’yicha biri to’g’ri qolganlari noto’g’ri) dan iborat. O’quvchi javob berishi uchun kerakli variant ustiga sichqon tugmasi bilan bosadi va keyingi savolga o’tishi mumkin bo’ladi. SHu asnoda test variantlari tugatiladi va foydalanuvchiga u erishgan natija (to’g’ri javoblar soni) hamda o’qishni davom ettirish (tugatish) haqidagi xabar chiqariladi.
Ko’p yillardan beri testlashni o’tkazish uchun xalqaro standart mavjud. Bu standartga ko’ra o’tish bali to’g’ri javoblar soni bilan emas, balki, ma’lum bilimlarni talab qiluvchi testlarga beriladigan javoblar bilan aniqlanadi.
Kompyuterli test tuzuvchilar bir qator qoidalarga rioya qilishlari kerak:
test testlash maqsadlariga to’g’ri kelishi kerak;
bilimlar qiymatini o’tiladigan darslarning umumiy tizimida aniqlash kerak;
testning formasi va mazmuni orasida aloqa bo’lishi kerak;
test topshiriqlari mazmun jihatdan to’g’ri bo’lishi kerak;
test mazmuni o’tilgan materiallarning mazmuniga mos kelishi kerak;
test fanning zamonaviy darajasiga mos kelishi kerak; test mazmuni mukammal va muvozanatlangan bo’lishi kerak; test mazmuni tizimli, shu bilan birga variantlarga ega bo’lishi kerak.
Har bir test boshlanishida masalani yechish uchun qisqa ko’rsatma beriladi. Masalan: “To’g’ri javobni tanlang ...”, “Eng to’g’ri javobni tanlang...”, “bo’sh maydonga mos javobni tanlang...” va h.k.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan testlarni yaratishda eng avval qismlarga mo’ljallangan yo’nalishga asoslangan bo’lishi kerak. Bunda bitta o’quvchining bilim, malaka va ko’nikmasi kutilgan natijalar bilan taqqoslanadi.
Testlash jarayonida boshlash, davom ettirish, to’xtatish va tugallash imkoniyatlarini yaratish kerak. Testni boshlashdan oldin qatnashchi tizimga o’zini tanishtirishi
(autentifikatsiyadan o’tishi) kerak.
Lomovtseva N.V. o’quvchilarni masofaviy o’qitishda nazoratini tashkil qilishda ko’zda tutilishi kerak bo’lgan quyidagi asosiy printsiplarini ajratadi:
Ob’ektivlik printsipi – informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda bilish faoliyati sub’ektiv faktorga minimal ta’sir vaqtida baholanishi kerak.
Demokratiklik printsipi – informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda hamma o’quvchilar, nazorat topshiruvchilar uchun bir xil sharoit yaratilishi kerak.
Ommaviylik va qisqa muddatlilik printsipi – Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda nazorat iloji boricha qisqa muddatdao’tkazilishi va iloji boricha ko’proq o’quvchilarning bilimini sinash kerak.
Umumiy o’qitish nuqtai-nazaridan Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish o’zaro aloqada bo’lgan va o’zaro bog’liq quyidagi tizimlardan iborat deyishimiz mumkin: ma’lumotni yetkazib berish, materialni mustahkamlash, bilimlarni tekshirish, o’quvchilar muvaffaqiyatlarini saqlash.
Nazorat turlari, uni o’tkazish tartibi va mezonlari o’quv ishlari bo’yicha diretor o’rinbosarlari tavsiyasi bilan umumiy o’rta ta’lim maktabining o’quv-uslubiy Kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o’quv dasturida mashg’ulot turlari bilan birgalikda ko’rsatiladi.
Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda o’quvchilarga e’lon qilinadi.
O’quvchilarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |