mazmuni
|
Jihoz : Kompyuterlar, proyektor, tarqatma materiallar, flipchat.
Usul: og`zaki, Yoz ma, taqdimot.
Baholash: reyting tizimda.
|
Uyga vazifa
|
Keyingi o`tiladigan dars mavzusiga tayyorlanish.Mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishish.
|
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan
Davlat ta’lim standarti O’quvchilar informatika asoslariga oid quyidagi bilim,ko’nikma va malakalarni egallashlari shart:
— informatika va hisoblash texnikasi asoslariga oid tushunchalarni bilish;
— zamonaviy kompyuter texnikasi, asosiy qurilmalari va ularning ish prinsiplarini bilish;
— axborotni tasvirlash, kodlash, o’lchash va qayta ishlash usullarini bilish;
— algoritmlashning asosiy ko’nikmalariga ega bo’lish;
— kompyuterda masalalar yechish bosqichlari haqida tasavvurga ega bo’lish;
— zamonaviy axborot texnologiyasining jamiyatimizdagi istiqboli haqida tasavvurga ega bo’lish;
— dasturlash tillarining xillari, tuzilishi va qo’llanilishini bilish;
— kompyuter savodxonligini minimal darajada namoyish qila olish;
— inson faoliyatining turli sohalariga kirgan zamonaviy axborot texnologiyasini namoyish qila olish.
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limining maqsadi Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va hisoblash texnikasi asoslari kursining ahamiyati uning texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan beligilanadi. Maktabda informatika o’qitish — ta’limining umumiy maqsadlariga hizmat qilishi, ya’ni o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o’z-o’zini anglash salohiyatining shakllanishi va o’sishi, ularda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni tarkib topishi hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishi lozim.
Umumiy o’rta ta’limda «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» kursining maqsadi - o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari haqida puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslari berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limining asosiy vazifalari:
axborotlarni qayta ishlash haqida ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish;
zamonaviy kompyuter texnikasining tuzilishi, tarkibi, ishi va qo’llash imkoniyatlari bilan tanishtirish;
kompyuterlar bilan amaliy ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
axborot texnologiyalari haqida bilimlar berish hamda ular bilan ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari bilan tanishtirish, uning asosiy bosqichlari haqida aniq tasavvur hosil qilish va ko’nikmalarni shakllantirish;
asosiy algoritmik tuzilmalarni bilish, algoritmlash va dasturlash asoslari bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish;
kompyuterning dastur ta’minoti tarkibi, vazifalarini va ularni o’rnida qo’llash imkoniyatlarini aniqlay bilish;
o’qish davomida ega bo’lingan bilim va ko’nikmalardan tipik o’quv masalalarini yechishda foydalana olish;
yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimizning ijtimoiy — iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta’siri haqida tasavvur hosil qilish.
Umumiy o’rta ta’lim maktabida informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish ushbu Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. U umumiy o’rta ta’lim maktabida beriladigan informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi mazmunining majburiy minimumi hamda o’quvchilarning informatika va hisoblash texnikasi asoslaridan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar majmuasini ifodalaydi.
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi majburiy minimumi umumta’lim maktablarida o’quvchilarga informatika va hisoblash texnikasi asoslaridan berilishi zarur bo’lgan ta’lim mazmunining minimumini ifodalaydi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarining informatikadan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar uning asosiy mazmunining yo’nalishlari, axborot, kompyuter, axborot texnologiyalari, kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari, axborot texnologiyalarining istiqbollari bo’yicha belgilanadi.
Axborot. Axborot va axborot jarayonlari. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari kursining maqsadi va vazifalari. Axborot turlari va xususiyatlari. Axborot bilan ishlash jarayonlari va vositalari. Axborot miqdori, uzatish tezligi, o’lchov birliklari. Axborot tarmoqlari.
Axborotlarni tasvirlash yo’llari.
Do'stlaringiz bilan baham: |