Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1)
O’quv materialiga qiziqishni oshirish O’quvchilarda o’quv materialiga qiziqishni turli usullar yordamida amalga oshirish mumkin. Ularning ayrimlarini ko’rib chiqamiz.
QIZIQTIRUVCHI MAQSAD
Yosh bola (go’dak) vannada cho’milishni istamaydi. Onasi uni kuch bilan majburlamaydi, balki bior o’yinchog’ini cho’miltirishni taklif etadi. Bu bola uchun tushunarli va qiziqarli. Mana bir ozdan so’ng bolaning o’zi ham o’yinchog’i bilan birga vannada cho’milyapti. Dono ona oddiy pedegogik usulni qo’lladi. Bu usulni maktabda ixtiyoriy sinf va fanda qo’llash mumkin.
Formula: O’quvchi oldiga oddiy, tushunarli va qiziqarli maqsad qo’yiladi. Uni bajarish jarayonida o’quvchi beixtiyor o’qituvchi rejalashtirgan ishni ham bajaradi.
Misol: “Axborotlarni kodalsh” mavzusi. O’qituvchi o’quvchilarda “Josus” o’yinini taklif etedi. O’quvchilar kichik guruxlarga bo’linadi. Bir guruxning “sirli xat”ida nima yozilganini ikkinchi gurux aniqlashi kerak. Bunda o’quvchilarga darsda ko’rib chiqilgan kodlash usullari bilan birga o’zlari o’lab topgan usullardan ham foydalanish mumkinligi aytiladi.
XAYRATLANTIR
Yaxshi ma’lumki, hech bir narsa g’aroyib (ajablanarli, hayratli) narsa singari e’tiborni jalb qila olmaydi.
Formula: O’qituvchi shunday “qarash burchagi”ni topadiki, bunda oddiy narsa ham g’aroyib bo’lib ko’rinadi.
Misol: “Ma’lumotlar ombori” mavzusi. Ob’yektlar va ularning xususiyatlarini tushuntirish kerak. O’qituvchi “Shunday mamlakat borki, u yerda odamlar suvdan yura oladilar” – deydi.
O’quvchilar albatta xayron bo’ladilar. O’qituvch: “Aniqlanishicha yilning shunday kunlari bo’lar ekanki, xatto siz ham suv ustida yura olar ekansiz“. O’quvchilarning xayrati ichiga sig’maydi.
Qish. Ko’chalar qor bilan qoplangan. Axir, bunda biz suv ustida yuramiz. Chunki lqor – suvning xolatlaridan biri. Siz suvning yana qanday xolatlarini bilasiz. Suv – bu ob’yekt. Uning xususiyatlaridan biri - har xil xolatlarga kira olishi.
KECHIKTIRILGAN YECHIM
Formula: Dars boshlanishida o’qituvchi topishmoq beradi. Uning yechimi yangi mavzuni tushuntirishda ma’lum bo’ladi.
Misol: “Sanoq sistemalari” mavzusi. O’qituvchi o’quvchilarga savol beradi: “birga birni qo’shsa, necha bo’ladi ?”. Albatta hamma “ikki” – deb javob beradi. “Noto’g’ri, 1+1=10, buni isbotlab berishim mumkin” – deydi o’qituvch. Gap albatta ikkilik sanoq sistemasi xaqida ketyapti. Lekin bolalar qiziqib qolishdi.
UY VAZIFASINING TURLARI VA DARAJALARI
O’quvchilarga beriladigan uy fazifalari bir necha tur va darajada bo’lishi mumkin. Darsda ikki yoki uch xil darajadagi yu vazifalarini berish maqsadga muvofiq.
Birinchi daraja – MAJBURIY MINIMUM. Bunday topshiriqning asosiy xususiyati: uni barcha o’quvchilar oson tushunishi va bajara olishi kerak.
Ikkinchi daraja – TAYYORLANUVCHI. Bunday topshiriqlarni dasturni qiyinchiliksiz o’zlashtiradigan va predmetni yaxshiroq bilishga xarakat qiladigan o’quvchilar bajaradi. O’qituvchi ularni birinchi tur topshiriqdan ozod qilishi ham mumkin.
Uchinchi daraja – IJODIY TOPSHIRIQ. Odatda bunday topshiriqlarni o’quvchi o’z xoxishiga qarab bajaradi. Ular o’qituvchi tomonidan yuqori ball va maqtov bilan rag’batlantiriladi.
Ijodiy topshiriqlar turi juda ko’p. Masalan, o’quvchilarga quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi:
mavzu bo’yicha ertak, fantastik hikoya, masal yozish; - chaynvord, krossvord tayyorlash;
mazu bo’yicha qiziqarli fakt, masala va misollar to’plash;
mazu bo’yicha plakat tayyorlash;
mazu bo’yicha rasmlar chizish va xakazo.
Uyga vazifa berish usullari
Uy vazifasi ijodiy bo’lishi mumkin ekan. Shu bilan birga yu vazifasini berishga ham ijodiy yondashish mumkin. Yu vazifasini biror topishmoq, jumboq, boshqotirma shaklida berib unga sirli tus kiritish mumkin. Albatta o’quvchilar yecha oladiogan jumboq tanlanishi kerak.
Misol 1: “Sanoq sistemalari” mavzusi. Yuga vazifa sifatida beriladigan darslikdagi mashqlarning tartib raqamlarini ikkilik sanoqsistemasida berish mumkin. O’quvchi qaysi mashqlarni bajarishi bilish uchun avval ularning tartib raqamini ikkilik sanoq sistemasidan o’nlik sanoq sistemasiga o’tkazib olishi kerak bo’ladi.
Misol 2: “Ma’lumotlar ombori” mavzusi. Yuga vazifa: “Yer tagida oltin qoziq” sinfiga mansub ob’yektlar ma’lumotlar omborini tuzing. Ob’yektlar soni beshtadan kam bo’lmasin. O’quvchi qaysci ob’yektlar uchun ma’lumotlar omborini tuzishni bilishi uchun, avval berilgan topishmoqning javobini topishi kerak. Keltirilgan misolda javob: sabzi. Demak “sabzavotlar” ma’lumotlar ombori tuzilishi kerak.
Inson tabiatan sirli narsalarga qiziqadi, yosh bolalar, ayniqsa. Uy vazifasi bu shaklda berilganda, o’quvchilar aksariyat holda uy vazifasini bajargandan ko’ra qaysi vazifani bajarishni topganidan ko’proq faxrlanadi. O’quvchi uy vazifasini albatta bajaradi. Axir, aks hilda u o’qituvchi bergan jumboqni yecha olmagan bo’lib chiqadiku. Jumboqni yechgan o’quvchi buni hiohlarmidi? Albatta yo’q.
Hamma darsda ham ushbu usuldan foydalanaverish kerak emas. “Har narsaning me’yori yaxshi” – degan xikmatni unutmaslik lozim.