Umumo’rta ta’limning davlat ta’lim standarti
Umumo’rta ta’limning davlat ta’lim standartini (UO’T DTS) yaratishning muhim zaruriyati kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, milliy umumta’lim maktablarini xalqaro darajaga ko’tarish; uning kyeyingi funktsiyalarini qayta qurish tuzilishining nyegizi asosida ta’lim dasturlari va o’quv-myetodik to’plamlarini yangicha syermazmun qilish; haqiqiy dyemokratik va ijtimoiy printsiplarda tashkiliy va boshqaruv funktsiyalarini shakllantirish talablariga asoslangan.
UO’T DTS O’zbyekiston Ryespublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunning ayrim qismini izohlovchi asosiy normativ hujjatdir.
UO’T DTS tuzilish, mazmun va uning talab darajasini aniqlaydi, ta’lim, tarbiya va rivojlantirish natijalarini baholash usullarini o’rgatadi. UO’T DTS umumo’rta ta’lim talab darajasini muvozanatli, uning doimiy rivojlanishini, rivojlangan fan, madaniyat va tyexnikaning dunyo talabi darajasiga javob byera olishini ta’minlaydi.
UO’T DTS o’z moxiyatini umumo’rta ta’limning asosiy komponyentlariga – tarkibini xosil qiluvchilar: o’quv ryejasining asosi, o’quv sohasining mazmuni, bilim sifati, o’quvchilarni litsyey yoki kollyejlarda o’qishni davom yettirishga tayyorgarligiga qo’yiladigan minimal majburiy talablar ta’rifini ko’rsatadi.
UO’T DTS o’quv jarayonida yangi pyedagogik tyexnologiya, ta’lim dasturlari, umumdyemokratik printsiplarda tashkiliy – boshqaruv funktsiyalarni rivojlantirish, o’quvchilarga shaxs sifatida qarash, o’quv-tarbiya jarayonini dyemokratlashtirish, ijtimoiylashtirish, ijtimoy muassa sifatida maktab huquqlarini kyengaytirishni joriy qilishni nazarda tutib umumta’lim maktablarining asosiy yo’nalishlarini aniqlaydi.
’UT DTS tarkibi:
o’quv ryejasining asosi (UO’T DTS bosh darajasida);
o’quv sohalari asosiy qismining mazmuni (o’quv pryedmyetlari);
baholash tizimi, baholash jarayoni; bitiruvchilar tayyorlash darajasiga talablardan tashkil topadi.
UO’T DTS mazmuni tuzilishiga majburiy va qo’shimcha komponyentlar kiradi. O’quv ryeja – UO’T DTS ning markaziy darajasi. Asosiy o’quv ryeja umumta’lim sohasida o’quv pryedmyetlari va ularni o’rganish uchun kyetadigan vaqtini byelgilaydi.
UO’T DTS ning ta’lim sohasi mazmuni milliy mustaqillik va dyemokratiya, xalqning diniy-axloqiy myerosi va umuminsoniy boyliklari asosida ta’lim-tarbiyani rivojlantirishni ta’minlash uchun tanlangan. Asosiy didaktik printsiplar uch darajali tuzilish asosida amalga oshiriladi:
1-daraja (minimal) ta’lim sohasining asosini o’z ichiga oladi va bilimni kyengaytirish va mukammallashtirish uchun nyegiz bo’lib xizmat qiladi. U hamma uchun majburiydir;
Do'stlaringiz bilan baham: |