O‘quv – uslubiy majmua



Download 1,49 Mb.
bet26/225
Sana14.07.2022
Hajmi1,49 Mb.
#798675
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   225
Bog'liq
3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1)

Tushunarlilik. Tushunarlilik tamoyili ko’p yillik o’qitish amaliyoti tomonidan ishlab chiqilgan talablardan kelib chiqadi. Har xil ilmiy materialni bayon qilishda o’quvchining yoshi, rivojlanishi va mavjud vat byudjeti qat’iy hisobga olinishi lozim. O’quvchiga ta’limning har bir bosqichda shunday va shunga o’qxshagan material berilishi kerakki, u o’zining rivojlanishi darajasiga ko’ra ushbu materialni qamrab olishi va o’zlashtirishi mumkin bo’lsin. har bir bosqichdagi savollar doirasi qat’iy chegaralangan bo’lishi shart.
Ko’rgazmalilik. Ko’rgazmalilik tamoyili boshqa fanlarni o’qitishdagi kabi, informatikani o’qitish jarayonida ham asosiy va muxim hisoblanadi. Ushbu tamoyil qadim zamonlardan beri qo’llanib kelinayotgan mashxur o’qitish tamoyillaridan biridir.
Ushbu tamoyil shunday zaruratni keltirib chiqaradiki, unga ko’ra o’quvchilar miyasida xosil bo’ladigan tasavvurlar va tushunchalar bevosita o’rganilayotgan predmet, masalan, komp’yuterdan olinadigan idrokiga asoslangan bo’lishi lozim.
O’qituvchining bayoni, uning tushuntirishi aniq, ravshan obrazlarni o’z ichiga olishi, o’rganilayotgan savollarning moxiyatini ko’rgazmali tasvirlovchi ishonchli misollar bilan mustahkamlab borilishi kerak.
Mavzuning bayoni doskadagi va o’quvchilar daftaridagi yozuvlar bilan birgalikda olib boriladi. Doskada yozuv va rasmlarni o’qituvchi tushuntirayotgan paytda, o’quvchilar esa doska oldida javob berayotganda bajariladi. Doskadan foydalanish o’qitishdagi muxim zvenodir
Masala yechishda, takrorlashda, o’quvchilardan so’rashda, xullas, barcha hollarda to’la ko’rgazmalilik bo’lishi lozim. Doskadagi rasmlar bilan bir qatorda o’qitishda ko’rgazmalilik jadvallar, diapozativlar, kinofil’mlar, kodoskoplar, proektsion apparatlar va boshqalar bilan namoyish etiladi. Jadvalning roli ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchidan, jadvaldan o’qituvchi dars jarayonida, sinf oldida mavzuni tushuntirish paytida foydalanishi mumkin. Bunda jadvallar o’qituvchining bayonini va yozuvlarni to’ldirib boradi. Ikkinchidan, jadvallarni ko’rinadigan joyga uzoq muddat ilib qo’yish mumkin. O’qituvchilarga diapozitivlar va prosktsion apparatlar uchun plyonkalardan foydalanish katta yordam beradi. Diapozitivlarni o’qituvchining o’zi komp’yuterdan yoki printer uchun maxsus varalardan foydalanib tez va oson tayyorlashi mumkin. Diapozitivlar barcha o’qituvchilar tomonidan yaxshi ko’riladigan katta o’lchamdagi tasvirlarni xosil qilish imkonini beradi, lekin foydalanganda sinf xonalari qorong’ilatirilishi kerak bo’ladi. Bu esa ayrim noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Agar epidiaskop bo’lsa, ekranga shaffof bo’lmagan tasvirlarni ham proektsiyalash mumkin. Bunda kitob va jurnallardagi rasmlardan ham foydalansa bo’ladi. hozirgi kunda zamonaviy mul’timediaviy videoproektorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular tasvirni bevosita komp’yuterdan katta ekranga proektsiyalashga imkon yaratadi.
Bilimlarni mustahkam o’zlashtirish. Bilimlarni mustahkam o’zlashtirish jarayoni juda murakkabdir. Shu sababli o’qituvchilarga qisqa tezis shaklidagi tavsiyalar berish bilan cheklanamiz:

  • Zamonaviy o’qitishda tafakkur xotiraga nisbatan yuqoridir.

  • O’quvchilar ongli ravishda o’zlashtirgan bilimlarinigina eslab qolishlari kerak.  Yangi bilimlarni o’rganishga kirishishdan oldin, o’quvchilarning ijobiy mativlar va stimullar bilan ta’minlash lozim.

  • O’tganlarni takrorlash va mustahkamlashni shunday tashkil qilish kerakki, bunda o’quvchilarning faqatgina xotirasini faollashtiribgina qolmasdan, balki ularning tafakkurini va xis tuyg’ularini ham faollashtirish lozim.

  • Nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishi. O’quvchilarning informatikani bilishlarida asosiy manba bo’lib amaliyot xizmat qilishi kerak. Ushbu holat hozirgi jamiyatda har bir kishining hayotida EHMlarni amaliyotda qo’llashlaridan kelib chiqadi. SHuning bilan birga, nazariya ham amaliyot bilan yaqin aloqada bo’lib, o’z o’rnini topishi lozim. Chunki faqatgina amaliy ko’nikmalarning uzi nazariy jixatdan yoritilmasdan, informatika bilimlar tizimini tashkil eta olmaydi. O’quvchilarning dunyoqarashini rivojlantirish, tafakkurini shaklantirish informatika o’qitishda amaliyot va nazariyani to’g’ri uyg’unlashtirish, informatika tarixi bo’yicha ma’lumotlarning qiziqarli kiritish, nazariya va amaliyotning birligini ta’minlash orqaligina amalga oshirish mumkin.

"Rolli o’yinlar"
Rolli o’yinlar metodining moxiyati shundan iboratki, unda o’quvchilar boshqa kishining roliga kirib oladilar va uning ichida harakat qiladilar. O’yinda o’quvchilarga asosan tugallanmagan vaziyatlar beriladi. Ular qaror qabul qilishlari, konfliktli holatlarni bartaraf etishlari yoki taklif etilgan vaziyatlarni nixoyasiga yetkazishlari kerak bo’ladi. Rolli o’yinlar o’quvchilarda boshqalarni tushinish, ularga xayri-xoxlik qilish ko’qnikmalarini rivojlantiradi. Boshqalar rolini o’ynash orqali, uning nutai nazarini tushinish oson, xatto uning nimalar xaqida o’ylayotgani va sezayotganini ham. Rolli o’yinlar o’quvchilarga turli vaziyatlarda o’zini tuta bilishning modellarini berishi mumkin. Darslarda rolli o’yinlarini qo’llash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi. 1. O’yinni vaziyatlarini tanlash. Rolli o’yinlarga material bo’lib xizmat qiladigan ko’qplab vaziyatlar mavjud. Ular individual qiyinchiliklarni (internet xizmati provayderi bilan muloqat qilish) va konfliktni hal qilish vaziyatlarini (dasturiy mahsulot buyurmachisi bilan baxs) o’z ichiga oladi. O’yinlar maxsus savollar yoki muammolarni hal etishda qo’llanilishi mumkin. Masalan, yosh bolalarga internet tarmog’ining barcha ma’lumotlariga kirishga ruxsat berish kerakmi yoki yo’qmi? degan savolga javob topishda o’yin metodidan foydalanish mumkin.
2. Tayyorlash. O’quvchilar vaziyat yoki muammo bilan tanishadilar va ular o’rtasida rollar taqsimlanadi. 3. Ishtirokchilarni tanlash. O’qituvchi rolga o’quvchilarni o’zi tanlashi, guruhda o’zlari taqsimlashlariga imkon berishi yoki xoxlovchilarni taklif etishi mumkin. ¡quvchilar o’zlarining sinfi oldida chiqish qilishlari yoki bir vatning o’zida kichik guruhlarda ishlashlari mumkin. Rolli o’yinlarida ishtirok etmayotgan o’quvchilar kuzatuv bo’lishlari yoki boshqa rolni o’ynashlari mumkin.

  1. O’yinni o’tkazish. O’quvchilar o’yin doirasida o’zlarini tutish usulini o’zlari tanlaydilar. Bunda albatta berilgan vaziyatga tushganda inson o’zini qanday tutishi mumkinligi asos qilib olinadi. O’yinning borishiga o’qituvchi aralashmasligi lozim. Agar o’yin bor joyiga kelganda qolsagina, unga turtki berish maqsadida aralashishi mumkin. Shunda ham aralashuv qisqa, aniq va ravshan bo’lishi kerak. Ayrim hollarda o’yin tugagandan keyin rollarni almashib, yana bir bor takroran o’yin o’tkazish foydadan holi bo’lmaydi.

  2. Muxokama. O’yin muxokama qilinishi va baholanishi kerak. Muxokama uchun quyidagi savollarni berish mumkin:

  • Siz nimalarga o’rgandingiz?

  • O’yin bo’yicha va har bir rol bo’yicha nimalarni xis etayapsiz?

  • O’yin realistik bo’ldimi?

  • qo’yilgan masala hal etildimi? Agar hal etilgan bo’lsa, qanday hal etildi? Agar hal etilmagan bo’lsa, nima uchun?


Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish