“O‘z o‘rningni top” metodi
Agar auditoriyada u yoki bu mavzu buyicha tortishuvlar vujudga kelsa bu metod yordamida muammoning echimini topish mumkin. Undan kupincha darsning kirish kismida foydalanishadi va utilayotgan mavzuni urganishga turli xil yondashuvlar mavjudligi namoyish etiladi. Bu bir tomondan. Ikkinchi tomondan, o‘quvchilarga uz fikrini bayon kilishga, mulokot kunikmalarini kaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud buladi. Uchinchidan, dars sungida ukituvchi tomonidan mavzuni uzlashtirish darajasini baxolash anik amalga oshiriladi.
Auditoriyaning karama-karshi burchaklariga ikkita plakat osiladi. Ularning biriga «roziman», boshkasiga «rozi emasman» degan suzlar yozilishi kerak. Plakatlarda ba’zi bir mavzuga oid savollar buyicha bildirilgan karama-karshi fikrlar xam yozilishi mumkin. Masalan: «anjir gullaydi va mevo tugadi», yoki «anjir gullamasdan meva tugadi».
Darsni tashkil etish koidalari muxokama kilinadi.
Karalayotgan muammo yuzasidan uz fikrlariga mos keladigan plakat yoniga borish zarurligi o‘quvchilarga taklif etiladi.
Bulingan o‘quvchilardan uz karshilarini asoslash suraladi. Bu paytda bir guruxdan ikkinchi guruxga utish ruxsat etiladi va shu tarika sinf o‘quvchilarining xammasi jalb etildi.
Muammo buyicha fikrlar bildirilgach, o‘quvchilar ichida munozara davomida uz nuktai nazarini uzgartirganlar va boshka guruxga utuvchilar bulishi mumkin. Bunday xollarda ular uz urnini uzgartirish sabablarini asoslashi kerak buladi.
Ishtirokchilardan opponentlari ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytgan o‘quvchilarni aniklash suraladi.
“Idrok xaritasi” (Konseptual xarita) metodi
«Idrok xaritasi» (Konseptual xarita) adabiyotda turli nomlar bilan uchraydi: «Idrok xaritasi», «Konseptual xarita», «Kartografiya konsepsiyasi», «Intellektxarita» - fikrlarni taqdim qilish va bog‘lash usuli bo‘lib, u o‘quvchilarda tassavvur qilish va fikrlarni tizimlashtirish, o‘rganilayotgan mavzudagi bosh g‘oyalar yoki asosiy tushunchalarni, birlamchi tushunchalarni izohlashga yordam beruvchi ikkilamchi va uchlamchi g‘oyalar yoki tushunchalarni ajratish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Taklif etilayotgan usul yangi bilim va axborotlarni konspektlashtirishning standart chizmasini ishlashga xizmat qiladi va darsning uzundan uzoq konspektini yozish yukidan halos etadi.
Xaritani tuzish o‘quvchiga:
asosiy, ikkilamchi, uchlamchi (va ho kozo) shoxchalar (chiziqlar) larni ishlatish hisobidan ierarxik tartibda mavzuning asosiy g‘oyalarni strukturalashga;
ravshan va rangli obrazlar orqali g‘oyani kuchaytirishga;
ular orasidagi bog‘liqlikni namoyish etishga;
rang, shrift razmeri, bo‘rttirish va ho kozolar bilan konsepsiyalarni ajratishga;
maxsus belgilar yordamida g‘oyalarni baholash va izohlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |